Elektron hukumat



Yüklə 286,48 Kb.
səhifə2/2
tarix26.05.2023
ölçüsü286,48 Kb.
#113269
1   2
DILNURABONU ELEKTRON HUKUMAT

Operatsion jarayonlar – tashkilotnining zimmasi va vakolatidagi asosiy faoliyati, jumladan vazifasi, maxsuloti va xizmati yaratiladigan, shuningdek asosiy daromadi shakllantiriladigan jarayonlardir.
Ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar – operatsion va boshqaruv jarayonlari uchun xizmat qiladigan jarayonlar. Jumladan, tashkilotning xodimlar bo’limi, kanselyariya, umumiy bo’lim, xo’jalik ishlari bo’limi, buxgalteriya, yuridik xizmatlar singari bo’limlarining faoliyatidagi vazifalar misol bo’ladi.
Ma’muriy jarayonlar boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar yig’indisi 
Optimallashtirish – barcha turdagi resurslar sarfini yakuniy natija sifati bilan oqilona muvozanatlashgan nisbatini topish va unga erishish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar komleksi. Uni amalga oshirish natijasida resurslarni isrofgarchiliksiz, aniq maqsad va vazifalar uchun samarali yo’naltirish, shuningdek sifat ko’rsatgichlarining eng yuqori parametrlariga erishish imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.
Aksariyat hollarda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo’linma tomonidan faqatgina mazkur bo’linmaning funksiyalari doirasida e’tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. YA’ni, har bir funksional bo’lim qo’yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug’ullanishi hamda boshqa bo’limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo’lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo’linmalar tomonidan qiziqish bo’lishini ta’minlashga undaydi.
Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo’lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda yangi g’oyalar uchun cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g’oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir.
Bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishda ikki va undan ortiq ma’muriy organlar ishtirok etadi. SHu sababli, ma’lum bir xizmatga aloqador bo’lgan va ushbu xizmatni ko’rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma’muriy organlarda ham har bir ma’muriy jarayonlarni o’rganish talab etiladi. Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so’rovnoma yo’li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamdaushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa"electron hukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlarikompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resursva tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishgako'maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizliginita'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliyinternet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 286,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə