Elektrokimyoviy jarayonlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/16
tarix19.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#111332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Elektrokimyoviy jarayonlar

Galvanik elementlar — elektr toki manbalarining umumiy nomi; elektrolit va unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)lyan iborat. Bunday elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog L. Galvani jonivorlar ustida o’tkazgan tajribalar asosiy turtki bo’ldi (nomi shundan). Galvanik elementlarda kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan energiya bevosita elektr energiyasiga aylanadi. A. Volta yaratgan volta ustuni birinchi Galvanik elementlar bo’lgan. 19-a. o’rtalarigacha Galvanik elementlar yagona elektr toki manbai hisoblangan. Elektrodlardan biri (musbati) anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaksiya natijasida elektrodlarda potensiallar farqi hosil bo’ladi. Bu elektrodlarni tutashtirib turadigan simda elektr toki vujudga keladi. Eng ko’p tarqalgan
Galvanik elementlarda musbat elektrod o’rnida ko’mir tayoqcha, manfiy elektrod o’rnida rux tayoqcha, elektrod o’rnida esa novshadil eritmasi ishlatiladi. Suyuq elektrolit o’rnida quyuq pastalar qo’llanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi) hosil bo’ladi. Galvanik elementlarda reagentlar sarflanib (zaryadsizlanib) bo’lganidan so’ng u ishga yaroqsiz holga keladi, yaʼni ularni qayta zaryadlab bo’lmaydi. Galvanik elementlar ixtiro qilinishi bilan tok xususiyatlarini o’rganish va undan foydalanish imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi.
Kimyoviy termodinamika
Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning qonun va tushunchalari kimyoviy jarayonlarga tadbiq etadi. Kimyoviy termodinamikaning qonuniyatlarini keltirib chiqarish uchun sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatini, shuningdek jarayon borayotgan shart – sharoitlarni (temperatura, bosim va x.k.) bilish lozim. 
Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi. Termodinamika uch bo’limdan, aniqrog’i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat . Bu qonunlar posto’lat harakteriga ega. Ya’ni bu qonunlarni to’g’ridan-to’g’ri isbotlab, keltirib chiqarib bo’lmaydi, lekin odamzodning ming yillik xayotiy tajribalari ularning to’g’riligini isbotlab turibdi. Shuning uchun goxida bu qonunlarni 1,2,3-posto’latlar deb ham atashadi. Boshqa tomondan bu qonunlarni bir – biridan keltirib chiqarib bo’lmasligi va ulardan shu bo’lim uchungina qonuniyatlar chiqarilgani uchun ularni ba’zida boshlanmalar ham deb atashadi. Ya’ni birinchi boshlanma, ikkinchi boshlanma va x.k. 
Kimyoviy termodinamikada umumiy termodinamikadagi tushuncha, terminlar ishlatiladi. Bulardan eng asosiysi, ko’p qo’llaniladigani sistemadir.Sistema deb, real yoki shartli ravishda tashqi muhitdan ajratilgan va bir – biri bilan doimiy ta’sirda bo’lib turgan moddalar (jism) yoki moddalar guruhiga aytiladi.
Misol; fikrdagi gaz yoki biror hajmdagi suyuqlik va xokazo.Sistemalar izolirlangan yoki izolirlanmagan bo’lishi mumkin. Izolirlangan sistema deb, tashqi muhit bilan modda va energiya almashinmaydigan, binobarin hajmi va energiyasi turg’un bo’lgan sistemaga aytiladi. 
Agarda sistema tashqi muxit bilan energiya va modda almashinsa bunday sistemalar ochiq; agar faqat energiya almashinuvigina sodir bo’lishi mumkin bo’lib, modda almashinuvi bo’lmasa sistema yopiq deb ataladi. Yopiq sistemaga issiqlik kelishi yoki undan ketishi mumkin.
Agar jarayon mobaynida sistemada issiqlik ajralmasa yoki unga yutilmasa bunday jarayon – adiabatik jarayon deb ataladi.
Sistemani harakterlaydigan fizik va kimyoviy xossalar yig’indisiga termodinamik sistemaning xolati deyiladi. Termodinamik sistemaning xolatini termodinamik parametrlar (xossalar) harakterlaydi. Bularga temperatura, bosim, hajm, konstentrastiya va boshqalar kiradi. Bular ikki xil-ekstensiv va intensiv bo’lishi mumkin.
Ekstensiv xossalarga sistemaning massasiga bog’liq bo’lgan xossalar – og’irlik, massa, sistemaning hajmi kabilar kiradi. Sistemaning massasiga bog’liq bo’lmagan xossalar – temperatura, bosim, potensial, molyal hajm, solishtirma hajm va boshqalar intensiv xossalar deb ataladi.
Sistemada kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon deyiladi.
Jarayonlarning borish sharoitlariga qarab izobarik, izotermik, izoxorik, adiabadik, izobarik – izotermik va boshqa turdagi jarayonlar deb ataladi. Misol uchun bosim o’zgarmas (Rconst) sharoitda boradigan jarayon- izobarik jarayon deb ataladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə