Elektr o‘lchov asboblari tuzilishi


-MAVZU: ELEKTR O‘LCHOV ASBOBLARITUZILISHI, ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI



Yüklə 120,23 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü120,23 Kb.
#151315
1   2   3   4
11-MAVZU: ELEKTR O‘LCHOV ASBOBLARITUZILISHI, ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI.
Reja:
1 . Elektr ol‘chov asboblari haqida umumiy ma’lumot. 2 .Ol‘chov mexanizmlari:
3.Elektromagnit va elektrodinamik o‘lchash mexanizmlari.


1 . Elektr ol‘chov asboblari.
Fizik kattaliklami o‘lchash uchun quyidagilami bilish shart:

      1. Ol‘chov birligi. Har bir fizik kattalikning ol‘chov birligi bor. Masalan, tok kuchi — amper; kuchlanish — volt; og‘irlik (massa) — kilogramm; elektr quvvati — Vatt; elektr energiyasi — Vatt • soat bilan o‘lchanadi va hokazo.

      2. Ol‘chov asbobi — o‘lchash jarayonini amalga oshiruvchi texnik vosita (ampermetr, voltmetr, vattmetr, hisoblagich).

      3. Ol‘chov o‘zgartirgichlari. Ol‘chov asboblarining o‘lchash imkoniyatlarini kengaytiruvchi texnik vosita. Bu turkumga noelektrik kattaliklarni elektrik kattalikka mutanosib tarzda o‘zgartiruvchi datchiklar kiradi. Masalan, taxometr — aylanish tezligini kuchlanish yoki tokka mutanosib tarzda o‘zgartirib beruvchi texnik vosita.

O‘lchash vositalarining ikki turi mavjud:

  1. Ishchi o‘lchash vositalari — bevosita texnik kattaliklami o‘lchash uchun foydalaniladi.

  2. Namunaviy (andazali) ishchi o‘lchash vositalari — o‘lchash vositalarini tekshirish va nazorat qilish uchun foydalaniladi. O‘lchashdagi xatolik. O‘lchash asbobi ko‘rsatgan kattalik va shu kattalik haqiqiy qiymatining ayirmasi absolut xatolik deyiladi:

∆A = Akk − Ak;
Akk — asbob ko‘rsatgan kattalik, ∆A — haqiqiy qiymat. Mutlaq xatolikning shu kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati, foiz hisobida, nisbiy xatolik deyiladi va bilan ifodalanadi.

∆A

A
δ = =
h
Akk



Ah
100

Ko‘p incha o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan aniqlanadi. Absolut xatolikning shu o‘lchash asbobining mo‘tadil kattaligiga, foiz hisobidagi nisbatiga absolut xatolik deb aytiladi. O‘lchash asbobining mo‘tadil kattaligi, shu asbobning maksimal, ya‘ni eng katta qiymatidir.
∆A
γh = A
kk
bu formulada y - keltirilgan xatolik, asbobning aniqlik sinfi. Masalan, eng katta o‘lchanadigan tok 15A bo‘lsin, ampermetr bilan 11A tok o‘lchanib, aniqlik sinfi 1,5 bo‘lsa, haqiqiy xatolik

h
γ = 1.5 15 = 2% bo′ladi.
11
Asboblar ol‘chov miqdorlari va tokning turlari, ta‘sir etish qoidasi, aniqlik darajasi, tashqi hodisalardan himoyalash darajasi hamda gabarit (hajm ) o‘lchamlariga bo‘linadi .Asboblarning tuzilishi har xil bo‘ladi, lekin bir qator qismlari bir-biriga o‘hshab ketadi. Ol‘chov miqdorining ta‘‘irida asbob ol‘chov mexanizmining qo‘zg‘aluvchi qismida aylanish momenti hosil bo‘ladi.Ko‘p gina ol‘chov asboblarida aylanish momentidan tashqari,qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuch hosil bo‘ladi (tortilgan prujina,osib qo‘yilgan qismlarni burash). Burchak burilishi ko‘p bo‘lgan sari harakatlanish qismining momenti oshib boradi. Asbobning strelkasi ikki moment teng bo‘lgan holatda to‘xtaydi. 1 –rasmda ol‘chov asbobining qo‘zg‘aluvchi qismi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda asbobning o‘qi (1) qo‘zg‘almas tovonga (2) o‘rnatilgan spiral prujinalar (6) va (7) bir-biriga qarshi moment hosil qiladi. Ular alohida bronzadan tayyorlangan. O‘qiga strelka
(3) o‘rnatilgan bo‘lib, u darajalarda (4) o‘lchanadigan ol‘chov miqdorlarini ko‘rsatadi. Qo‘zg‘aluvchan qismini muvozanatda saqlash uchun posangi (10) xizmat qiladi. U strelkani nol holatda ushlaydi, bu korrektor deyiladi. Korrektor
(11) vint, qo‘l (9),vilka (8), povodok (tizgin) (5) dan iborat.
Hozirgi zamon ol‘chov asboblarida qo‘zg‘aluvchan qismlar yumshoq metall iplar bilan tortib yoki osib qo‘yiladi. Bunday konstruksiyalarda qo‘zg‘aluvchan qismlar orasida ishqalanish bo‘lmaydi. Qolaversa, asboblar juda sezgir, har xil siljish va tebranishlarga chidamli bo‘ladi.
1-rasm. Ol‘chov asbobining qo‘zg‘aluvchan qismi.

Bunday asboblarning tebranish vaqtini kamaytirish uchun tinchitgich tuzulmalar qo‘llanadi. Bu 2-a-rasm da ko‘rsatilgan.


2-(b)-rasmda havo tinchitgich qanotli (1) va yopiq kamera (2) ko‘rsatilgan.
2-(b)-rasmda magnit induksiyali tinchitgich tebranishlarning vixr toklarini o‘zgarmas magnit (3) bilan o‘zaro ta‘sirida to‘xtaydi.
2-rasm. Havoli (a), magnitli (b) tinchitgich .
Asboblarning ol‘chovini juda aniqroq darajaga oshirish uchun ,ya‘ni aniqligini 0,5 klassga va undan ortiqga ko‘tarish uchun pichoqga o‘xshagan strelka va tosh
oynali shkala bilan ta‘minlanadi. Bu holda hisob strelka o‘zini suratini oynada yopib turgan holatida o‘chanadi. Qo‘zg‘aluvchan qismi juda kam suriladigan asboblarda sezgirlikni oshirish uchun yorug‘‘lik yordamida ko‘rsatuvchi qo‘llanadi.

Yüklə 120,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə