Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Mavzu-5. BENZINLI MOTORLARNING O‘T OLDIRISH TIZIMI



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə46/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Mavzu-5. BENZINLI MOTORLARNING O‘T OLDIRISH TIZIMI 

4

Ma’ruza rejasi: 

5.1.

O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi 


5.2. O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy ko‘rsatkichlari.
5.3. Kontaktli o‘t oldirish tizimi
5.4. O‘t oldirish tizimidagi ishchi jarayon
5.5. O‘t oldirish tizimining elektr tavsifnomasi va uni yaxshilash
5.6. O‘t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari
5.7.

Kontaktli o‘t oldirish tizimi jihozlarining tuzilishi 


5.8. Elektron o‘t oldirish tizimlari
5.9. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimi. 
5.10. O‘t oldirish shamlari
Tayanch so‘z va iboralar: o‘t oldirish g‘altagi, uzgich-taqsimlagich, o‘t oldirish shamlari, 


birlamchi zanjir toki, ikkilamchi zanjir kuchlanishi, teshib o‘tish kuchlanishi, zahira koeffitsienti, 

o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi, markazdan qochma rostlagich, vakuum rostlagich, o‘t oldirish 

daqiqasi, sig‘im fazasi, induktiv faza, magnitoelektr datchik, datchik-taqsimlagich, elektron 

kommutator, elektron boshqarish bloki, xoll datchigi,magneto, abris, o‘t oldirish shami, 

izolyator, markaziy va yon elektrod, metall qobiq, shamlarning issiqlik tavsifnomasi,

5.1. O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi 
O‘t oldirish tizimi, benzinli dvigatelning silindrlarida ishchi aralashmani silindrlarning ishlash 

tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t


oldirish, har bir silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi elektr
razryad natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish shamlarining
elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (

12000 V) ta’sirida sodir 

bo‘ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi uchqunli


razryad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razryad energiyasi 20-
100 mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.
Benzin dvigatelli avtomobillarda, akkumulatorlar batareyasi yoki generatorning past kuchlanishini 
elektr razryad hosil bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan qiymatga ko‘tarish va uni kerakli daqiqada taalluqli
silindrning o‘t oldirish shamiga uzatish imkoniyatini beruvchi turli xil o‘t oldirish tizimlari ishlatiladi. Bu 
tizimlar uchqunli razryad uchun zarur energiyani bevosita akkumulator yoki generatordan emas, balki oraliq
energiya to‘plagichdan oladi. To‘plagich turiga qarab o‘t oldirish tizimlari ikkiga bo‘linadi: 
- energiyani magnit maydonda (induktivlikda) to‘plash;
- energiyani elektr maydonda (sig‘imda) to‘plash. 
4
Tom Denton. Automobile Electrical and Electronic Systems. Linacre House, Jordan Hill, Oxford OX2 8DP 

200 Wheeler Road, Burlington, Third edition, 2012 y., 170-198 p.





48


Avtomobil dvigatellarida, aksariyat holda, energiyaning induktiv g‘altakning magnit maydonida
to‘plash asosida ishlaydigan o‘t oldirish tizimlari tatbiq topgan bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud: 
- kontaktli;
- kontakt-tranzistorli; 
- kontaktsiz-tranzistorli;
- mikroprotsesorli. 
Kontaktli tizim ko‘pincha batareyali yoki “klassik” o‘t oldirish tizimi deb ham yuritiladi.
O‘t oldirish tizimi asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1. Tok manbai - akkumulatorlar batareyasi va generator. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida va
generator ishlab chiqayotgan kuchlanish nominal qiymatdan (12V) kam bo‘lganda, o‘t oldirish tizimining tok 
manbai vazifasini akkumulatorlar batareyasi, qolgan hollarda generator bajaradi.
2. O‘t oldirish g‘altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14V), o‘t oldirish shamlarining 
elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslariga
(12000-24000V) aylantirib beradi. 
3. Uzgich-taqsimlagich. Uzgich-taqsimlagich bir o‘qqa o‘tkazilgan ikki mexanizm - uzgich va
taqsimlagichdan iborat. Uzgich, zarur daqiqada past kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, 
taqsimlagich - o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslarini ishlash tartibiga mos
ravishda o‘t oldirish shamlariga yetkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich - taqsimlagichga o‘t 
oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga mos ravishda o‘zgartiruvchi asboblar -
markazdan qochma va vakuum rostlagichlar, hamda oktan-korrektor o‘rnashtirilgan. 
4. O‘t oldirish shamlari. O‘t oldirish shamlari dvigatel silindrlarining yonish kamerasida uchqunli
razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə