Elektrotexnika materiallari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
elektrotexnika materiallari.

Gs
U
tesh f
/U
tesh 0
2.29-rasm. Gazlarning teshilishi 
Har bir gaz uchun 
q
va 

qiymatlari o’zgarmasdir. Ma’lum masofani 
to’qnashuvsiz o’tgan elektronning tezlig
i =600
i
bo’ladi; elektron gaz 
molekulalarining katta tezligi ionlanishini ta’minlaydi. Gaz molekulalarining 
ionlanishi uchun elektronning harakat tezligi 1000 km/s dan yuqori bo’lishi lozim 
(2.30-rasm). 
2.30-rasm. Gazlarda razryadlarning yuzaga kelishi 


89 
Elektronning siljishi ion siljuvchanligiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. 
Ionlanish paytida ajralib chiqqan elektron molekulalarining ionlanishini 
ta’minlaydi, ular zaryadlarga yoritiladi. Elektrodlar orasidagi gazda razryad 
bo’lganida musbat ionlar katod yuzasini bombardimon qilib elektroddan
elektronlarni ozod etadi.
71
Ayrim hollarda elektr maydonida tezlanish olgan elektron molekulalarning 
ionlanishini ta’minlamay, ularni uyg’ongan holatga olib keladi, xolos. Bunday 
molekulalar ortiqcha energiyani nurlatish hisobiga, o’zidan foton ajratadi. Foton 
o’z navbatida boshqa molekulaga yutilib, uni ionlantiradi. Gazlarda sodir 
bo’ladigan ichki foton ionlanishi nurlanish orqali katta tezlikda o’z yo’li elektrod 
oraligida yuqori elektr o’tkazuvchan gaz kanali hosil qiladi. Chizmada elektron 
ko’chka shtrixlangan konus shaklida keltirilgan. Elektron molekulalariga urilishi 
natijasida gazda ionlanish sodir bo’ladi. Natijada anod tomon siljiyotgan 
elektronlar soni keskin ortib, ular o’z yo’lida katod tomon yo’nalgan musbat 
ionlar sonini oshirib boradi. Elektron urilishi natijasida atomlardan to’lqinli nurlar 
- fotonlar ajratadi. Foton tezligi yorug’lik tezligiga teng bo’lganligi sababli, 
ko’chkidan ancha ilgarilab ketib, yo’lida duch kelgan zarrachalarning ionlanishini 
ta’minlaydi. Anod tomon siljiyotgan elektron birinchi sodir bo’lgan ko’chkini 
ancha ilgarilab, yangi ko’chki hosil qiladi. 
Shunday qilib, birinchi kuchni 
AV
uzunlikka o’sib yetguncha, strimer 
SD
oraliqda yuqori o’tkazuvchanlikka ega yo’l hosil qiladi. Keyingi bosqichda manfiy 
strimerdagi alohida ko’chkilar bir-birini quvib, birlashib, umumiy ionlangan kanal 
hosil qiladi. Keyingi bosqichda strimerdagi alohida ko’chkilar bir – birini quvib, 
birlashib umumiy ionlangan kanal hosil qiladi.
72
Katoddan anodga tomon harakatlanayotgan strimerning o’sishi bilan bir 
vaqtda qarama-qarshi tomondan musbat zaryadlangan ko’chki oqimi hosil bo’la 
boshlaydi. Musbat zaryadli strimer gaz razryad plazmali yo’ldan tashkil topadi. 
71
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 62-bet 
72
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 128-bet. 


90 
Elektron ko’chkilar o’z yo’lida ko’p miqdorda yangidan paydo bo’lgan musbat 
ionlar qoldiradi va bu ionlarning katta quyuni anod yaqinida sodir bo’ladi. 
Musbat zaryad bilan to’lgan va elektron bilan to’yingan elektrodlar orasidagi 
masofada katta o’tkazuvchanlikka ega gaz plazmasi hosil bo’ladi. Katodga musbat 
ionlar urilishi natijasida metall yuzasida dog’ hosil bo’lib, u o’zidan elektronlar 
ajratadi. Keltirilgan jarayonlar asosida gazda teshilish sodir bo’ladi. U odatda katta 
tezlikda, ya’ni 1 sm oraliq 10
-7
– 10
-8
sekundda bosib o’tadi. Elektrodlar orasida 
berilgan kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, gazda elektr teshilishi shuncha katta 
tezlikda sodir bo’ladi. Agar ta’sir etuvchi kuchlanish vaqti kam bo’lsa, teshilish 
kuchlanishining qiymati o’sadi va bu o’sish impuls koeffitsienti bilan ifodalanadi: 
50
t
t
U
U


bunda; 
U
t
– berilgan impulsdagi teshish kuchlanishi, 
kV

U
t50
–50 Gs 
chastotali 
o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishdagi teshish kuchlanishi, 
kV

Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonidagi impuls koeffitsienti 

 

1,5. 
Gazda sodir bo’ladigan teshilish ta’sir etayotgan elektr maydon turiga bog’liq. 
Bir jinsli elektr maydoni yassi yuzali, chekkalari yumaloq shaklli qo’ziqorinsimon 
elektrodlar, yoki oralaridagi masofa diametridan uncha katta bo’lmagan ikki shar 
orasida hosil qilinadi. Bunday maydonda teshilish kuchlanishining gaz harorati va 
bosimiga bog’liq ma’lum qiymatida to’satdan ro’y beradi. Kuchlanish manbai 
katta quvvatga ega bo’lsa, elektrodlar orasida uchqun razryadi emas, balki yoy 
razryadi sodir bo’ladi. 
Gazning elektr mustahkamligi haroratga teskari, bosimga esa to’gri 
proporsionaldir. Gazning harorat va bosimi kam o’zgarganda teshilish kuchlanishi 
gazning zichligiga bog’liq bo’ladi:
U
t
=U
to


Bunda; 
U
to
- normal sharoit (t =20
0
C: p

0,1 Mpa) dagi teshilish kuchlanishi:
U
t
-
berilgan harorat va bosimdagi teshilish kuchlanishi. 
Havoning nisbiy zichligi 

quyidagicha hisoblanadi: 


91 
273
386
,
0


t
P

bunda 
t
-harorat, 
0
C: 
p
-gaz bosimi, mm sim. ust. 
2.31-rasm. Gaz mustahkamligini va bosim orasidagi o’zgarish grafigi 
Bosim yuqori bo’lganda gaz zichligi ortib, molekulalar orasidagi masofa 
qisqaradi va elektronlarning erkin harakatlanish masofasi 
(

)
qisqaradi (2.31-
rasm). Natijada teshilish kuchlanishning katta qiymatlarida sodir bo’ladi. Gaz 
bosimi kamaytirilsa, uning elektr mustahkamligi pasayadi va bosimning mal’um 
qiymatidan boshlab elektr mustahkamlik orta boradi. Bu gaz hajmidagi 
molekulalar sonining keskin kamayishi va elektronlar gaz molekulalari bilan 
to’qnashuvining pasayib ketishi orqali isbotlanadi. Kuchli vakuumda elektr 
teshilish elektronlarning elektrod yuzasidan ajrab chiqish hodisasi (sovuq 
emissiya) bilan tushuntiriladi. Bunda elektr mustahkamlik ancha yuqori qiymatga 
erishadi. Bu esa yuqori chastotali kuchlanish uchun mo’ljallangan vakuum 
kondensatorlarini yasashda qo’l keladi. Yuqori bosimli gazlar yuqori kuchlanishli 
apparatlar uchun izolyatsiya sifatida shuningdek kabellar va yuqori kuchlanishli 
kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
73
Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonida gazning teshilish jarayoni o’zgacha 
bo’lib, kuchlanganlik yuqori qiymatga ega nuqtada toj ko’rinishidagi razryad 
vujudga keladi. Maydon kuchlanishli yuksaltirilsa, toj razryad uchqun yoki yoy 
razryadga o’tadi. Agar igna – tekislik elektrodlari oralig’idagi gazning elektr 
mustahkamligini tekshirsak, ignaga musbat kuchlatish (impuls) berilganda oraliqda 
sodir bo’lganda teshilish kuchlanishining qiymati ignaga manfiy kuchlanish 
73
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 63-bet 


92 
berilgan holdagina ancha past bo’ladi (igna deganda uchi konus shaklli elektrod 
nazarda tutilmoqda). Bu quyidagicha tushuntiriladi. Gazning ionlanishi igna 
yaqinida vujudga keladi, chunki bu yerda maydon kuchlanganligi o’zining yuqori 
qiymatiga ega bo’ladi. Igna atrofida musbat zaryadlangan ion (molekula) lar 
“buluti” hosil bo’ladi. Ignada musbat kuchlanish bo’lganida esa bunday hajmiy 
zaryad igna uzunligining sun’iy o’sishiga va elektrodlar orasida razryadlanish 
masofasining qisqarishiga olib keladi. 
Qattiq dielektrik yuzasi yaqinida havoda hosil bo’lganida razryad yuza 
qoplanish razryadi deb ataladi. Mazkur razryad odatda elektrodlar orasida faqat 
havo bo’lgan holdagiga qaraganda ancha past kuchlanishlarda ro’y beradi. Razryad 
kuchlanishining qiymati elektr maydon tuzilishi (elektrod va dielektrikning 
shakli)ga maydon chastotasi, dielektrik yuzasining holati va havo bosimiga 
bog’liqdir. Havo nisbiy namligining ortishi izolyatorning razryad kuchlanishini 
ancha pasaytiradi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə