Elektron jadval protsessorlari ularning vazifasi va imkoniyatlari Reja: Kirish


Tayyorlangan multimediali vositalardan namunalar va ulardan foydalanish uslubiyoti



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#132098
1   2   3   4   5
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari mavzusini multimedia asosida o‘qitish mustaqil ish

3.3. Tayyorlangan multimediali vositalardan namunalar va ulardan foydalanish uslubiyoti
8-sinf Informatika darsligidagi “Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari” mavzusiga oid bir qator multimedia vositalari tayyorlandi. Power Point dasturida taqdimot yaratish jarayonida mavzu materialiga mos keladigan dizayn tanlanadi. Buning uchun “Dizayn” menyusi berilgan dizaynlardan birini tanlashimiz mumkin. Yoki foydalanuvchining o’zi xam dizayn yaratib, taqdimot materialiga qo’shishi mumkin.
8-sinf Informatika darsligidagi “Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari” mavzusida multimediali slayd tayyorlangan.

26- rasm.












Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin:



27-rasm

Bu holda darslikning 90-betidagi Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda darslikda berilgan rasmdagidek tayyorlangan slayd keltirilgan. Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda dastur interfeysi namoyon bo’lishi haqidagi slayd keltirilgan.



28-rasm

Navbatdagi alaydda Excel dasturi ishga tushirilgach, foydalanuvchi interfeysi namoyon bo’lishi ifodalangan slayd berilgan.



29-rasm.
Taqdimot namoyishga qo‘yilgach Excel dastur oynasidagi elementlar multimediaviy effect va animatsiya samaralari asosida harakatlanib namoyish etiladi.


Bu jarayon esa o`quvchilarga qiziqish uyg`otib, mavzu asosidai ta’lim materialini xotiralariga qolishiga, o`quv materiallarini tushunib o`zlashtirishlariga imkoniyat
yaratadi.Monitor ekranida Excel datur oynasining elementlari birin-ketin harakatlanib chiqib keladilar va multimediali effektlar asosida ustundagi mos kataklarga joylashadilar. Slayd namoyishga qo`yilgach, monitor ekranida sarlavxa satri, menyular satri, uskunalar paneli, formulalar satri, jadval maydoni, xolat satri xaqidagi ma’lumotlar animatsiya effektlari asosida harakatlanib birin-ketin mos kataklarga joylasha boshlaydilar.
Multimediyaning effekti multimediya komponentlariga - matn, audio, video, annimatsiya, tasvir, grafika, bezak va boshqalar kiradilar. Ushbu holda, multimediyaning uchta komponenti ishtirok etadi. Matn, tasvir, animatsiya. Matn slayddagi yozuv va harflarda mujassamlangan, tasvir Excel dastur oynasining tashkil etuvchilari, slaydda esa turli geometrik figuralar mujassamlashgan. Animatsiya: Multimediyaning animatsiya effekti slayd namoyishidagi harakatlarning jilolanib turishida namoyon bo`ladi. Har bir slaydda “zagolovok
slayda” yozuvi ostida matn kiritish mumkin bo’lgan hudud berilgan bo’lib, matn kiritish
jarayonini amalga oshirish mumkin. Taqdimot yaratish jarayonida ma’lumotlarni yozish, internetdan olish yoki “Giperssilka” yaratib, kompyuterda mavjud boshqa fayllardan ma’lumotlarni import qilish ham mumkin. Shuningdek, klaviaturadagi PrintScreen tugmasidan ham foydalanish mumkin. Grafik obyektlarni joylashtirish uchun “Вставка” menyusidagi “Рисунок” bandi tanlanadi. “Работа с рисунками” bandi orqali rasmni tahrirlash xam mumkin.
Shuningdek, har bir obyektga effect berish “Анимация” bandi orqali bajariladi. Taqdimotda bitta obyektga quyidagi animatsiyalarni o’rnatish mukin: obyektning slaydda chiqishi uchun o’rnatiladigan animatsiya, obyektning slayddan chiqib ketishi uchun o’rnatiladigan animatsiya, slayddagi obyekt tanlanganda o’zgaradigan animatsiya, obyektning slaydda harakatlanishi uchun o’rnatiladigan animatsiya. O’rnatilgan animatsiyalarni o’chirish uchun “Удалить” buyrug’idan foydalaniladi. Animatsiyalar almashish tezligini “Скорость” buyrug’I orqali almashtirish mumkin. Obyektning animatsiyasi tanlanganda barcha muloqot oynalari animatsiyaning nomi bilan nomlanadi.Darslikdagi mavzuni multimediyaviy effectlar asosida taqdim etilishi o`quvchilarga jozibali ko`rinish beradi, diqqatlarini barqaror bo’lishi va o`rganiladigan o`quv materialini mustahkam o`zlashtirishlariga imkoniyat yaratadi
XULOSA
Respublikamizda barcha soxalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan ta’lim sohasida ham kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida, jumladan umumiy o’rta ta’limda xam pedagogik va axborot texnologiyalaridan, shu bilan birgalikda multimedia va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi davrda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish davr talabi hisoblanadi. Ms Office tarkibidagi asosiy dasturlardan foydalanish texnologiyasi ularni to’ldirishga imkon yaratadi.Shu sababli umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni o’qitilayotgan fanning o’zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada informatika fanini o’qitishda ham bir qator innovatsion uslublar qo’llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining Informatika darslarida multimediali didaktik vositalarlaridan foydalanish yuqori samara berishi bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida axborot va innovatsion texnologiya usullarini qo‘llashga keng imkoniyatlar beradi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə