Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Sintetik sluda. Sintetik sluda kristallari maxsus tuzilgan shixta
eritmasidan o‘stiriladi. Tarkibi KMg
3
(Si
2
 Al
10
)F
2
 dan iborat bo‘l-
gan ftorflogopitdan eng yaxshi natijalar olingan. Shixta 1380 °C da
eriydi, kristallashish  jarayoni esa 1340°C  temperaturada amalga
oshadi. 4.8-rasmda ko‘rsatilgan sintetik sluda kristali tabiiy sludaga
o‘xshash bo‘lib, yupqa plastinkalarga oson parchalanadi. Tarkibida
kristallovchi suv mavjud emasligi tufayli, sintetik sluda tabiiy slu-
daga  nisbatan  ancha  yuqori  issiqbardoshlikka  ega.  600—700°C
ishchi temperaturaga ega kondensatorlarda dielektrik sifatida ham
qo‘llanilishi mumkin.
Sintetik sluda elektron lampalarda, shisha tola darchalari va
yuqori energiya zarrachalari hisoblagichida izolatsion ekran sifatida
qo‘llanilishi mumkin.
Mikaleks kukunsifat tabiiy sluda va maydalangan tez eruvchi
shishaning issiqlik yordamida presslanishi natijasida hosil bo‘la-
digan  qattiq  materialdir.  Mikaleks  olish  uchun  sludalar  listlar


79
yoki turli kesimga ega sterjenlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi va
ularga keyinchalik mexanik qayta ishlov beriladi.
Mikaleks  uncha  katta  bo‘lmagan  dielektrik  yo‘qotishlarga,
yuqori  issiqbardoshlikka,  namga  chidamlilikka  va  mexanik
mustahkamlikka ega. Mikaleks radioelektron sanoatda katta quvvatli
lampalarni  o‘rnatgichi,  havo  kondensatorlari  paneli,  taroq,
induktivlik g‘altaklari, ulagich platalari va boshqa detallarni ishlab
chiqarishda  ishlatiladi.  Mikaleksga  metall  kontaktlarni  presslab
kiritish mumkin.
Novomikaleks  shisha  birikma  bilan  mahkamlangan  sintetik
sludadan tayyorlanadi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə