Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Mavzu- 4. AVTOMOBIL MOTORINI ISHGA TUSHIRISH TIZIMI



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə37/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Mavzu- 4. AVTOMOBIL MOTORINI ISHGA TUSHIRISH TIZIMI 

3

Ma’ruza rejasi: 


4.1. Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi 

4.2. Avtomobil motorlarini ishga tushirish sharoitlari


3

Robert Bosch GmbH. Bosch Automotive Electrics and Automotive Electronics Systems and Components, 


Networking and Hybrid Drive. 5th Edition.


Springer Vieweg, Plochingen, Germany, 2014 y. 462-487 p. 
3.9-rasm. Akkumulatorlar 

batareyasini kuchlanish


o’zgarmas bo’lganda 
zaryadlash



36


4.3. Startyorlarning tuzilishi va ishlash printsipi
4.4. Startyor elektrodvigatelining elektromexanik tavsifnomasi 
4.5. Starterlarni boshqarish elektr sxemalari.
4.6. Ishga tushirish tizimi asboblarining texnik qarovi 
Tayanch so‘z va iboralar : qarshilik momenti, moyning qovushqoqligi, motorni ishga tushirish 

chastotasi, o‘zgarmas tok elektrodvigateli, ketma-ket uyg‘otish, aralash uyg‘otish, yakor, uyg‘otish 

chulg‘ami, kollektor, ko‘ndalang kollektor, ilashish mexanizmi, erkin yurish muftasi, tortish relesi, ichki 

reduktorli startyor, to‘la tormozlanish, salt yurish, magnit oqimi, simmetrik parabola, po‘latni magnit 

to‘yinishi, uyurma tok, mexanik va magnitli isroflar, cho‘g‘lanish shamlari, isitgich shamlari
4.1. Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi 
Avtomobil motorlarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylatirishni 

ta’minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki yonuv dvigatellarini ishga tushirish uchun mexanik


starterli, benzin dvigatelli, pnevmatik, gidropnevmatik va elektrostarterli tizimlar qo‘llaniladi. 
Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan elektrostarterli ishga tushirish
tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab 
bo‘lmagan elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini
avtomatlashtirish imkoniyati bor. 
elektrstarterli ishga tushirish tizimi tarkibiga (4.1-rasm) akkumulatorlar batareyasi II, starter I va
dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar VII kiradi. 
Akkumulatorlar batareyasi elektr ta’minot va dvigatelni ishga tushirish tizimlari uchun umumiy element
hisoblanadi. elektr ta’minot tizimida akkumulatorning razryad toki (0,5-0,7) S
20
dan ortmasa, starter 

rejimida ishlaganda, qisqa vaqt davomida, lekin qiymati katta (



2000 A gacha) tok bilan razryad bo‘ladi. 

Shuning uchun akkumulatorning sig‘imi, razryadlanganlik darajasi, elektrolit temperaturasi kabi batareya


holatini belgilovchi omillar starter tavsifnomasiga va demak, dvigatelning ishga tushirish jarayoniga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi.
Akkumulatorlar batareyasi dvigatelni ishga tushirish jarayonida, kuchlanishi belgilangan minimal
qiymatdan (12 V li tarmoq uchun 6-8 V) kamaymagan holda, ma’lum miqdorda elektr toki berishi zarur.
Akkumulatorlar batareyasi kuchlanishining pasayishini bu chegarasi, bir tomondan starterni dvigatelning 
tirsakli valini ishga tushish chastotasidan kam bo‘lmagan chastota bilan aylantirishini ta’minlash vazifasi
bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘t oldirish tizimi (benzinli dvigatellar uchun) barqaror ishlashi 
uchun zarur bo‘lgan minimal kuchlanish qiymati bilan belgilanadi.
4.1-rasm. Avtomobil motorlarini ishga tushirish 
tizimining umumiy sxemasi

I-startyor; 

II-akkumulatorlar 

batareyasi; 

III-

elektrodvigatel; 

IV-tortish 

relesi; 

V-yuritma 

mexanizmi; VI-avtomobil motorlari; VII-ishga 

tushirishni yengillatuvchi moslamalar. 1-disksimon 

kontakt, 2-elektromagnit chulg‘ami, 3- elektro-

magnit o‘zagi , 4- prujina, 5-pishang, 6- shesterna, 

7- maxovik, "K"-normal ochiq kontaktlar 



37


Starter elektrodvigatel III, tortish relesi IV va yuritma mexanizmi V dan iborat. elektrodvigatel
sifatida ketma-ket yoki aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinasi ishlatiladi. U 
quyidagi asosiy nominal parametrlari bilan tavsiflanadi: kuchlanishi U

sn
(12,24 V) quvvati R


sn

, aylanishlar
chastotasi , burovchi momenti M


sn
va quvvatning maksimal qiymatidagi tok I


sn
. Starter juda qisqa vaqt 
davomida (10-15 s) ishlaganligi tufayli uning zanjirlaridan o‘tadigan tok va maksimal quvvati uning
elektrodvigateli chulg‘amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi. 
Tortish relesi yuritma shesternasi 6 ni maxovikning tishli gardishi 7 bilan ilashishini ta’minlaydi va
lappaksimon kontakt 1 yordamida starter elektrodvigatel zanjirini akkumulatorlar batareyasiga ulaydi. 
YUritma mexanizmi dvigatel VI ni ishga tushirish jarayonida starter elektrodvigateli yakoridan
tirsakli valga burovchi momentni uzatish va dvigatel ishga tushgandan keyin maxovikdan elektrodvigatel 
yakoriga, ya’ni teskari yo‘nalishda aylanma harakat uzatilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasini bajaradi.
Dvigatelni ishga tushirish sistemasi quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish kalitidagi normal ochiq 
kontaktlar "K" tutashtirilganda, tortish relesi chulg‘ami 2 dan tok o‘tadi va rele elektromagnitining tortish
kuchi ta’sirida o‘zak 3 chulg‘am ichiga tortiladi. Bu bilan bir vaqtda o‘zak o‘qi bilan bog‘langan pishang 5
yuritma mexanizmi shesternasi 6 ni yakor vali bo‘ylab harakatlantirib maxovikning tishli gardishi 7 bilan
ilashtiradi. Starter shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan to‘la ilashishi daqiqasida elektromagnit 
o‘zak o‘qining ikkinchi uchida joylashgan relening lappaksimon kontakti elektrdvigatel zanjirini
akkumulatorlar batareyasiga ulaydi. elektrodvigatel ishga tushadi va dvigatel tirsakli valini aylantira 
boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng "K" kontakt o‘zining oldingi, ya’ni normal ochiq holiga
keltiriladi va tortish relesi chulg‘amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi 4 ta’sirida elektromagnit 
o‘zagi o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish relesining lappaksimon kontakti starter
elektrodvigateli zanjirini akkumulatordan uzadi va pishang 5 ning harakati natijasida yuritma
mexanizmining shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o‘zining oldingi holatiga
qaytadi. 
Atrof muhit harorati - 30
0
S dan past bo‘lgan hollarda dvigatel ishga tushishini yengillatuvchi 

moslamalar qo‘llaniladi. yengillatuvchi vositalar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish


hisobiga uning aylanish chastotasini oshirish, yonilgi-havo aralashmasini tayyorlash va o‘t oldirish 
sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga mo‘ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga tushirishni
yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatel turiga, uning tuzilishidagi o‘ziga xos tomonlariga,
ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog‘liq.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə