Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə40/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

1 – tortish relesining kontaktlari; 2 – o‘t oldirish g‘altagining qo‘shimcha qarshiligini 

ulovchi kontakt; 3 – tortish relesining chulg‘amlari; 4 – tortish relesining yakori; 5 – 

rostlash vint-tortqichi; 6 – himoya qobig‘i; 7 – pishang; 8 – shesternaning yurish doirasini 

rostlash vinti; 9 – yuritma tomondagi qopqoq; 10 – tiralish halqasi; 11 – shesterna; 12 – 

erkin yurish muftasi; 13 – prujina; 14 – yetaklash muftasi; 15 – qobiq; 16 – yakor; 17 – 

himoya tasmasi; 18 – kollektor; 19 – kollektor tomonidagi qopqoq; 20 – yakor chulg‘ami; 

21 – uyg‘otish chulg‘ami; 22 – qutb boshmog‘i.. 



40


mahkamlanuvchi qurilma xizmatini ham bajaradi. Qobiqning ichki yuziga vintlar yordamida to‘rtta qutb
boshmoqlari 22 mahkamlanadi. YAkor va qutb boshmoqlari orasida doimiy tirqish bo‘lishini ta’minlash 
maqsadida qutb o‘zagining ichki yuzi yo‘niladi.Qutb boshmoqlariga uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21
o‘rnashtirilgan. G‘altaklar soni qutblar soniga teng, ya’ni ular ham to‘rtta. Ketma-ket ulangan uyg‘otish 
chulg‘amining g‘altaklari ko‘ndalang kesimi to‘rt burchak bo‘lgan, izolyatsiya qilinmagan PMM markali mis
simdan o‘raladi. Ba’zan misni kamroq ishlatish va starterning massasini kamaytirish maqsadida g‘altaklar 
alyuminiy simlaridan o‘raladi. Bunda g‘altaklar bir-biriga sovuq kavsharlash yo‘li bilan ulanadi.
Tok uyg‘otish chulg‘amiga elektromagnit tortish relesining asosiy kontaktlari 1 orqali qobiq yoki 
kollektor tomondagi qopqoqqa o‘rnatilgan izolyatsiya vtulkadan o‘tgan ko‘p tolali sim (yoki mis shina)
bo‘ylab keladi. 
Starter yakori 16 po‘lat valning ariqchalari bo‘ylab o‘rnatilgan, qalinligi 1,0-1,2 mm bo‘lgan po‘lat
plastina paketlardan iborat o‘zak, paket o‘zaklar oralig‘iga joylashtirilgan asosiy chulg‘am 20 va starter 
valiga presslangan kollektor 18 dan iborat. YAkor o‘zagini yupqa plastina paketlardan tayyorlanishi , ularda
uyurma toklarga bo‘ladigan isrofni kamaytiradi. 
Starterlar ishonchli ishlashi nuqtai nazaridan elektrodvigatellarning eng muhim qismi, mis
plastinalardan yig‘ilgan kollektor hisoblanadi. YAkorning aylanishlar chastotasi yuqori, cho‘tkali 
kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi katta va vibratsiya mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati
ancha katta bo‘lgan mexanik, issiqlik va elektr yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Starterlarda metall vtulkaga 
joylashtirilgan yig‘ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va ko‘ndalang kollektor ishlatiladi (4.3-
rasm).

Quvvati katta bo‘lgan starterlarda qo‘llaniladigan yig‘ma silindrsimon kollektorlar (4.3-a rasm)


alohida mis plastinalardan yig‘ilib, bir-biridan qalinligi 0,4-0,9 mm bo‘lgan mikant, sludinit yoki 
sludoplastdan tayyorlangan qistirmalar, yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon
mikant vtulka 4 yordamida izolyatsiya qilinadi. Kollektorning mis plastinalari 5 ikkala tomonda joylashgan 
konussimon siquvchi metall halqalari 1, konussimon izolyatsiya halqalari 2 va gayka 6 yordamida siqib
mahkamlanadi. 
Quvvati 3,5 kVt gacha bo‘lgan starterlarda o‘rnatiladigan plastmassa asosli silindrsimon
kollektorlarda (4.3-b rasm) plastmassa - kollektorni shakllantiruvchi element bo‘lib, mis plastinalarni yakor 
validan izolyatsiya qiladi va yuklama ta’sirini qabul qiladi. Kollektorning mustahkamligini oshirish
maqsadida plastmassa asosga metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan. 
Ko‘ndalang kollektorlarning (4.3-c rasm) ishchi yuzasi yakorning aylanish o‘qiga tik holda
joylashtiriladi Ularning o‘lchamlari kichik va mis nisbatan kam ishlatiladi. Kollektorning har bir 
plastinasining orqa tomonida halqa bo‘ylab tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos
presslangan. Bu kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Bu turdagi kollektorlarda 
cho‘tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko‘ndalang kollektorlarning qo‘llanilishi starterlarning
umumiy uzunligini va massasini kamaytirish imkonini beradi. 
Starterning kollektor tomonidagi qopqog‘i cho‘yandan, po‘latdan, alyuminiydan yoki rux
qotishmasidan quyiladi, ba’zan esa, po‘latdan 
shtamplash yo‘li bilan tayyorlanadi. Qopqoqqa yoki
traversaga parchinlash yo‘li bilan yoki vintlar 
yordamida
cho‘tkatutqichlar 
o‘rnatiladi. 

CHo‘tkatutqichlar qopqoqdan tekstolit yoki boshqa


turdagi izolyatsiya materialidan tayyorlangan va 
qalinligi 1,5-2,0 mm bo‘lgan qistirma yordamida
ajratiladi. CHo‘tkatutqichlar cho‘tkalarning to‘g‘ri 
joylashishini va ularning zarur kuchlanish bilan
kollektorning ishchi yuziga bosilib turilishini 
ta’minlaydi. Ko‘ndalang kollektorli starterlarda
cho‘tkalar plastmassa yoki temir traversga 
joylashtiriladi va kollektorning ishchi yuziga o‘rama
silindrsimon prujinalar vositasi bilan bosib turiladi. 
Starterlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan
mis-grafit 
cho‘tkalar
ishlatiladi. 
CHo‘tkalar 

tarkibidagi qo‘rg‘oshin va qalay kollektor yeyilishini


kamaytiradi va cho‘tka kontaktlaridagi qarshilikni 
pasaytiradi. Quvvati katta va tok zichligi yuqori
bo‘lgan

starterlarga


tarkibida 
grafit
miqdori

4.3-rasm. Starterlarning kollektorlari:




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə