Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə51/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi. O‘t oldirish kaliti 2 ulanganda, tok akkumulatorlar
batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t oldirish kaliti 2, 
qo‘shimcha qarshilik 4, o‘t oldirish g‘altag 5 ining
birlamchi chulg‘ami va uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash 
bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan batareyaning
manfiy qutbiga qaytib keladi. Birlamchi chulg‘amdan 
o‘tayotgan tok uning atrofida magnit maydon hosil qiladi.
Maydon kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagining har ikkala 
chulg‘amini kesib o‘tadi va g‘altak o‘zagi orqali tutashadi.
Aylanayotgan kulachok kontaktlarni uzganda, birlamchi 
chulg‘amdan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va natijada u
hosil qilgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola 
boshlaydi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala
chulg‘amda o‘zinduktsiya EYUK hosil qiladi va 
elektromagnit induktsiya qonuniga asosan uning kattaligi
magnit maydonning yo‘qolish tezligiga va chulg‘amlardagi 
o‘ramlar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Natijada,
o‘ramlar soni juda ko‘p bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amda, o‘t 
5.2-rasm. Kontaktli o‘t oldirish
tizimining umumiy sxemasi 



51


oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tishga yetarli bo‘lgan, 15000-20000 V kuchlanish
induktsiyalanadi va taqsimlagich rotori 11 orqali o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi silindrdagi shamga 
uzatiladi. YUqori kuchlanishli tok sham elektrodlari orasidagi tirqishdan uchqun sifatida o‘tib, massa,
akkumulatorlar batareyasi va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi. 
Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, yo‘nalishi birlamchi
tok yo‘nalishida bo‘lgan va uning yo‘qolishiga qarshilik ko‘rsatadigan o‘zinduktsiya EYUKi hosil bo‘ladi. 
Bu EYUKi, uzgich kontaktlari uzilganda, ular orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib kontaktlarning
kuyishiga va ularning juda tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu zararli jarayonning oldini olish 
uchun uzgich kontaktlariga parallel ravishda kondensator 14 ulanadi. Bu holda birlamchi chulg‘amda hosil
bo‘lgan o‘zinduktsiya EYUK kondensator 14 ni zaryadlaydigan tok hosil qiladi. Keyingi davrda kondensator 
o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali,
ya’ni birlamchi tok yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda razryadlanadi. Shunday qilib, uzgich 
kontaktlariga parallel ulangan kondensator, birinchidan kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini deyarli
bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va demak, magnit 
maydonni yo‘qolishini tezlatish hisobiga ikkilamchi chulg‘amda induktsiyalanadigan yuqori kuchlanishni
ma’lum darajada orttirishga yordam beradi. 
Qo‘shimcha qarshilik 4 dvigatelni ishga tushirish vaqtida o‘t oldirish tizimining me’yorida ishlashini
ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, starter ulanganda (ayniqsa, qishda) akkumulatorlar 
batareyasining kuchlanishi belgilangan chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol
qiluvchi o‘t oldirish g‘altagida induktsiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham kamayib ketadi va bu 
silindrlardagi ishchi aralashmani o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish
maqsadida starter ulanishi bilan bir vaqtda o‘t oldirish kaliti yoki starter relesiga o‘rnatilgan qo‘shimcha 
kontaktlar 3 ulanib, qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi. Shu tarzda, dvigatel starter yordamida ishga
tushirilayotgan vaqtda, tok akkumulatordan o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amiga qo‘shimcha 
qarshilik 4 orqali emas, balki qo‘shimcha kontaktlar orqali o‘tadi. Bu esa o‘t oldirish g‘altagida talab
qilingan darajada yuqori kuchlanish induktsiyalanishini va o‘t oldirish tizimi-ning starter ulangan vaqtda 
ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə