Elektron jadvallar


 Yangi yaratilgan hujjatni xotiraga saqlash



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

2.5. Yangi yaratilgan hujjatni xotiraga saqlash
Yangi hujjat yaratganingizdan keyin uni yangi fayl sifatida kompyuteringiz xotirasiga 
saqlab  qo'yishingiz  lozim.  Aks  holda  siz  yaratgan  hujjatdan  hech  qanday  iz  qolmaydi. 
Hujjatni  saqlash  jarayoni  bilan  oldingi  mavzuda  yaratilgan  elektron  jadvalni  saqlash 
misolida tanishamiz.
n.rm  (• ti: n jar 
5r 
*.ld?an  Fo : 
Sifio. 
TWij,
$1~- 
Ш
 
----Й" * «тоГ ■
5  ji-  -.ГАГЛ 
________ b 
4->ли'
1:CP| >
,-nn
2.5.1- rasm.
Jadval  to'liq  tayyor  bo'lgach,  fayl  menyusining  Сохранить  (Saqlash) yoki  Сохра­
нить  как 
(...dek  saqlash)  bandlaridan  birini  chertsangiz,  Сохранение документа 
(Hujjatni saqlash) nomli muloqot darchasi ochiladi (2.5.1- rasm).
22


Dastlab, hujjat saqlanadigan manzilni aniqlash masalasi  bilan tanishamiz.  Darchaning 
Папка  bo'limida  bir  nechta  Папка1аг  ro'yxati  bo'lib,  ulardan  qaysi  birining  ichiga 
hujjatingizni  saqlamoqchi  bo'lsangiz,  o'shanisini  chertish  yo'li  bilan  tanlang.  Natijada 
ushbu  katalog  mundarijasi  darchada  paydo  bo'ladi.  Demak,  hozir  hujjatingiz  ushbu 
katalog  ichiga saqlash muhitida.  Agar hujjatingizni mundarijadagi kataloglardan  birining 
ichiga  saqlamoqchi  bo'lsangiz,  o'sha katalogni  ikki  marta tez  chertish  yo'li  bilan  uning 
mundarijasini  darchada hosil  qiling.  Qisqacha  qilib  aytganda,  Сохранение документа 
nomli  muloqot  darchasida  qaysi  katalog  mundarijasi  ochilgan  bo'lsa,  hujjatingiz  o'sha 
katalog ichiga yangi fayl sifatida saqlanadi. Masalan, siz hujjatni saqlash darchasidan Ра­
бочий стол (Ishchi стол) nomli Papkani tanlang.
Darchaning  Имя  файла  (Fayl  nomi)  nomli  yo'lakchasida  hujjatingizga  Excel 
tomonidan  berilgan  nom  bo'ladi.  Hujjatingiz  nomini  siz  o'zingizga  ma’qul  tarzda 
o'zgartira olasiz. Bunda ikki hoi bo'lishi mumkin:
1)  aslida  hujjat nomi  to'q  rangli  bo'ladi.  Ushbu  muhitda bevosita  hujjatingiz  nomini 
klaviaturadan terishingiz mumkin. Excel tomonidan berilgan nom avtomatik tarzda o'chib 
ketadi.  Hujjat nomini  uning mazmunidan kelib chiqqan  holda tanlagan  ma’qul.  Masalan, 
biz saqlamoqchi bo'layotgan hujjatga Bozor nomini beraylik;
2)  agar  darchada  qandaydir  boshqa  amallar  ham  bajargan  bo'lsangiz,  fayl  nomi  to'q 
rangli  bo'lmaydi.  Bunday  holda  Имя  файла yoiakchasini  ikki  marta tez  chertib,  unda 
kursomi hosil  qilasiz va hujjatingizning eski  nomini  o'chirib, o'zingizga ma’qul  bo'lgan 
yangi nomini  klaviaturadan terasiz.
Тип файла (Fayl turi) nomli yo'lakchadan saqlayotgan hujjatingiz uchun tur tanlaysiz. 
Masalan, siz saqlayotgan  hujjat Excel  hujjati boMganligi uchun Книга Microsoft Office 
Excel turini tanlang.
So'ngra darchaning Сохранить tugmachasini chertsangiz, Рабочий стол  katalogida 
Bozor nomli yangi fayl paydo bo'ladi.
Shuningdek, kompyuter xotirasiga saqlab qo'yilgan hujjat nomini ham o'zgaitirishingiz 
mumkin. Bunda quyidagi usullardan biridan foydalaning:
1)  darchada  ochilgan  hujjat  nomini  chertsangiz,  u  to'q  rangga  kiradi.  Yangi  nomini 
klaviaturadan tering;
2)  sichqoncha  ko'rsatkichini  hujjat  nomi  ustiga  keltirib,  sichqonchaning  o'ng 
tugmachasini bosing va hosil bo'lgan paneldan Переименовать (Qayta nomlash) bandini 
cherting.  So'ngra hujjatingizning yangi nomini tering.
Agar hujjatingizning hajmi katta bo'lsa, uni kiritayotganda vaqti-vaqti bilan uskunalar 
panelidagi  Сохранить  nomli  tugmacha  yordamida  xotiraga  saqlab  turing.  Chunki  aks 
holda elektr toki tarmog'ida tok bo'lmay qolishi, ayrim sabablarga ko'ra 
kom pyuteringiz 
ish muhitidan chiqib ketishi natijasida bir necha soat davomida kiritgan ma’lumotlaringiz 
o'chib ketishi mumkin.
23


Har  bir yangi  hujjat  ochilganda  unda  uchta  varaq  boMib,  ular  mos  ravishda  Лист  1, 
Лист 2, Лист 3  (Varaql,  Varaq2,  Varaq3)  deb  nomlangan  bo‘ladi  (1.3.1-  rasm).  Aslida 
ularning sonini  1  tadan 255 tagacha ko‘paytirish mumkin. Buning uchun biror varaq ustiga 
kelib  sichqonchaning o'ng tugmachasini bossangiz, ostmenyu ochiladi. Undan Добавить 
(Qo‘shish) bandini  va varaq turini tanlab, OK tugmachasini cherting. Natijada qaysi varaqqa 
kelib  bu  ishni  amalga oshirgan  boMsangiz o‘sha varaq  o‘ngga  siljib,  o‘mida yangi varaq 
navbatdagi tartib bilan paydo boMadi. Varaqlar ichida diagrammalar ham boMishi mumkin. 
Varaqlar sonini ko‘paytirishning ancha yengil usuli ham mavjud. Buning uchun Сервис —> 
Параметры —►
 Вид algoritmi bo‘yicha harakatlanib, Страницы в новой книге (Yangi 
kitobda varaqlar) boMimidan yangi yaratiladigan hujjat uchun varaqlar sonini tanlang.
Varaqlar  soni  ko‘payib  ketavergach,  ular  o‘zlari joylashgan  gorizontal  yoMakchaga 
sig‘maydi va bir qismi ko‘rinmay qoladi. Ulami darchaga chiqarish uchun shu yoMakchaning 
chap  qismidagi  o‘tkazgichlardan  foydalaning.  Bu  o‘tkazgichlar  ko‘rsatkich  ko'rinishida 
boMib, ularning soni to‘rtta. Chetki ikkitasi varaqlami o‘ta tez o‘tkazadi, o‘rtadagi  ikkitasi 
esa varaqlami sekin, ya’ni bittalab o'tkazadi.
Faraz qilaylik, hujjatda varaqlar soni ko‘p boMib, ular tartiblari va turi bo‘yicha tartibsiz 
joylashib  qolgan  boMsin.  U  holda  ulami  surish  yoMi  bilan  joylarini  almashtirish  yoki 
butunlay boshqa  hujjatga o‘tkazib yuborish  mumkin.  Shuningdek,  surish jarayonini  Ctrl 
tugmachasini  bosib turib amalga oshirsangiz mazkur varaqdan nusxa olinadi, ya’ni eskisi 
joyida ham qoladi.
Ba’zan hujjatingizning past qismida umuman varaq yorliqlari boMmasligi  mumkin.  Bu 
hoi quyidagi sabablarga ko‘ra ro'y beradi:
Hujjat  pastga  surib  yuborilgan.  Demak,  holat  satrini  darchadan  olib  ko‘ring.  Buning 
uchun  Вид  menyusining  Строка  состояния  (Holat  satri)  bandi  oldidan  bayroqchani 
olib  qo‘ying.  Shunda  ham  varaqlar  yorliqlari  ko‘rinmasa,  u  holda  hujjatingizning 
sarlavha satriga kirib uni yuqoriga suring.  Bu urinish ham foyda bermasa, demak sizning 
hujjatingizdan  varaq  yorliqlari  olib  qo'yilgan.  Ulami  qayta  o'rnatish  uchun  Сервис  —►
 
Параметры algoritmi bo'yicha harakatlanib, Ярлычки листов (Varaq yorliqlari) bandi 
oldiga bayroqcha o'mating.
Biror varaq yorlig'i  ustiga kelib  o'ng tugmachani  bossangiz,  ost menyu ochiladi  va u 
quyidagi bandlardan iborat ( 2.6.1- rasm):
2.6.  H ujjat v araq lari va u lar ustida am allar


Добавить  (Qo'shish)  bandi  yordamida  yuqorida  qayd  qilganimizdek,  hujjatingizga 
yangi varaq qo‘shishingiz mumkin. Ammo bu band chertilganda Вставка nomli muloqot 
darchasi ochiladi. Siz undan yaratayotgan varag‘ingiz turini tanlaysiz va OK tugmachasini 
chertsangiz,  hujjatingizda siz tanlagan turga mansub  bo'lgan yangi varaq  paydo boMadi. 
Ushbu darchaning Решения bandi yordamida alohida masalalarga moMjallangan maxsus 
varaq yaratasiz (2.6.2- rasm).
Bundan tashqari, Вставка menyusining Лист bandini chertish yoMi bilan  ham yangi 
ishchi varaq yarata olasiz.
Удалить  (O'chirish)  bandini  chertsangiz, joriy  varaq  o'chiriladi  (2.6.1-  rasm).  Shu 
yoM bilan joriy hujjatingizning varaqlarini ketma-ket o'chirib boraverasiz.  Ammo  oxirgi 
varaqni o'chirib bo'lmaydi. Chunki hujjatda hech bo'lmaganda bitta varaq bo'lishi kerak.
Переименовать  (Qayta  nomlash)  bandi  yordamida  varaq  nomini  o'zgartirishingiz 
mumkin.  Bu  band  chertilganda, joriy  varaq  yorlig'i  to'q  rangga  kiradi.  Shundan  so'ng 
uning  nomini  o'zingiz  xohlagan  tarzda  klaviaturadan  terasiz  va o'sha varaq  yangi  nom 
oladi. Varaq nomidagi belgilar soni 31 tadan oshmasligi kerak. Mumkin bo'lmagan belgilar 
haqida Excel ogohlantiradi.
Переместить/скопировать  (Ko'chirish/nusxa  olish)  bandi  yordamida  varaqning 
hujjatdagi o'mini o'zgartirish yoki boshqa hujjatga ko'chirish, shuningdek, joriy varaqdan 
joriy  hujjatga yoki  boshqa hujjatga nusxa olish  ishlarini bajarishingiz mumkin.  Bu  band 
chertilganda shu nomli muloqot darchasi ochiladi (2.6.3- rasm).
Ushbu  darchaning  Создавать  копию  (Nusxa  yaratish)  bo'limi  oldiga  bayroqcha 
o'matib,  OK tugmachasini  chertsangiz,  varaqlar yorliqlari  orasida yoki  boshqa hujjatda 
joriy varaqning yangi nusxasi paydo boMadi.___________________________
(Зставка

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə