Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

2.6.2- rasm.
25


Agar  в  книгу yo'lakchasida joriy  hujjat nomi  yozilgan  bo'lsa, joriy  varaqdan joriy 
hujjatga nusxa olinadi. Ushbu yo'lakchada boshqa hujjatning nomi yozilgan bo'lsa, joriy 
varaqdan o'sha hujjatga nusxa olinadi. Buning uchun albatta nusxa olinayotgan va nusxa 
ko'chirilayotgan hujjatlaming har ikkalasi ochilgan bo'lishi kerak.
Bu ishni Правка menyusining Переместить/скопировать лист (Varaqni ko'chirish/ 
Nusxa olish) bandidan foydalanib ham amalga oshirishingiz mumkin.
Выделить все листы (Barcha varaqlami belgilash) bandi yordamida hujjatning barcha 
varaqlari belgilanadi. Natijada ular ustida o'chirish, ko'chirish, nusxa olish kabi amallarni 
yakka tartibda bajargandan ko'ra bir varakayiga tez bajarishingiz mumkin.
Shuningdek, varaq yorliqlarini belgilashning quyidagi usullaridan ham foydalanishingiz 
mumkin:
-  
ixtiyoriy varaq yorlig'ini chertsangiz, u belgilanadi;
-  
hujjatingizning varaq yorliqlari ekranda  qanday tartibda  joylashgan bo'lsa, ulami 
shu ketma-ketlikda belgilash uchun birinchi turganini (tartibidan qat’iy nazar) cherting va 
oxirgisini Shift tugmachasi bilan birgalikda cherting;
-  
agar  Ctrl  tugmachasini  ushlab  turib  xohlagan  varaq,  yorlig'ini  chertsangiz,  u 
oldingi belgilangan varaqlar qatori belgilanadi. Faqat Ctrl tugmachasidan foydalanib varaq 
yorliqlarini belgilasangiz, ular qanday tartibda joylashgan bo'lsa, o'sha tartibda emas, balki 
tartibsiz holatda ham belgilashni amalga oshira olasiz.
Цвет  ярлычка...  (Yorliq  rangi...)  bandi  yordamida  joriy  varaq  yorlig'iga  rang 
tanlaysiz.  Ushbu  band  chertilganda,  Выбор  цвета  ярлычка  (Yorliq  rangini  tanlash) 
nomli muloqot darchasi ochiladi va undan yorlig'ingiz uchun rang tanlaysiz (2.6.4- rasm).
2.63- rasm. 
2.6.4- rasm.
Agar  Нет  цвета  (Rang  yo'q)  tugmachasi  tanlansa,  yorliq  rangining  oldingi  holati 
o'zgarmaydi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə