Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə24/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Umumiy qopqoqli batareyalar. Kimyoviy sanoatning rivojlanishi yangi xususiyatga ega bo‘lgan
materiallarni paydo bo‘lishi akkumulatorlarni ishlab chiqarish texnologiyasini, ularning konstruktsiyasini 
takomillashtirish imkonini berdi. Termoplastdan tayyorlangan yaxlit qobiqning usti umumiy qopqoq bilan
yopiladigan batareyalar ishlab chiqildi . YAxlit qobiqga turli qutbli plastinalardan yig‘ilgan elektrodlar bloki 
o‘rnatilgan. Plastinalar bir-biridan separatorlar bilan ajratiladi. Bu turdagi akkumulatorlarda plastina bloklari
bir-biri bilan yaxlit qobiq devorchalaridagi teshiklar orqali qisqartirilgan elementlar aro ulagichlar
yordamida ulangan
Elementlar aro ulagichlarning yangi konstruktsiyalari batareyalarning ichki qarshiligini kamaytirish, 
startyor rejimida ishlaganda batareya qisqichlaridagi kuchlanish 0,2...0,3 V ga oshirish, ishlatilgan
qo‘rg‘oshin miqdorini esa 0,5...3,0 kg gacha kamaytirish imkonini beradi.


«Xizmat ko‘rsatilmaydigan» akkumulatorlar batareyasi. Oddiy qo‘rg‘oshin-kislotali
akkumulator batareyalariga xos kamchiliklarning (elektrolit sathining tez kamayib ketishi, musbat qutbli 
plastinalarning tezyemirilishi, o‘z-o‘zidan razryad bo‘lishi va hokazo) ko‘pchiligi plastina panjaralari
tarkibida 4...6% surma borligidan kelib chiqadi. 
Surma elektrolit tarkibidagi suv elektroliz bo‘lishiga katalizator sifatida ta’sir qiladi. Suv vodorod va
kislorodga parchalanish potentsialini generatorning ishchi kuchlanishlari darajasigacha pasaytirib, surma 
akkumulatordan gazlar ajralib chiqishni tezlatadi. Natijada, akkumulatordagi elektrolit sathi nisbatan tez
pasayadi, ajralib chiqayotgan gazlar musbat plastina panjaralari, qutb quloqlari va avtomobillarning metall 
qismlari korroziyalanishiga olib keladi.
Oddiy akkumulyator batareyalarining yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida 
"xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulyatorlar ishlab chiqildi. "Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulyatorni
ishlab chiqishdagi izlanishlar asosan gaz ajralib chiqishini tezlatuvchi plastinalar tarkibidagi surmani 
butunlay istisno qilishga yoki miqdorini kamaytirishga yo‘naltirildi. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari,
plastina panjaralari qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay qotishmasidan tayyorlansa, akkumulyatordan ajralib 
chiqayotgan gaz miqdori juda kam bo‘lishini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan
"xizmat ko‘rsatilmaydigan" turdagi akkumulyator batareyalarda manfiy plastina panjaralari qo‘rg‘oshindan
quyilib unga 0,06-0,09% atrofida kaltsiy va 0,1-1,0% gacha qalay qo‘shiladi. Musbat plastinalarning
panjarasi esa qo‘rg‘oshin, 1,25% surma va 1,5% kadmiydan tashkil topgan. 
Plastina panjaralarini qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay qotishmasidan tayyorlash, akkumulyator ishlab
chiqarish jarayonini to‘la o‘zgartirishni taqozo qiladi. Shuning uchun, akkumulyatorlarni ishlab 
chiqarishdagi yo‘lga qo‘yilgan texnologik jarayonni saqlab qolish bilan bir vaqtda uning xususiyatlarini
yaxshilash maqsadida, plastina panjaralari tarkibidagi surma miqdori 2,0-2,5% gacha kamaytirilib, 
panjaralarni mustahkamligini oshirishga mo‘ljallangan legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan
cheklaniladi. Bu usulda tayyorlangan akkumulyatorlar "kam xizmat ko‘rsatiladigan" akkumulyator deb
yuritiladi va ularda gaz ajralib chiqishi, odatdagi akkumulyatorlarga nisbatan bir necha barobar kam bo‘ladi.
90 yillarning oxirida AQSH va g‘arbiy yevropada har ikkala plastina panjaralari qo‘rg‘oshin-kaltsiyli 
qotishmadan tayyorlangan va ko‘p komponentli legirovchi elementlar, shu jumladan kumush qo‘shilgan
batareyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu akkumulatorlar kuchli razryad qilinganda ham qo‘rg‘oshin-
kaltsiyli texnologiya bo‘yicha tayyorlangan birinchi avlod batareyalariga nisbatan sig‘imini kamroq va
sekinroq yo‘qotish qobilyatiga ega bo‘ldi. Bu batareyalarda suvning sarfi juda kam bo‘lganligi uchun 



26


qopqoqdagi suyuqlik quyish teshiklari olib tashlandi va
akkumulator 
butun
ishlash

davrida
mutlaqo

suv
quyilmaydigan holga keltirildi. 
Albatta batareyalar konstruktsiyasining bu darajada
o‘zgarishi va xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulator-
larning
imkoniyatlaridan 
to‘la
foydalanish 

uchun
avtomobilning generator qurilmasi benuqson ishlashi, 


belgilangan zaryad kuchlanishi ±0,1V aniqlik bilan
barqaror ta’minlanishi zarur bo‘ladi. Shuning uchun 
avtomobillarni ishlatish davrida generator va kuchlanish
rostlagichlarini me’yorida ishlashiga, elektr jihozlarda 
tokni oqib ketish hollari bo‘lmasligiga katta e’tibor berish
kerak.

"Xizmat ko‘rsatilmaydigan" va "kam xizmat


ko‘rsatiladigan" akkumulatorlarda separatorlarning yangi turi - "separator-konvert" (3.3-rasm,b) 
o‘rnatilmokda. Bu separatorlar yuqori g‘ovoklikga ega bo‘lgan polietelendan konvert ko‘rinishida
tayyorlanib, ikki yoni va ostki qismi kavsharlangan bo‘ladi. Separator-konvertga akkumulatorning musbat 
qutbli (ba’zi hollarda manfiy qutblisi) plastinasi joylashtiriladi. Bu ko‘rinishdagi separatorlarni qo‘llash,
elektrodlarning aktiv massasidan to‘kiladigan cho‘kmalar orqali plastinalar orasida qisqa tutashuv bo‘lishini 
istisno qiladi. Natijada, akkumulator yaxlit qobig‘ining tubidagi qovurg‘alarga ehtiyoj yo‘qoladi. Separator-
konvertlar ishlatilishi, plastina bloklarini bevosita akkumulator qobig‘ining tubiga joylashtirish va shuni
hisobiga qobiq balandligini o‘zgartirmasdan plastinalar yuzasini hamda akkumulatorga quyiladigan
elektrolit miqdorini oshirish imkonini beradi .
«Xizmat ko‘rsatilmaydigan» batareya plastinalarini shaklanish jarayoni odatda blok usulida amalga
oshiriladi. Bu usulda akkumulator batareyasi avval to‘la yig‘iladi, keyin unga zichligi 1,25 g/sm
3
bo‘lgan 

elektrolit quyiladi va tasdiqlangan tartibda plastinalarni shakllanishi o‘tkaziladi.


"Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumul-atorlarning ba’zi turlari elektrolit quyiladigan tuynuksiz, ichki 
bo‘shlig‘i atrof muhitga umumiy qopqoqning chekka qismidagi kichik shamollatish teshiklari orqali
bog‘langan bo‘ladi. Bu akkumulatorlarning razryadlanganlik darajasini elektrolit zichligi orqali aniqlash 
imkoniyati yo‘q. Shuning uchun, bunday akkumulatorlarning qopqog‘ida maxsus razryadlanganlik
ko‘rsatkichi - indikator o‘rnatiladi (3.4-rasm). Indikator shaffof yorug‘lik o‘tkazgichdan tashkil topgan 
bo‘lib, uning pastki qismiga bitta yoki ikkita rangli zo‘ldirli (odatda zo‘ldircha bitta bo‘lsa rangi yashil
bo‘ladi, ikkita bo‘lsa biri yashil, ikkinchisi esa qizil rangda bo‘ladi) kasseta joylashtirilgan. Zo‘ldirchalar 
kassetaning qiya kanallarida yuqoriga va pastga harakatlanishi mumkin. Zo‘ldircha kislotaga chidamli
polimerdan yasalgan bo‘lib, uning zichligi akkumulatorni ishlatish jarayonida elektrolitning yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan eng minimal zichligiga teng qilib olinadi. Akkumulatorning zaryadlanganlik darajasi 65%
dan yuqori bo‘lsa, elektrolitning zichligi yashil zo‘ldircha materialining zichligidan yuqori bo‘ladi va 
zo‘ldircha kassetaning yuqori qismga alqib chiqadi. YOrug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur zo‘ldirchadan
qaytib indikatorning ko‘zchasiga yashil rang beradi (3.4-rasm, a).
Batareya razryadlanib, elektrolitning zichligi kamaysa, zo‘ldircha kasseta kanalining pastki qismiga
cho‘kadi va yorug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur elektrolitdan qaytib indikatorning ko‘zchasini qora rangga 
bo‘yaydi (3.4-rasm, b).
Agar elektrolit sathi belgilangan me’yordan pasayib ketsa, zo‘ldircha kasseta kanalining paski qismida 
bo‘ladi va yorug‘lik o‘tkazgichdan tushgan nur kassetaning yuqori qismi, ya’ni plastmassadan qaytadi va
indikator ko‘zchasi oq yoki sariq rangga buyaladi (3.4-rasm, c). Bu akkumulator batareyasini darhol 
diagnostika qilish va elektrolit sathini me’yordan pasayib ketish sababini aniqlashni taqozo qiladi.
Zaryadlanganlik darajasini ko‘rsatuvchi indikatordan olinadigan ma’lumot oltita bankadan faqat 
bittasiga, ya’ni indikator o‘rnatilgan bankaga tegishli bo‘ladi. Agar batareyaning indikator o‘rnatilmagan
bankalarida nosozlik yuzaga kelsa indikator buni aks ettirmaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə