Elektrotexnika materiallari


 Polimer plyonkalar va suyuq kristallar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
elektrotexnika materiallari.

2.27. Polimer plyonkalar va suyuq kristallar 
Elektr izolyatsiya plyonkalari yupqa va egiluvchan material bo’lib, ular har 
xil kenglikda va qalinlikda tayyorlanadi. Plyonkalarning elektr va mexanik 
xossalari yaxshi bo’lganligi sababli, ulardan kondensator, elektr mashina va 
apparat, kabellar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Plyonkalar ekstruziya, quyish va 
puflab chiqarish usullari orqali tayyorlanadi. Egiluvchan plyonkalar yuqori 
molekulyar massali chiziqli polimerlardan tayyorlanib, egiluvchanlikka materialga 
plastifikator qo’shish yoki harorat ta’sirida polimer molekulalarini ma’lum 
yo’nalishga burish orqali erishiladi. 
104
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 205-bet. 


142 
Elektr izolyatsiyasida triatsetat sellyuloza ko’p ishlatiladi. Uning asosida 
olingan plyonka xossalari quyidagicha: 

r
= 3,6; tgδ = 0,007; gigroskopikligi 2-3%; 
ish harorati 90-100

C, bu plyonkaning mexanik mustahkamligi kichik bo’lganligi 
sababli, u ko’pincha qalin qog’oz yuzasiga qoplangan holda ishlatiladi. 
Sintetik qutbli plyonkalarga polietilentereftalat plyonkalari: lavsan, melineks, 
xostafon va hokazolar misol bo’ladi. Bu plyonkalar 0,04-0,035 mm qalinlikda 
tayyorlanib, ularning xossalari quyidagichadir: zichligi 1400 kg/m
3
; cho’zilishdagi 
mustahkamligi 120-180 MPa; 

=10
14
Om∙m; 

r
=3,3; tgδ=0,007; ish harorati – 
60

150

C; uzilishdagi nisbiy cho’zilishi 50

100%. 
Polikarbonat makrofol plyonkasining xossalari: zichligi 3200 kg/m
3

cho’zilishidagi mustahkamligi 100-2000 MPa; 

=10
14
-10
15
Om∙m; 

r
=2,9; 
tgδ=0,006; E
T
=60-90 MV/m; uzilishdagi nisbiy cho’zilishi 100-300%.
Politetraftoretilen asosida olingan plyonkaning xossalari: zichligi 2100 kg/m
3

cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 10-15 MPa; 

r
=2,0; tgδ=0,0003; 

=10
14
-
10
15
Om∙m; E
T
=45-100 MV/m bo’lib, ish harorati ancha yuqori (260

C) dir. 
Polietilen asosidagi plyonka ekstruziya asosida olinib, uning zichligi 920 
kg/m
3
, cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 14-6 MPa, dielektrik xossalari 

r
=2,2; tgδ=0,0003; 

=10
14
-10
15
Om∙m; E
T
=300 MV/m, ish harorati 85-120

C. 
Polistirol 
asosidagi 
plyonka 
(stirofleks)ning 
xossalari 
quyidagicha: 
cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 60-70 MPa; 

r
=2-2,6; tgδ=0,0003-0,0004; 

=10
14
-10
16
Om∙m; E
T
=110-190 MV/m; ish harorati 70-85

C.
105
Polipropilen plyonkasining xossalari: zichligi 900 kg/m
3
, cho’zilishdagi 
mexanik mustahkamligi 100-200 MPa; 

r
=2,0; tgδ=0,0002; 

=10
15
-10
17
Om∙m; 
E
T
=300 MV/m va yuqori ish harorati 90-100

Cga tengdir. 
Qutbsiz plyonkalarning izolyatsiya qarshiligi yuqori bo’lib, o’zidan elektr 
tokini juda kam miqdorda o’tkazadi. Shu sababli ulardan o’zgarmas sig’imli 
kondensatorlar ishlab chiqariladi. Qutbli plyonkalarda 

qiymati katta bo’lgani 
sababli, ulardan kichik hajmli kondensatorlar olish mumkin. 
105
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 112-bet 


143 
Stirofleks plyonkalari yuqori chastotali kabellarda ishlatiladi, polikarbonatlisi 
esa quvvatli (yuqori kuchlanishli) kabel ishlab chiqarishda qo’llaniladi. 
Plyonkalarning qalinligi kamaytirilsa, ularning elektr mustahkamligi ortadi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə