Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Akkumulatorning zaryadlanish tavsifnomasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə31/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Akkumulatorning zaryadlanish tavsifnomasi. Zaryadlanish tavsifnomasi akkumulatornominal
sig‘imining 0,05 qismiga teng va qiymati o‘zgarmas bo‘lgan tok bilan zaryad qilinganda olinadi (3.6-rasm) 
Akkumulatorni zaryad qilish qiymati o‘zgarmas tok bilan amalga oshirilganligi sababli, aktiv massaning
g‘ovaklarida vaqt birligi ichida bir xil miqdorda sulfat kislota H


2

SO

4
ajralib chiqadi va suv yutiladi. Natijada 
elektrolit zichligi va unga bog‘liq bo‘lgan EYUK to‘g‘ri chiziqli qonuniyat bo‘yicha o‘sib boradi (zichlik

1,09


10


3

kg/m

3
dan 1,25


10

3

kg/m

3
gacha, EYUK esa 1,95V dan 2,11 V gacha). Zaryadlash jarayoni
boshlanganda, kuchlanish - U

z
birdaniga akkumulatorning aktiv qarshiligi R


0

da kuchlanish pasayishiga teng


qiymatga, ya’ni R


0

I


ga oshadi ("a-b" kesmasi). 
Zaryadlash jarayonining bundan keyingi qismida ("b-c" kesmasi) kuchlanish tez, lekin ravon ortadi. Bu
aktiv massaning g‘ovaklaridagi elektrolit zichligi umumiy idishdagiga nisbatan oshib borishi, natijada
qutblanish EYUK hosil bo‘lishi va uning o‘sib borishi bilan bog‘liq. Bu jarayon, plastina g‘ovaklarida hosil
bo‘lgan sulfat kislota miqdori bilan umumiy idishdagi elektrolitga qo‘shilib ketayotgan kislota miqdori 
diffuziya hisobiga muvozanatga kelmaguncha davom etadi ("c" nuqta).
Zaryadlash jarayonining keyingi qismi ("c-d" kesmasi) kuchlanishi sekin va ravon ortishi bilan 
tavsiflanadi, chunki elektrolit zichligi ortishi bilan unga mos ravishda akkumulatorning EYUK ham ortadi.
Zaryadlash davrining bu qismida qutblanish EYUK o‘zgarmaydi, chunki plastina g‘ovaklaridagi va 
umumiy idishdagi elektrolit zichliklarining farqi o‘zgarmaydi.
Zaryadlash jarayonining oxirida aktiv massaning ko‘p qismi PbO


2
va Pb ga aylanadi, shuning uchun 
plastinalardan ajralib chiqayotgan kislorod va vodorod ionlarining bir qismi reaktsiyaga kirishmaydi,
razryadlanadi va havo pufakchalari tarzida tashqariga chiqa boshlaydi. Bu, elektrolitni "qaynash" tasavvurini 
beradi va zaryadlash tugayotganligining belgisidir. Gaz ajralib chiqishi, akkumulatorkuchlanishi 2,4 V ga
yaqinlashganda boshlanadi ("d" nuqtasi). 
Zaryadlash vaqtida akkumulator qisqichlaridagi kuchlanish quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

U

z

= E + I

z

R

0

+ I

z

R

q


Akkumulatorning kuchlanishi 2,7 V ga etganda, zaryadlash tugadi deb hisoblansa bo‘ladi, lekin aktiv 
massa yanada to‘laroq tiklanishini ta’minlash maqsadida zaryadlash jarayoni elektrolit miltillab "qaynash"
sharoitida yana 2 soat davom ettiriladi ("e-f" kesmasi). Bu davrda elektrolitning zichligi va akkumulatorning
kuchlanishi o‘zgarmaydi.
Shunday qilib, akkumulatorning zaryadlanish jarayoni tugallanish belgilari quyidagilardan iborat: 
a) kuchlanish va elektrolit zichligi o‘sishdan tuxtaydi va 2 soat davomida o‘zgarmaydi;
b) elektrolitdan gaz ajralib chiqa boshlaydi, ya’ni u "qaynaydi". 
Zaryadlash zanjiri uzilgandan so‘ng, akkumulatorning kuchlanishi - U

z
birdaniga aktiv qarshilik R


0
da

kuchlanishning kamayishi qiymati I



z

R

0
pasayadi ("f-i" kesmasi). Bundan keyin, akkumulator plastinalarining
g‘ovaklaridagi elektrolit zichligi bilan umumiy idishdagi elektrolit zichligi diffuziya ta’sirida asta
tenglashishi natijasida qutblanish EYUK E 


q
yo‘qola boshlaydi va kuchlanish U


z
akkumulatorning EYUKi


E

0
qiymatigacha asta-sekin kamayadi ("i-j "kesmasi). 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə