Elektrotexnika materiallari


 Qattiq dielektriklarning elektr teshilishi



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107
elektrotexnika materiallari.

 
2.12. Qattiq dielektriklarning elektr teshilishi 
Qattiq dielektriklarning teshilishi quyidagi turlarga bo’linadi: makroskopik 
jihatdan bir jinsli dielektriklarning elektrik teshilishi: bir jinsli bo’lmagan 
dielektriklarning elektrik teshilishi: issiqlik (elektr- issiqlik)dan teshilish: elektr-
kimyoviy teshilish. 
Makroskopik jihatdan bir jinsli dielektriklarning elektrik teshilishi juda tez 
rivojlaqnib o’tishi (10
-7 
10
-8
s) bilan harakterlanadi. Bunda qattiq jismdagi ba’zi 
elektronlar elektron ko’chki hosil qiladi. Bu teshilish o’z tabiati jihatidan sif 
elektron jarayonga kiradi. Elektronlar elektr maydonda olgan energiyasini o’z 
harakatlari davomida tarqatadi va kristall panjaraning qayishqoq tebranishini 
vujudga keltiradi. Muayyan kritik tezlikka erishgan elektronlar yangidan-yangi 
elektronlarni uzib chiqarib, muvozanat holatini buzadi, ya’ni qattiq jismda 
elektronlarning urilishi tufayli ionlanish sodir bo’ladi (2.33-rasm). 
2.33-rasm. Qattiq dielektriklarning teshilishi 


95 
Bir jinsli elektr maydonida joylashtirilgan bir jinsli dielektik uchun elektr 
teshilishidagi 
maydon 
kuchlanganligi 
jismning 
elektr 
mustahkamligini 
aniqlaydigan kattalik bo’lib xizmat qiladi. Bunday holat ishqor-galoid birikmali 
monokristallarda va ba’zi polimerlarda kuzatilib, 
E
t
ning bir jinsli (1) va bir jinsli 
bo’lmagan (2) elektr maydonidagi qiymatlari turlicha bo’ladi.
75
Bir jinsli bo’lmagan dielektriklarning elektr teshilishi tarkibida gaz bo’shlig’i 
bo’lgan texnik dielektriklarda kuzatilib, bu jarayon xuddi bir jinsli 
dielektriklardagidek juda tez sodir bo’ladi. Bir jinsli maydonda joylashtirilgan 
dielektriklar (shisha, chinni)ning elektr mustahkamligi material qalinligiga bog’liq 
emas. Lekin, dielektrikning qalinligi orta borishi bilan uning tarkibida o’zgarish 
bo’lib, gaz bo’shliqlari soni ortishi natijasdida jismning elektr mustahkamligi 
sezilarli darajada pasayadi. Agar elektrodning yuzasi kichraytirilsa, maydonning 
ta’sir yuzasi oqibatida undagi nuqsonlar soni ozayib, dielektrikning elektr 
mustahkamligi orta boradi. Haroratning ma’lum qiymatgacha 
E
t
qiymati 
o’zgarmaydi, uning yanada ortishi natijasida 
E
t
qiymatining pasayishi kuzatiladi. 
Bu, dielektrikda issiqlikdan teshilish jarayoni sodir bo’lishi bilan tushuntiriladi. 
G’ovak dielektrilar (,yog’och, qog’oz, g’ovak sopol ) da 
E

qiymati havoning 
elektr mustahkamligiga yaqin bo’ladi. Agar qattiq dielektrikdagi bo’shliqlar 
to’latilsa (masalan, suyuq dielektrikni shimdirish orqali), jismning elektr 
mustahkamligi keskin ortadi. Bu jarayon jism tarkibidagi havo va gaz 
bo’shliqlarining siqib chiqarilishi evaziga sodir bo’ladi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə