Elektron jadval protsessorlari ularning vazifasi va imkoniyatlari Reja: Kirish


Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusi



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə2/5
tarix26.10.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#132098
1   2   3   4   5
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusini multimedia asosida o‘qitish mustaqil ish

1. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusi
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo’llanilishi ta’sirida ma’lum bir yo’nalishdagi dasturlarga bo’lgan talab yanada ortdi. Ma’lumki, dasturlarning ishlab chiqilishi va rivojlanishi qo’llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi.Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari matn ko’rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, kerak bo’lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatorni ishlatib ko’rgan har bir foydalanuvchi hisob-kitob natijalarini saqlab qo’yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang’ich ma’lumotlarni o’zgartirishda hisob-kitobni qayta bajarish kabi ma’lumotlarga duch keladi. Masalan, bir o’quvchining o’zlashtirish darajasi – reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballari jamlanib 100 ga ko’paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo’lgan maksimal ballga bo’linadi. Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko’rinadi. Lekin shu oddiy arifmetik amallarni 10 ta yoki 50 ta yoki 500 ta o’quvchi uchun bajarish kerak bo’lsa-chi? Yoki boshlang’ich ma’lumotlar o’zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulyatorda bajarish juda ko’p vaqt va mehnat talab qiladi. Ikkinchi tomondan, MS Word dasturida ishlaganingizda ko’rdingizki, ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash tahlil qilishni ancha soddalashtiradi [8].
Yuqoridagi muammo va imkoniyatlar sababli hisob-kitoblarni osonlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi dasturlarga bo’lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo’jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hioblari va hokazolar.
Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bog’liq bo’lib, asosan, quyidagilardan iborat:
- ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va ko’rinishini o’zgartirish;
- jadval elementlarini formatlash;
- formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);
- katakchalarni avtomatik to’ldirish;
- standart funksiyalar majmuyidan foydalanish;
- ma’lumotlarni izlash va almashtirish;
- ma’lumotlar asosida turli ko’rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
- ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc (visible calculator – ko’rinayotga kalkulator) nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.
Dastlabki naqli 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.
Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

  • ish stolidagi yorlig’i yordamida;

  • quyidagi ketma-ketlikdagi tanlovlarni bajarish orqali bajariladi:



Excel dasturida ishni yakunlash uchun esa piktogrammasini yoki fayl menyusining “Выход”, ya’ni “chiqish” buyrug’ini tanlash yoki Alt+F4 klavishlarini birgalikda bosish yetarli.
Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda quyidagi rasmdagi kabi foydalanuvchi interfeysi namoyon bo’ladi:



Sarlavha satri


Menyular satri





Uskunalar paneli


Jadval maydoni

Holat satri

Formulalar satri

20-rasm. Foydalanuvchi interfeysi


Exceldagi menyular satri Word matn protssessoridagi menyular satridan farqlanadi. Masalan, Word matn protsessorida Таблица (Jadval) menyusi o’rnida Excelda Данные (Ma’lumotlar) menyusi bor; biror nusxa ko’chirilgach, Правка(Joylashtirish) menyusi nusxani Word dasturidagidan farqli har xil xususiyatlari bilan joylashtirish imkonini beradi.
21-rasm
Nusxa xususiyatlari quyidagi rasmdagi kabi bo’lishi mumkin:
- Nusxa to’liq xususiyatlari bilan;
- Faqat formulani;
- Faqat qiymatini;
- Faqat formatlarini
- Faqat izohni;
- Qiymatiga shartlar bilan;
- Chegara chiziqlarisiz;
- Faqat ustun kengligini;
- Arifmetik amallar bajarish va boshqalar.
Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli – Книга1(Kitob1) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лiст1, Лiст2, Лiст3) bo’lib, zaruratga qarab Joylashtirish menyusining List(varaq) bo’limi yordamida yangi varaqlar qo’shish mumkin bo’ladi. Varaqni o’chirish Tahrir menyusining Varaqni o’chirish, nomini o’zgartirish Format menyusi Varaq bo’limining Qayta nomlash (Переiменовать) buyrug’i yordamida amalga oshirilishi mumkin [8].
Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqlardagi ustunlar soni 256 ta bo’lib, ular lotin alifbosi harflari bilan tartiblanadi, ya’ni A, B, …, Z, AA, AB, … , IV. Satrlar soni Excel 2003 naqlida 65536 ta bo’lib, 1 dan to 65536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.
Yangi kitob hosil qilish uchun quyidagi imkoniyatlardan biri tanlanadi:

  • Fayl menyusidagi Cоздать(Hosil qilish) buyrug’ini tanlash yoki Ctrl+N birgalikda bosish;

  • Uskunalar panelidagi piktogrammani tanlash.

Ikkala usulda ham ekranda shartli Кнiга2 nomli yangi kitob ochiladi. Keying hosil qilinadigan yangi hujjatlar esa mos ravishda Кнiга3, Кнiга4 va hokazo nomi bilan ochiladi.
Odatda, tayyorlangan hujjatni fayl ko’rinishida biror nom bilan saqlab qo’yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda - .doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo’ladi.
Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amal va belgilarni qo’llash imkoniyati mavjud: qo’shish – “+”, ayirish – “-”, ko’paytirish – “*”, bo’lish – “/”, darajaga ko’tarish – “^”, amalning bajarilish tartibini jadallashtirish – “()”, sonlarni butun va kasr qismiga ajratish – “,”.
Elektron jadvallarda jadval bo’ylab sichqoncha, kursorni boshqarish (yo’nalish) klavishlari, shuningdek, Ctrl+Home va Ctrl+End klavishlarini birgalikda bosish yordamida harakatlanish mumkin.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə