Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə50/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

5.3. Kontaktli o‘t oldirish tizimi 
Avtomobil transporti taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan avtomobillarda, o‘t 

oldirish tizimining tok manbai vazifasini faqat akkumulatorlar batareyasi bajargan. Keyinchalik akkumulator


bilan parallel ravishda generator ham ishlatila boshlandi. Lekin hozirgi kungacha "batareyali o‘t oldirish 
tizimi" degan atama keng ishlatilmoqda. Bu 50 yildan ortiq vaqt mobaynida avtomobillarda qo‘llanilgan
yagona o‘t oldirish tizimi bo‘lib keldi va kelgusida yaratilgan yangi, takomillashgan o‘t oldirish tizimlarga 
asos bo‘ldi. Natijada, bu tizim "klassik o‘t oldirish tizimi" deb ham atala boshlandi. Oxirgi vaqtlarda, yarim
o‘tkazgichlar qo‘llanilgan turli xil o‘t oldirish tizimlari paydo bo‘lishi munosabati bilan batareyali (yoki 
klassik) o‘t oldirish tizimi tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini eng to‘la aks ettiradigan "kontaktli o‘t
oldirish tizimi" atamasi tobora ko‘proq ishlatilmoqda. 
Kontaktli o‘t oldirish tizimining printsipial sxemasi 5.5-rasmda keltirilgan va u quyidagi asosiy
elementlardan iborat: akkumulatorlar batareyasi 1, o‘t oldirish kaliti 2, o‘t oldirish g‘altagi 5, bir o‘qqa 
o‘tkazilgan uzgich-taqsimlagich 6-12, kondensator 14 va o‘t oldirish shamlari 13.
O‘t oldirish g‘altagi tok manbaining past kuchlanishini yuqori kuchlanishga aylantirib berish uchun 
xizmat qiladi va u o‘zakka o‘ralgan ikkita chulg‘amdan iborat. Birlamchi chulg‘am o‘ramlar soni kichik
bo‘lib, u nisbatan yo‘g‘on simdan, ikkilamchi chulg‘am o‘ramlar soni, aksincha juda katta bo‘lib u ingichka 
simdan o‘raladi. O‘t oldirish g‘altak chulg‘amlari avtotransformator sxemasi bo‘yicha ulangan, ya’ni
birlamchi chulg‘amning oxiri ikkilamchi chulg‘amning boshiga tutashtirilgan. 
Klassik o‘t oldirish tizimidagi uzgich - aylanuvchi kulachok 9, pishangchaga o‘rnatilgan
qo‘zg‘aluvchi 7 va massaga ulangan qo‘zg‘almas kontakt 8 lardan iborat mexanik moslamadir. Uzgich 
kulachoklari qirralarining soni dvigatel silindrlari soniga teng. Pishangcha o‘z o‘qi atrofida harakatlana oladi
va u, uzgich kulachoklari qirralariga qadalib turadigan tekstolit yostiqcha bilan ta’minlangan. Uzgich 
kulachogi aylanib, kontaktlarni navbatma-navbat uzib-tutashtirib turadi.
Taqsimlagich aylanuvchi rotor 11, taqsimlagich qopqog‘iga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas yon kontaktlar 12 
va markaziy elektroddan iborat. YOn kontaktlar silindrlar soniga teng bo‘lib, ular yuqori voltli o‘tkazgichlar
yordamida taalluqli o‘t oldirish shamlari bilan tutashtirilgan. Taqsimlagichning markaziy elektrodi yuqori 
voltli o‘tkazgich vositasida o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami bilan ulangan. YUqori kuchlanish
rotorga markaziy elektrod orqali sirpanuvchi ko‘mir kontakt yordamida uzatiladi. Uzgich kulachogi 9 va 
taqsimlagich rotori 11 bir valga o‘rnatilgan bo‘lib, harakatni tishli uzatma orqali dvigatelning gaz taqsimlash
validan oladi va demak, tirsakli valga nisbatan ikki marta kichik tezlik bilan aylanadi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə