Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə57/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash. O‘t
oldirish tizimining tavsifnomasini o‘t oldirish g‘altagining parametrlarini
tanlash, variator qo‘llash yo‘llari bilan yaxshilash mumkin.

1. O‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash.

2.  Variatorni qo‘llash
.

5.4-rasm. Kontaktli o‘t


oldirish tizimining tav-
sifnomasi



55


5.6. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining rostlash usullari 
Dvigatelning o‘zgarib turuvchi ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini rostlash 

uchun, o‘t oldirish tizimi avtomatik va dastakli rostlagichlar bilan jihozlanadi. Dvigatelning aylanishlar


chastotasiga bog‘liq ravishda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‘zgartirish markazdan qochma 
rostlagich, yuklamaga bog‘liq ravishda esa - vakuum rostlagich yordamida amalga oshiriladi. Ilgarilatish
burchagining boshlang‘ich kattaligini o‘rnatish yoki yonilg‘ining turiga ko‘ra uni dastaki rostlash uchun 
oktan-korrektor ishlatiladi.
Markazdan qochma rostlagich. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining markazdan qochma rostlagichi 
quyidagicha tuzilgan (5.5-rasm). etakchi val 4 ga plastina mahkamlangan bo‘lib, uning chetiga o‘rnatilgan
ikki o‘q 7 ga yukchalar 2 joylashtirilgan. YUkchalar o‘qlar 7 atrofida aylana oladi va o‘zaro prujinalar 6 
vositasida bog‘langan. Har bir yukchaga shtift 5 o‘rnatilgan bo‘lib, u kulachok 1 vtulkasiga mahkamlangan
flanets 3 ning qiya ariqchasiga kirib turadi. Harakat val 4 dan yukchalar 2 orqali kulachok 1 ga uzatiladi. 
Rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatelning aylanish chastotasi ortishi bilan (taxminan 400 min
-1

dan boshlab) yukchalar markazdan qochma kuch ta’sirida prujinalar kuchini yengib, o‘z o‘qi atrofida ikki


tomonga ajrala boshlaydi. Bu vaqtda yukchalardagi shtiftlar flanetsning qiya ariqchalariga kirib turganligi 
tufayli, uni va u bilan birga kulachokni valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchakka buradi.
Natijada, kulachok qirralari uzgich kontaktlarini oldinroq uzib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini 
oshiradi. Aylanishlar chastotasi kamayganda yukchalar prujinalar ta’sirida o‘zining dastlabki holatiga
qaytadi. Prujinalar har xil qayishqoqlikka ega va bu dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarganda o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagini talab qilingan qonuniyat bo‘yicha o‘zgartirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə