Elektrotexnika materiallari


 Bosma plata uchun bazis materiallar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
elektrotexnika materiallari.

2.31. Bosma plata uchun bazis materiallar 
Bazis materiallardan past kuchlanishli asboblarda va radiotexnika 
apparatlarida, hisoblash texnikasida, elektronika, telefoniya va boshqa sohalarda 
qo’llaniladigan bosma plata ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Ilgarilari bosma plata uchun bazis materiallar sifatida zarlangan (folgalangan) 
materiallar qo’llanilib, ular (qatlamli plastmassa yoki sintetik pardadan 
tayyorlanib, varaqning bir yoki ikkala yuzasi qalinligi 35 mkm dan ortiq metall 
zarqog’ozi bilan qoplanardi. Keyingi paytda metall qoplama qalinligi 5 mkm gacha 
kamaytirilib, material yuzasiga qoplama subtraktiv (metall qoplama selektiv 
ravishda yupqalashtiriladi) uslubning yarim additiv va additiv (mis qatlam 
galvanik usulda yotqiziladi) usullari qo’llanilmoqda.
Bazis materialning bir yoki ikki yuzasiga misni kimyoviy hamda galvanik 
usullarda yotqizib (zarlab), bosma plata ishlab chiqarish mumkin. Zar qoplash 
aralash usulida ham amalga oshiriladi.
Qoplash uchun izolyatsiya yuzasi tekis bo’lishi, metall o’tkazgich sifatida 
elektrolitik misli zarqog’oz qo’llanilishi va buni asos bilan (izolyatsiya varag’i) 
biriktirishda turli xil yelim va adgezivlar qo’llanilishi mumkin. Odatda, 
biriktiruvchi yelim yuzaga 40-50 mkm qalinlikda maxsus mashina yordamida 
surtiladi.


150 
Yuqori chastotali asboblar uchun bazis materiallar getinaks asosida 
tayyorlanib, ularning yuzasiga elektrolitik mis qoplanadi. Bunday plata varag’i 
qalinligi 1-3 mm, o’lchami kamida 800x900 mm qilib tayyorlanadi. 
Zarlangan shisha-tekstolit (shisha tola termoreaktiv bog’lagich bilan 
shimdiriladi) yuzasiga misli zarqog’oz qoplangan hollardagi varaq qalinligi 1,5 
mm gacha, o’lchami kamida 600x700 mm qilib olinadi. Zarlangan SFT-230 navli 
dielektrikning qalinligi 0,13-2,5 mm, o’lchami kamida 400x600 mm, FDG navli 
zarlangan dielektrikning qalinligi esa 1,5-2 mm, o’lchami kamida 200x250 mm, 
SONF navli shisha-tekstolit qalinligi 0,8-3 mm, o’lchami kamida 400x600 mm, 
FDME navli shisha tekstolit qalinligi 0,1-0,15 mm, o’lchami esa kamida 400-600 
mm qilib olinadi. 
Issiqqa bardoshli SGPA-5-1, STPA-5-2 navli shisha-tekstolitlar (qatlami 
shisha to’qimasi asosidagi) 0,1-2 mm qalinlikda, o’lchami esa kamida 400x600 
mm bo’ladi. Zarlangan LF-1 navli lavsan (polietilen tereftalat asosidagi) yuzasiga 
35 mkm qalinlikdagi elektrolitik mis zarqog’ozi yopishtiriladi. Zarlangan PF-1 
navli bosma platasi poliimid asosida tayyorlanadi. 
Ko’p qatlamli bosma platasiga SP-1, SP-2, SPT-3, STP-4, SPO, SPS navli 
shisha to’qima asosida tayyorlangan materiallar misol bo’la oladi. Ularning 
qatlamlarini bosim ostida yelimlab, o’zaro biriktiriladi va misli zarqog’oz ularning 
yuzasiga yopishtiriladi. 
Yuqori chastotali asboblarda FLAN navli arilaks bilan to’yintirilgan, 
zarlangan dielektriklar qo’llaniladi. Ushbu, dielektrik materiallarning qalinligi 1- 2 
mm, o’lchami 260x340 mm, zarqog’oz qalinligi 35 mkm qilib olinadi. Shu 
chastotalarda ishlovchi asboblarda polikarbon bilan to’yintirilgan, zarlangan 
varaqsimon materiallar ham ishlatiladi. Ularning ko’rsatkichlari quyidagicha: 

r
=2,8; tgδ=(1,5

5)∙10
-3
(chastotasi 10
10 
Gs); 

10
12
Om∙m; 

s

10
11

10
12
Om∙m.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə