Elektron jadvallar


2.7. Hujjatni yoki uning biror qismini belgilash. Bog‘langan va



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

26


2.7. Hujjatni yoki uning biror qismini belgilash. Bog‘langan va
 
bog*lanmagan sohalar
Hujjatni  yoki uning biror bo'lagini belgilashdan maqsad,  shu belgilangan  soha ustida 
o'chirish, ko'chirish, nusxa olish kabi bir qator amallarni  bajarishdan iboratdir.
Butun varaqni belgilash uchun varaqning ustun va satr nomlari kesishgan chap yuqori 
burchagidagi bo'sh katakchani chertasiz. Ixtiyoriy satr yoki ustun nomini chertsangiz, mos 
ravishda shu satr yoki ustun to'liq belgilanadi.
Yakka  tartibda  biror katakchani  belgilash  uchun  uni joriy  qilish  yetarli,  ya’ni  biror 
katakchani  joriy  qilish  bilan  ushbu  katakcha  ustida  belgilash  amalini  ham  bajargan 
bo'lasiz.
Belgilangan  sohada joriy  katakcha och  rangda,  ya’ni  hujjatning belgilanmagan  qismi 
rangida bo'ladi.
Hujjat varag'ining xohlagan qismini belgilash mumkin. Buning uchun sichqonchaning 
chap  tugmachasini  bosgan  holda  sichqoncha  ko'rsatkichini  harakatlantirib,  kerakli  soha 
qamrab  olingach,  chap  tugmachani  qo'yib  yuborsangiz,  o'sha  qamrab  olingan  soha 
belgilanadi.
Bundan buyon varaqning belgilangan qismini belgilangan soha deb ataymiz. Belgilangan 
soha ikki turga bo'linadi, ya’ni bog'langan va bog'lanmagan sohalar. Sichqonchaning chap 
tugmachasini bosgan holda harakatlanish natijasida belgilangan soha yoki hujjat katakchasi 
chertilganda, bog'langan soha hosil  bo'ladi.  Agar shu  ishlami  Ctrl tugmachasini  ushlab 
turib amalga oshirsak, belgilangan sohani Excel bog'lanmagan soha deb qabul qiladi.
Ekranda bog'langan va bog'lanmagan sohalarni ko'rinishi jihatidan ajratish juda qiyin. 
Ulami farqlash uchun quyidagi fikmi bilish yetarli. Bog'lanmagan sohani qirqib olish yoki 
undan nusxa olish mumkin emas.
Bog'langan  va  bog'lanmagan  sohalarni  hosil  qilishning  quyidagi  usullaridan  ham 
foydalansangiz  bo'ladi.  Biror  katakchani  joriy  qilib,  Shift  tugmachasini  bosgan  holda 
ixtiyoriy boshqa katakchani chertsangiz, shu katakchalar orasidagi soha bog'langan sohaga 
aylanadi.  Agar  shu  usul  bilan  biror  ustun  yoki  satr  nomini  chertsangiz,  joriy  katakcha 
joylashgan  ustun  yoki  satrdan  shu  nomi  chertilgan  ustun  yoki  satrgacha  bo'lgan  barcha 
ustun yoki satrlar bog'langan sohaga aylanadi.
Bundan  tashqari,  agar  F8  tugmachasini  bossangiz,  holat  satrida  BDL  yozuvi  paydo 
bo'ladi.  Demak,  Excel  sohani  belgilash  rejimiga  o'tdi.  Endi  xohlagan  katakchani 
chertsangiz, xuddi  Shift tugmachasini bosib turgandagi kabi joriy katakchadan chertilgan 
katakchagacha bo'lgan soha bog'langan sohaga aylanadi.
Agar Ctrl tugmachasini bosib turib, biror ustun yoki satr nomini chertsangiz, shu ustun 
yoki satr bog'lanmagan sohaga aylanadi. Bundan tashqari, Ctrl tugmachasini ushlab turib, 
ixtiyoriy katakchani alohida bog'lanmagan soha sifatida belgilash ham mumkin.
Shlft+F8  tugmachalarini  bosgandan  so'ng  chertilgan  har  bir  katakcha  xuddi  Ctrl 
.tugmachasi orqali bo'lgani singari bog'lanmagan soha hosil qiladi.
27


Ushbu  mavzuda  Excelning  yana  bir  ajoyib  imkoniyati  bilan  tanishamiz.  Ba’zan  bir 
hujjatning  barcha  varaqlarida  yoki  bir  nechta  varaqlarida  aynan  bir  xil  tuzilishga  ega 
boMgan  ma’lumotlar saqlanayotgan  bo‘lib,  barchasida  aynan bir xil  o‘zgarishni qilishga 
to‘g‘ri  keladi.  Agar  bunday  varaqlar  soni juda  ko‘p  yoki  varaqdagi  ma’lumotlar  hajmi 
yetarlicha  katta  boMsa,  o‘z-o‘zidan  ma’lumki,  bu  ish  sizdan  ko‘p  vaqt  va  mehnat  talab 
qiladi.  Excelda  bir xil  tuzilishga ega boMgan  va bir guruhga olingan  varaq laming  birida 
qilingan biror o‘zgarishni barcha varaqlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Qilingan 
o‘zgarish nafaqat katakchadagi ma’lumotning qiymatiga, balki formatiga ham ta’sir qiladi. 
Buning uchun bitta guruhga olinayotgan har bir varaqning mos katakchalarida mazmunan 
bir xil  ma’lumotlar boMishi kerak. Natijada bunday varaqlarni bitta guruhga olsa boMadi. 
Varaqlami guruhga olishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
-  
agar siz varaqlami yakka tartibda guruhga olmoqchi boMsangiz, Ctrl tugmachasini 
bosib,  qo‘yib  yubormasdan  guruhga  olmoqchi  boMgan  varaqlar  nomlarini  birin-ketin 
chertasiz;
-  
agar  hujjatingizning  barcha  varaqlarini  guruhga  olmoqchi  boMsangiz,  ixtiyoriy 
varaq  nomini  o‘ng  tugmacha  orqali  cherting  va  hosil  boMgan  paneldan  Выделить  все 
листы (Barcha varaqlami belgilash)  bandini tanlang;
-  
varaqlar  nomlari  ro‘yxatidagi  (tartiblari  qanday  boMishidan  qat’iy  nazar)  oxirgi 
varaq nomini Shift tugmachasini  bosib turib cherting.
Har uchala holda ham  guruhga olingan varaqlar nomi oqish rangga kiradi  va sarlavha 
satrida  [Группа]  ([Guruh])  yozuvi  paydo  boMadi.  Bu  belgilar  sizga  kerakli  varaqlar 
guruhga olinganligidan dalolat beradi.
Guruhga  olingan  biror varaqda  qilingan  har qanday  o'zgarish  shu  guruhdagi  boshqa 
barcha varaqlarda ham o‘z aksini topadi.
Faraz  qilaylik,  hujjatingizning  har  bir  varagMda  biror  tumandagi  bitta  maktab 
informatika  o‘qituvchilari  haqidagi  ma’lumotlar  boMsin.  Ushbu  ma’lumotlardan  birini 
JI
hct
I (Varaq 1 )da yarating.
Xuddi  shunday  ma’lumotni  ikkinchi  va  uchinchi  varaqlarda  ham  yarating.  Buning 
uchun  xuddi  shu  ma’lumotdan  ikkinchi  va  uchinchi  varaqlarga  nusxa  olib,  kerakli 
joylarini o‘zgartirib qo‘yishingiz yetarli. Masalan, o‘qituvchilaming familiyalari, ish staji, 
oylik  maoshi  kabi  ma’lumotlar  o‘zgaitiriladi.  Ammo  guruhga  olingan  varaqlardagi  mos 
katakchalar va ma’lumotlar tuzilishi saqlab qolinadi. Natijada uchta varaqda aynan bir xil 
tuzilishga ega boMgan uch xil hujjatlar paydo boMadi.
Endi  uchala  varaqni  guruhga  olib,  E2  katakchasiga  =C2*2  formulani  yozing  va  bu 
formulani  E  ustunning  keyiogi  to‘rtta  satri  uchun  ham  joriy  qiling.  Natijada,  uchala 
varaqning  ham  E  ustunida  o‘qituvchilaming  ikki  marta  oshgan  yangi  maoshlari  paydo 
boMadi (2.8.1 - rasm).

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə