Elektron jadval protsessorlari ularning vazifasi va imkoniyatlari Reja: Kirish



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə1/5
tarix26.10.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#132098
  1   2   3   4   5
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusini multimedia asosida o‘qitish mustaqil ish


Elektron jadval protsessorlari ularning vazifasi va imkoniyatlari


Reja:
Kirish
1. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusi
2. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusiga oid tayyorlangan multimedia vositalari
3. Tayyorlangan multimediali vositalardan namunalar va ulardan foydalanish uslubiyoti
Xulosa
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

KIRISH


Hozirgi davrda multimedia texnologiyasi tez rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘p sohalarda, jumladan, ta’lim sohasida samarali foydalanib kelinmoqda. Multimedia texnologiyasidan ta’lim sohasida foydalanish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonni rivojlantirish bo‘yicha Respublikamizda bir qator farmonlar va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, bular meyoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topgandir.
Barkamol avlod yili” Davlat dasturida “Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash” ko‘zda tutilgan1[1].
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 4.9-paragrafida “Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi” , - deb aytilgan[2].
Kompyuter texnologiyasi va undan foydalanishni rivojlantirilishi bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish”, “Internet” ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi [3].
2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy xujjatlar va dasturlar qabul qilingan bo’lib, axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu sababli ta’lim tizimi va uning muassasalarini
kompyuterlashtirish ham muhim omil kasb etadi. Ta’lim tizimida kompyuterlardan foydalanish ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda asosiy omil bo’lib xisoblanadi.


Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə