Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  Past  chastotali  kuch  transformatorlari



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.2.  Past  chastotali  kuch  transformatorlari
Radiouskuna  tok  manbalarining  bloklarida  qo‘llaniladigan
past  chastotali  kuch  transformatorlari  o‘zgarmas  tok  kuchlani-
shiga  to‘g‘rilanayotgan  tok  kuchlanishining  darajasini  o‘zgarti-
rishda  qo‘llaniladi.  Kuch  transformatorlari  iste’mol  qiladigan
tok,  odatda,  bir-o‘nlab  amperlarni,  kuchlanish  esa,  o‘n-bir  necha
yuz voltlarni tashkil etgani uchun ular katta quvvatga ega bo‘li-
shi kerak. Shuning uchun ular boshqa transformatorlarga nisba-
tan katta o‘lchamga ega bo‘ladi.
Bunday  transformatorlarning  magnit  simi,  ko‘pincha,  shtamp-
langan Ø-shaklidagi plastinalardan yig‘ilgan yoki magnit mate-
rialdan  ishlangan  tasmalarni  o‘rash  yo‘li  bilan  yasalgan  zirhli
o‘zakdan  iborat.  O‘zak  tayyorlashda  yelimlab  yopishtiruvchi
magnit pastalardan foydalaniladi (10.1-a, b rasm). Magnit o‘tkaz-
gichlar  elektrotexnik  po‘latlardan,  masalan  1511  (qizdirib  yoyil-
gan,  izotron)  va  3414  (sovuqlayin  yoyilgan,  anizotron)  markali
po‘latdan,  shuningdek,  50HXC  permalloydan  tayyorlanadi.
Shtamplangan  plastinalar  qalinligi  0,5  mm,  o‘rash  uchun  tas-
maning qalinligi esa 0,1—0,3 mm bo‘ladi.
Uyurma toklarga isrofni kamaytirish uchun plastina va lenta
o‘ramlari oksidi parda bilan plastinani kuydirib, lok surtib yoki
yopishuvchi suspenziya  bilan himoyalanadi.  Plastinalarni «cha-


194
lishtirib  ustma-ust»  qo‘yib  yig‘iladi  va  magnit  o‘tkazgichda
nomagnit  tirqishining  bo‘lmasligi  ta’minlanadi,  ya’ni  magnit
zanjiri  uchun  magnitlantirmasdan  ishlanganda  (kuch  va  ba’zi
bir  past  chastota  transformatorlari)  zarur  bo‘lgan  minimal
qarshilik olinadi.
Transformatorlarning  ko‘p  qatlamli  chulg‘amlari  (masalan,
PEV,  PEVTL,  PET  simlardan)  karton  yoki  press-kukun  kar-
kasga  o‘raladi,  chulg‘amli  karkas  korpus  ekranga  joylashti-
riladigan  magnit  simning  markaziy  sterjeniga  mahkamlanadi.
Bunda  magnit  o‘tkazgichning  chulg‘am  bilan  magnit  bog‘la-
nishidan to‘la foydalaniladi va chulg‘amning mexanik himoyasi
yaxshilanadi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə