Elektrotexnika materiallari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
elektrotexnika materiallari.

Qora bitumli lok
tarkibiga bitumlar kiradi. Bu lok moyli lokka nisbatan 
arzon, yuqori elektr izolyatsiya va kam gigroskopik xossali parda hosil qiladi. Qora 
102
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 98-bet 


138 
bitumli lok asosidagi izolyatsiya eskirishga chidamli bo’lsa ham, lekin erituvchi va 
moy ta’siriga chidamsizdir. 
Organik erituvchiga bitum qo’shib hosil qilingan eritma
sof bitum loki
deyiladi. U oddiy sharoitda quritiladi. Sof bitum loki, asosan, turli metall 
yuzalarini korroziyadan muhofaza qilishda qo’llaniladi. 
Moy-bitumli lokning
tarkibida bitumdan tashqari, quriydigan moy ham 
bo’ladi. Mazkur lokning xossalari sof bitumli loklarga nisbatan qayishqoqligi va 
chidamliligi bilan farq qiladi. Moy-bitumli loklarning erituvchilari qatoriga benzol, 
toluol va skipidarni kiritish mumkin. Bu loklar transformator chulg’amlarini 
shimdirishda ishlatiladi. 
Moy-qatronli loklar tarkibida tabiiy va sintetik qatronlar bo’lib, qayishqoqligi, 
yelimlash xususiyati, kam gigroskopikligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib 
turadi. Bu moylar transformator chulg’amlarini qoplashda ishlatiladi, hosil bo’lgan 
qoplama chulg’amni moy kislota bug’laridan yaxshi himoya qiladi. 
Loklar harf va raqamlar bilan belgilanadi. Harflar lokli asosning tarkibini, 
birinchi raqam lokning qaerda qo’llanilishini, keyingi raqamlar esa lokning 
muayyan turini bildiradi. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan, shimiladigan 
loklarga fenolli (FL-98), poliuretanli (UR-9144), kremniy-organikli (KO-964) va 
moy-gliftalli (GF-95) loklarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Ko’pgina loklarni tayyorlash jarayoni murakkab bo’ladi. Bunda, avvalo, lokli 
asos tayyorlab olinib, so’ngra u erituvchida eritiladi va mazkur eritmadan turli 
qo’shimchalar chiqarib yuboriladi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə