Elektron jadval protsessorlari ularning vazifasi va imkoniyatlari Reja: Kirish


Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusiga oid tayyorlangan multimedia vositalari



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə3/5
tarix26.10.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#132098
1   2   3   4   5
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusini multimedia asosida o‘qitish mustaqil ish

3.2. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusiga oid tayyorlangan multimedia vositalari
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusiga oid multimedia vositalari tayyorlash uchun Microsoft Power Point dasturining imkoniyatlaridan foydalanamiz. Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi[13].
Slayd – ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqat varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko‘rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini va jihozlash demakdir. Power Point dasturi yordamida barcha ko‘rgazmali qurollarni
yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish
etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarishi mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu – slayd va prezentatsiya tushunchalaridir. «Презентация» (taqdimot) yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomidir.




22-rasm.(5-slayd) Excel elektron jadvaliga oid multimedia taqdimotlari

Taqdimotdagi slaydlarning foydalanuvchi uchun turli xil ko’rinish va tuzilishlari mavjud. “Obichniy” oddiy ko’rinish – bunda oddiy taqdimotning slaydi ishchi maydonda joylashgan, chap qismida esa slaydlarning navbatma-navbat ko’rinishi va tuzilishini ko’rish mumkin.







23-rasm.(6-slayd) Excel elektron jadvaliga oid multimedia taqdimotlaridan namunalar
Dizaynni tanlash uchun “dizayn” menyusidan o’zimizga yoqqan dizaynni tanlashimiz mumkin. Yoki o’zimiz dizayn yaratib, saqlashimiz ham mumkin. Har bir slaydda
“zagolovok slayda” yozuvi ostida matn kiritish mumkin bo’lgan hudud berilgan bo’ladi.
Mana shu yerga matn kiritamiz. Taqdimot yaratish jarayonida matn ko’rinishidagi ma’lumotlarni tayyorlash, internet resurslaridan olish yoki giperssilka imkoniyatidan foydalanib, kompyuterdagi mavjud boshqa fayllardan ma’lumotlarni import qilishimiz ham mumkindir. Shuningdek klaviaturadagi PrintScreen tugmasidan ham foydalanish mumkin. Grafik obyektlarni joylashtirish uchun “Vstavka” menyusidan “Risunok” bandini tanlaymiz. “Rabota s risunkami” bandi orqali rasmni tahrirlashimiz ham mumkin. Har bir slaydni hosil qilishdan oldin kiritadigan ma’lumot turiga qarab “maket” bandidan mos slaydni hosil qilib olish mumkin.
“Sortirovshik slaydov” – bunda slaydlarning o’rnini almashtirish imkoniyati mavjud.
Shuningdek diagrammalar va figuralar hosil qilish ham mumkin.”Still diagramm” bo’limida diagrammaning stillari tanlanadi.



24-rasm.(7-slayd) 8-sinf o’quvchilari soni to’g’risida diagramma
Slaydlarga animatsiya effektlari berish uchun “Perexodi” bo’limidan foydalanamiz.
Bu band orqali taqdimotga ovoz berish ham mumkin. Shuningdek, har bir obyektga effect berish “Animatsiya” bandi orqali foydalaniladi. Taqdimotga “vstavka” menyusi orqali video joylashtirish ham mumkin.

25-rasm.(8-slayd)Diagrammalar yordamida ma’lumotlarni nisbiy taqqoslanishi
Taqdimot tayyor bo’lgach uni namoyish qilish ma’ruzachi ixtiyorida bo’lishi shuningdek avtomatik tarzda bo’lishi ham mumkin. Avtomatik rejimga qo’yish uchun “Pokaz slaydov” menyusining “Nastroyka vremeni” bandi orqali har bir slaydga beriladigan soniya yoki daqiqalar belgilab olinadi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə