Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə49/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

O‘t oldirish daqiqasi. Bizga ma’lumki, porshen yuqori chekka nuqta (YUCHN) dan o‘tgandan
keyin gaz bosimi mumkin qadar katta bo‘lishini ta’minlash maqsadida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish
siqish taktining oxirida, ya’ni porshen YUCHN ga yetib bormasdan amalga oshiriladi. Chunki, yonilg‘i
aralashmasining yonish jarayoni bir lahzada sodir bo‘lmasdan, balki ma’lum vaqt (bir necha millisekund) 
davom yetadi. Dvigatelning quvvati, tejamli ishlashi, ishqalanuvchi qismlarining yeyilishi va chiqindi
gazlarning zaharliligi ko‘p jihatidan sham elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lish, ya’ni o‘t oldirish 
daqiqasiga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatelning har bir ish rejimi uchun uning eng yaxshi ko‘rsatkichlarini
ta’minlovchi optimal o‘t oldirish daqiqasi mavjud bo‘ladi. U tirsakli valning silindrga uchqun berilgan
ondagi holatidan porshen YUCHN ga borgungacha buralgan burchagi bilan ifodalanadi. Bu burchak o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagi deb ataladi.
Silindrlardagi bosimni o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi ko‘rsatilgan 
5.1-rasmda. Yonilg‘i me’yoridan ertaroq o‘t oldirilsa (1- egri chiziq, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi
katta), yonish jarayonining deyarli hammasi siqish taktida sodir bo‘ladi va porshen YUCHN ga gazlar bosimi 
keskin oshishi, ya’ni katta qarshilikni yengish sharoitida harakatlanadi. Natijada, dvigatelning quvvati va
tejamliligi pasayadi, chiqindi gazlar zaharliligi ortadi. Dvigatel qizib ketadi va detonatsiya shovqinlari paydo
bo‘ladi (1 - egri chiziqdagi "tishchalar").
Aksincha, agar yonilg‘i me’yoridan kechroq o‘t oldirilsa (3 - egri chiziq, o‘t oldirishning ilgarilatish 
burchagi kichik), yonish jarayoni asosan kengayish taktida sodir bo‘ladi. Natijada, yonilg‘i yonib
ulgurmaydi, gazlarning bosimi zarur qiymatga erisha olmaydi, dvigatel quvvati va tejamliligi pasayib ketadi. 
Chiqindi gazlarning temperaturasi oshib, dvigatelning qizib ketish hollari kuzatiladi.
Yonish jarayoni me’yorida bo‘lishi uchun o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi eng manfaatli qiymatga 
ega bo‘lishi kerak (2- egri chiziq). Dvigatel maksimal quvvatini avj oldirishi uchun silindrdagi gaz
bosimining eng katta qiymati porshen YUCHN dan o‘tgandan keyin, tirsakli valning 10-15
0
ga burilgan 

holatiga to‘g‘ri kelishi kerak.


O‘t oldirishning ilgarilatishni eng manfaatli burchagi turli dvigatellar uchun 28-45
0
chegarasida 

bo‘ladi. Uning qiymati tirsakli valning aylanish chastotasiga, yuklamaga, ishlatilayotgan yonilg‘i tarkibiga


va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi . Masalan, tirsakli valning aylanish chastotasi ortishi bilan yonish 



50


kamerasidagi yonilg‘i aralashmasi yonishi uchun ajratilgan vaqt kamayib boradi va demak, o‘t oldirishning
ilgarilatish burchagini orttirish kerak. 
Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to‘siqchasi kattaroq ochiladi va silindrlarga so‘rilayotgan
yonilg‘i aralashmasining miqdori va uning yonish tezligi ortadi. Bu esa o‘t oldirishning ilgarilatish 
burchagini kamaytirilishini talab qiladi. Aksincha, yuklama kamayganda drossel to‘siqchasi kamroq ochiladi
va silindrlarga kirayotgan yonilg‘i miqdori kamayadi, uning yonish tezligi sekinlashadi va demak, o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagini orttirish zarur.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə