Elektr toki, elektr zanjiri


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə2/2
tarix29.01.2022
ölçüsü86,5 Kb.
#83248
1   2
Elektr toki, elektr zanjiri

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda tezkor aqliy mehnat qilish, mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish, masalalar yechish.

Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko`rgazmali vositalar, tarqatma va didaktik materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Musobaqa darsi



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`quvchilarni dars rejasi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini topshiriqlarni bajarishga yo`naltirish.

Sinfdagi o`quvchilar 3 ta guruhga bo`linadi.

Dars rejasi:

  1. “Elektr toki. Elektr zanjiri” bobida o`rganilgan fizik kattaliklar, tushunchalar asosida kungaboqar (yoki tarmoq) hosil qilish.(5minut)

  2. Tezkor savollarga javob berish (15 minut)

  3. Krossvord yechish (5 minut)

  4. Masala yechish (10 minut)

  5. Sardorlar bellashuvi (2 minut)

  6. Amaliy ish: Elektr zanjirini yig`ish (Dars davomida)

I shartda uchala guruhga “elektr toki, elektr zanjiri” deb yozilgan varaq beriladi. O`quvchilar shu tushunchalarga tegishli o`zlari bilgan fizik kattaliklar, olimlar nomi, o`lchov birliklaridan foydalanib kungaboqar hosil qilishadi. Bu shart o`quvchilarni tez fikrlashga o`rgatadi va bobni qay darajada o`zlashtirganligini yaqqol ko`rsatadi, olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek o`tkazilayotgan ochiq darslarda o`quvchilar orasidan darsga boshlovchilik qiluvchi o`quvchini tanlab olish ham mumkin. O`qituvchi topshiriqlarning to`g`ri bajarilganligini tekshirib guruhlarni baholab boradi.

30-maktab















II shart. Tezkor savol-javoblar.

Bu shartda har bir guruhga 10 tadan savol beriladi.

I guruhga:



  1. Zaryadlangan zarralarning bir tomonga tartibli harakatiga nima deyiladi? (elektr toki)

  2. Birinchi tok manbai qachon va kim tomonidan yaratilgan? (A Volt, 1800y)

  3. 1 millivolt necha volt? (0.001 V)

  4. Birlik vaqt ichida o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasidan oqib o`tgan zaryad miqdoriga nima deyiladi? (tok kuchi)

  5. Qarshilikning o`lchov birligi? (Om)

  6. Zanjirning bir qismi uchun om qonuni? (J=U/R)

  7. Aniq qarshilikka ega bo`lgan radiodetal? (rezistor)

  8. Bir o`tkazgichning oxiri, ikkinchi o`tkazgichning boshiga ulansa bu qanday ulanish deyiladi? (ketma-ket)

  9. Elektr tokining bajargan ishi formulasi? (A=J•V•t)

  10. Q=J2Rt formula qaysi qonunni ifodalaydi? (Joul-Lens)

II guruhga:

  1. Manbaning o`tkazgichlar ulanadigan joyi nima deb ataladi? (Qutb)

  2. nimaning shartli belgisi? (Elektr qo`ng`iroq)

  3. 1 kilovolt necha volt? (1000 V)

  4. Tok kuchini o`lchaydigan asbob? (Ampermetr)

  5. Kuchlanishni o`zgartirib beruvchi reostat nima deb ataladi? (Potensiometr)

  6. Sarflanga energiya qaysi o`lchov birligida o`lchanadi? (kV-Soat)

  7. Elektr tokining quvvatini o`lchaydigan asbob? (Vattmetr)

  8. Nima uchun yuvinish xonasida rozetka qo`yilmaydi? (namlik katta bo`lgani uchun)

  9. Isituvchi asboblarning asosiy qismi bo`lgan qizdiruvchi elementda elektr energiya qanday energiyaga aylanadi? (Issiqlik energiyasiga)

  10. 1 gektovatt necha vat? (100 Vatt)

III guruhga:

  1. Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma? (Generator)

  2. Eng soda elektr zanjiri nimalardan tuziladi? (tok manbai, uzib-ulagich, iste`molchi, o`tkazgich)

  3. Elektr maydoni o`tkazgich bo`ylab qanday tezlikda tarqaladi? (300000 km/s)

  4. 1 megavolt necha volt? (1 000 000 V)

  5. Nemis olimi Georg Simon Om tug`ilgan sana? (1787y)

  6. O`tkazgichlar parallel ulanganda umumiy qarshilik ortadimi yoki kamayadimi? (kamayadi)

  7. 1 kilovatt soat necha joul? (3 600 000 J)

  8. Elektr tokining quvvati formulasi? (P=U•J)

  9. Lampochkadan elektr toki o`tganda elektr energiyaning necha %i yorug`likka aylanadi? (4 %i)

  10. Insonning qaysi organlari orqali tok o`tishi eng xavfli hisoblanadi? (bosh miya, yurak, nervlar)

III shart. Krossvord yechish.

  1. Elektronini yo`qotgan yoki biriktirib olgan atom ттnima deb ataladi?

  2. Elektr toki quvvatining o`lchov birligi?

  3. Zaryadlar orasidagi tortishish kuchini aniqlagan fizik olim?

  4. Tabiatdagi elektr hodisalardan biri?

  5. Zaryadsiz zarracha?

  6. Eng kichik zaryad miqdoriga ega bo`lgan zarracha.

  7. Tok kuchini o`lchaydigan asbob.

  8. Elektr tokini o`tkazmaydigan moddalar.

  9. Jismlarning elektrlanganligini aniqlaydigan asbob.

  10. Chaqmoq chaqqanda havoning tez qizib kengayishi tufayli hosil bo`ladigan ovoz.

1










2













3
















4



















5






















6

























7




























8































9


































10


































30-maktab
IV shart. Masala yechish.

Bu shartda uchchala guruhga ham bir xil yoki har xil masalalar berilishi mumkin. Vaqtdan yutish uchun bir xil masala, ko`proq ma`lumot o`zlashtirish uchun har bir guruhga turli masalalar bergan ma`qul.



  1. Guruhga

Qarshiligi 84 Om bo`lgan reostatning chulg`ali ko`ndalang kesim yuzi 1mm2 bo`lgan nikelin simdan qilingan. Shu simning uzunligini aniqlang.

Berilgan:

R=84 Om

S=1mm2

ρ=0,40( Om•mm2) /m

Topish kerak:

l=?

Yechish:


R=ρ l/S

RS=ρl; l=RS/ρ=84 Om •1mm2/0,40 Om·mm2/m=210 m

2-Guruhga:

12 mV kuchlanish berilgan uzunligi 10 m va ko`ndalang kesim yuzi 2mm2 bo`lgan po`lat simdagi tok kuchini toping.

Berilgan:

U=12mV=0,012V

l=10m

S=2mm2



ρpo`lat =0,18( Om·mm2)/m

J=?


Yechish:

J=U/R


J=U/R=0,012 V/0,5 Om=0,024 A=2,4 mA

3-Guruhga

Uzunligi 150 mm va ko`ndalang kesim yuzi 0,02 mm2 bo`lgan temir o`tkazgichdan 250 mA tok o`tmoqda. O`tkazgich uchlaridagi kuchlanish qancha?

l=150 mm=0,15 m

s=0,02 mm2

J= 250 mA=0,250 A

U=?

ρ =0,1 ( Om·mm2)/m



Yechish:

R= ρ l/S=(0,1 ( Om·mm2)/m*0,15 m)/0,02 mm2=0,015 Om/0,02=0,75 Om

J=U/R

30-maktab



U=J*R=0,250A*0,75 Om=0,2 V

V shart. Sardorlar bellashuvi.

Sardorlar bellashuvi shartida guruh sardorlari 2 minut davomida doskaga o`zlari bilgan formulalarni yozishadi. Eng ko`p, tog`ri formula yozganligiga qarab sardorlar baholanadi. O`qituvchi guruhlarning bergan javoblari uchun to`plagan ballarini e`lon qiladi va eng faol o`quvchilar baholanadi, rag`batlantiradi.

VI shart. Bu shartda o`quvchilarga eng soda elektr zanjirini yig`ish ya`ni sharoitdan kelib chiqqan holda “stol lampasi”ni yasash vazifasi topshiriladi. Bu shart o`quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashga o`rgatadi. O`qituvchi ularning ishlarini nazorat qilib boradi. Yasalgan stol lampasini manbaga ulanib u yonganda o`quvchida o`ziga ishonch va fanga qiziqish yanada ortadi.



Bunday darslar ko`proq, yangi-yangi usullarda o`tilsa, masala yechish amaliyot bilan birgalikda olib borilsa, albatta fizika darslarining samaradorligi oshib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. A.Yusupov. “Fizikani o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish”

  2. T.Saidov “O`zaro faol dars usullaridan foydalanish bo`yicha tavsiyalar”

  3. J.G`.Yo`ldoshev “Zamonaviy dars”

  4. A.Yusupov “Fizikadan sinfdan tashqari ishlar”

Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə