Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə29/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Akkumulatorning sig‘imi 
Akkumulatorning asosiy parametrlaridan biri sig‘imdir. Sig‘imning ikki turi bor: nominal va razryad 

sig‘im.
Akkumulatorlarni bir-biri bilan taqqoslash uchun nominal sig‘im - C




20
nomli shartli tushuncha 
kiritilgan. Nominal sig‘im deb, qat’iy belgilangan shart - sharoitda akkumulator to‘plashi va berishi mumkin
bo‘lgan elektr miqdoriga aytiladi va u A


soat da o‘lchanadi .Davlat standarti bo‘yicha nominal sig‘im C

20
elektrolitning temperaturasi 25


0

C, razryad vaqti 20 soat, razryad toki I

r
= 0,05 C


20
bo‘lganda aniq-lanadi. 
Razryad 6 V li batareyalar uchun kuchlanish 5,25 V gacha, 12 V li batareyalar uchun 10,5 V gacha
kamayganda to‘xtalishi kerak.
Razryad sig‘imi deb, to‘la zaryadlangan akkumulator ma’lum cheklangan kuchlanishgacha (U

chek
)
qiymati o‘zgarmas tok bilan razryad qilinganda, tashqi zanjirga bergan maksimal elektr miqdoriga aytiladi. 

Sig‘im quyidagi formula bilan ifodalanadi:



C = I

r



t . 


Bunda I

r
- razryad toki, A; t - razryad davom etgan vaqt, soat. 
Akkumulatorning razryad sig‘imi o‘zgaruvchan bo‘ladi va asosan quyidagi omillarga bog‘liq : 

- manfiy va musbat plastinalardagi aktiv massaning miqdori va g‘ovakligi;


- razryad tokining qiymati; 
- elektrolit temperaturasi;
- elektrolit zichligi va kimyoviy tozaligi. 
Plastinalar qalinligini kamaytirish, sonini ko‘paytirish va aktiv massaning g‘ovakligini oshirish -
elektrolitning ta’sir yuzasini kengaytiradi, aktiv massaning ichki qatlamlarga o‘tishini engillashtirib, 
kimyoviy reaktsiyada ishtirok qilayotgan moddalarning miqdorini oshiradi va, natijada, akkumulatorning
sig‘imi ortadi. Lekin plastinalar qalinligini me’yoridan ortiq kamaytirish, ularning mexanik mustahkamligiga 
ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, zamonaviy avtomobillaridagi akkumulator plastinalarining qalinligi

1,4-2,4 mm oralig‘ida belgilangan.
Razryad tokining qiymati akkumulatorning sig‘imiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U
qanchalik kichik bo‘lsa, 

akkumulatorning sig‘imi, ya’ni undan olish mumkin bo‘lgan elektr mikdori shunchalik katta bo‘ladi.


Chunki, razryad toki kichik bo‘lganda, akkumulatorda sodir bo‘layotgan kimyoviy jarayonlar sekinlik 
bilan davom etadi, elektrolit aktiv massaning eng ichki qatlamlarigacha singib boradi va, natijada,
reaktsiyada ishtirok qilayotgan moddalar miqdori ortadi, demak sig‘im ham ortadi. 
Aksincha, razryad tokining qiymati qanchalik katta bo‘lsa, akkumulatorning sig‘imi shunchalik kichik
bo‘ladi. Chunki, razryad toki katta bo‘lsa, (ayniqsa startyor ulanganda) akkumulatorda sodir bo‘ladigan 
kimyoviy jarayonlar jadallashadi, elektrolit asosan aktiv massaning ustki qatlami bilan reaktsiyaga kirishadi
va katta tezlik bilan hosil bo‘layotgan qo‘rg‘oshin sulfat (PbSO




) tuzining kristallari, plastinalardagi




30


mayda g‘ovak teshikchalarni yopib qo‘yadi va kislota aktiv massaning ichki qatlamlariga o‘tib, u yerdagi
moddalar bilan reaktsiyaga kirishishiga yo‘l qo‘ymaydi. elektrolitning plastinalar yuzasiga yaqin 
qatlamlaridagi zichligi keskin pasayadi va unga mos ravishda akkumulatorning EYUKi  va kuchlanishi U
ham kamayadi.
Razryad sig‘imiga elektrolitning temperaturasi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Temperaturaning pasayishi
uning qovushqoqligini oshiradi, natijada akkumulatordagi kimyoviy jarayonlar sekinlashadi, elektrolit 
plastinalarning mayda g‘ovak teshikchalaridan ichki qatlamlariga o‘tishini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari,
oldingi bo‘limlarda qayd qilingandek, elektrolit temperaturasining pasayishi akkumulatorning aktiv va
qutblanish qarshiliklarini oshiradi. YUqorida aytilgan sabablarga ko‘ra elektrolit temperaturasi pasayishi
bilan akkumulatorning sig‘imi kamayadi. Razryad toki qanchalik katta bo‘lsa, elektrolit temperaturasining 
pasayishi sig‘imga shunchalik kuchli ta’sir qiladi . elektrolit temperaturasi +25

0

C dan +45 

0

C gacha
ortganda akkumulatorning sig‘imi 10-15% gacha ortadi. Lekin bunda plastinalar qattiq qayishib, aktiv massa 
to‘kilib, musbat plastina panjaralari yemirilib ketish havfi bor.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə