Elektrotexnika materiallari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
elektrotexnika materiallari.

Suyuq kristallar.
Suyuq kristallar ma’lum darajadagi qovushqoqlik, optik, 
elektrik va magnit xossalariga ega bo’lgan organik birikmalardir. Bu 
suyuqliklarning harorat o’zgarishiga sezgirligi yuqori bo’lib, bunda ular o’z rangini 
o’zgartiradi. Elektronika sohasida suyuq kristallardan yupqa plyonka olish 
maqsadida foydalaniladi. Ushbu kristall birikmalardan -20

250

C oralig’ida 
ishlaydigan indikatorlar ishlab chiqariladi. Suyuq kristallar elektr va magnit 
maydoni kuchlanganligiga juda ham bog’liq bo’lib, bunda ular o’zining 
shaffofligini va boshqa optik xossalarini o’zgartiradi. Biror yuzaga surtilgan suyuq 
kristallda nurning qutblanish tekisligining burilishi, nurning ikki bor sinishi, nur 
yutilishidagi spektral o’zgarish va boshqa xususiyatlar suyuq kristallarni amalda 
keng qo’llash imkonini beradi. 
Suyuq kristallarning anizotrop xossasi molekulalarning tartiblanish darajasi 
(S) orqali aniqlanadi: 
S=(1/2) (3cos
2

-1). 
Bunda: 

- alohida olingan molekula o’qi bilan bir yo’nalishdagi boshqa 
molekularlarning yo’nalish o’qi orasidagi burchak.
106
Suyuq kristallarda 0

S

1 oralig’ida bo’lib, haroratga bog’liq ravishda 
o’zgaradi. Harorat ko’tarilganda tartiblanish darajasi nolga intiladi. Suyuq 
kristallar uchun qayishqoqlik va qovushqoqlik muhim rol o’ynaydi. Bunda 
qovushqoqlik qiymati oqim tezligi qiymatigagina emas, balki yondosh qatlamdagi 
molekulaning yo’nalish o’qiga ham bog’liqdir. Suyuq kristallarning solishtirma 
elektr o’tkazuvchanligi kichik qiymatni (10
-11
Sm/m) tashkil etadi. Bir necha suyuq 
kristallarni o’zaro aralashtirib, kerakli dielektrik singdiruvchanlikka ega aralashma 
106
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 69-bet. 


144 
olinadi. Bu aralashma dielektrik anizotropiyasi (

) bilan ifodalanib, uning qiymati 
-4

20 oralig’ida bo’ladi. 
Suyuq kristallarning elektr-optik xossalari elektr texnikada keng miqyosda 
qo’llaniladi. Ushbu kristallar asosida yaratilgan asbobda tasvir hamda axborotni 
qayta ishlash sifati boshqa xuddi shu kabi asbobga nisbatan ancha yuqoridir. 
Mazkur asboblarda sarflanadigan quvvat (10
-9
Vt/m
2
)va ish sharoitidagi kuchlanish 
qiymati (2-50V) kichik bo’ladi. 
Suyuq kristallar ma’lumot, axborot beradigan asboblar (elektron soat, 
kalkulyator, kompyuter va b.) da keng qo’llanilmoqda. Hozirgi paytda elektron 
trubkalar o’rniga matritsali ekran yaratish ustida qizg’in ish olib borilmoqda. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə