Elektrotexnika materiallari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
elektrotexnika materiallari.

2.33. Shisha 
Shisha murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning 
tarkibiga turli metall oksidlari kiradi. Shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo’lmagan 
amorf moddalar qatoriga kiradi. Boshqa anorganik materiallardan farqli o’laroq, 
shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi: yupqa parda va tolalar olinishi; optik 
111
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 218-bet. 


152 
jihatdan tiniqligi; turli xil metallar bilan birikishi; yuzasining tekisligi; mo’rtligi; 
namga chidamliligi.
112
Shisha tarkibiga shisha hosil qiluvchi oksidlar (SiO
2
, B
2
O
3
, P
2
O
5
) hamda 
uning erish haroratini pasaytiradigan ishqorli oksidlar (Li
2
O, Na
2
O, K
2
O) ishqorli 
yer metallarining oksidlari (CaO, MgO, BaO va ZnO, Al
2
O
3
, BeO) shuningdek
shisha tarkibini o’zgartiradigan boshqa qo’shimchalar kiradi. Shisha hosil qiluvchi 
oksidlar silikatli (SiO
2
), alyuminsilikatli (Al
2
O
3
-SiO
2
), borsilikatli (B
2
O
3
-SiO
2
), 
titansilikatli 
(SiO
2
-TiO
2
), 
sirkonatsilikatli 
va 
alyumin-borsilikatli 
(SiO
2
-
ZnO
2
,Al
2
O
3
-B
2
O
3
-SiO
2
) turlarga bo’linadi. 
Texnik shisha quyidagi xillarga bo’linadi: 
1. Tarkibida og’ir metall oksidi bo’lmagan ishqorli shisha,
2. Tarkibida bir qancha og’ir metall, oksidlari bo’lgan ishqorli shisha;.
3. Tarkibida ishqor bo’lmagan sof shisha (kvars)larga bo’linadi. Silikatli va 
borli sof shishalar tarkibida SiO
4
, B-O
3
elementlari bo’ladi. Tarkibiga oksidlar 
kiritilgan shisha g’ovaklashadi. Bir valentli metall ionlari shishaning dielektrik 
xossalarining, issiqqa va namlikka chidamliligini keskin kamaytiradi. 
Shishaning yumshash haroratlarining oralig’i katta bo’lganligi sababli, undan 
mahsulot tayyorlash jarayoni oddiy bo’ladi. Suyuq shisha harorati 800-900


atrofida bo’lganda undan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi. Shisha mahsulotlari 
puflash, siqish, cho’zish va bosim bilan ishlov berish usuli yordamida 
tayyorlanadi. Tayyor shisha mahsuloti tezlik bilan sovitilsa, unda ichki mexanik 
kuchlanganlik yuzaga keladi. Shisha yemirilishining oldini olish maqsadida uni 
qayta qizdirib, ichki kuchlanganlik bartaraf etiladi. 
Odatda shishaning bir qancha turiga pardoz berish mumkin bo’lib, ular 
kesilish xossasiga ham egadir. Shishadan aniq o’lchamli juda yupqa mahsulot 
ishlab chiqarish uchun uning tarkibiga mis, kumush, oltin, platina zarrachalari 
kiritiladi. Bunda shishaning yorug’likka nisbatan sezuvchanlik xossasi ham oshadi. 
So’ngra, fotokimyoviy usul yordamida shishadan aniq o’lchamli mahsulot 
tayyorlanadi. 
112
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 118-bet 


153 
Nur ta’sir ettirib yoki termik ishlov berib, shisha tarkibida tekis kristallanish 
amalga oshiriladi. Buning natijasida shishaga kerakli xossalarni berish mumkin. 
Shishaning solishtirma hajmiy qarshiligi 10
9
-10
18
Om∙m bo’lib, bunda 

ning 
yuqori qiymati kvarsga va quyi qiymati ishqorli shishaga taalluqlidir. Tarkibida 
ikki yoki uch xil ishqorli oksidlari bo’lgan shishaga ishlov berish 
(neytralizatsiyalash) orqali unda elektr o’tkazuvchanlik holati yuzaga keltiriladi. 
Agar ishqorli shisha tarkibiga ikki valentli metall (Ba, Pb) oksidlari kiritilsa, 
strukturasi mustahkamlanishi hisobiga 

qiymati ortadi; harorat ortishi natijasida 
ionlarning siljuvchanligi ortib, shishaning elektr o’tkazuvchanligi ko’tariladi. 
Odatda, shisha yuzasiga nam o’tirishi natijasida 

s
qiymatidan anchagina (10 
barobar) past bo’ladi. Shishada 

s
qiymatni oshirish uchun, uning yuzasiga himoya 
qatlami (KO loki) yuritiladi yoki kimyoviy ta’sirga bardoshli shisha qo’llaniladi. 
Sof shishalarda, asosan, elektron va ion qutblanish sodir bo’lishi sababli, unda 

r
qiymati kichik (3,1

3,2) bo’ladi. Agar shishaga ishqorli og’ir metall oksidlari 
kiritilsa, unda ion-relaksatsiya qutblanishi kuzatilib, materialning qiymati 20gacha 
ortadi. 
O’zgaruvchan elektr maydonida va past chastotalarda shishadagi dielektrik 
isroflar o’tkazuvchanlik hisobiga sodir bo’lsa, yuqori chastotalarda bu hodisa ion-
relaksatsiya qutblanish hisobiga sodir bo’ladi. Tarkibida metall ionlari bo’lgan 
shishada tg

qiymati yuqori bo’ladi. 
Sof shisha, ishqorsiz yoki tarkibida og’ir metall oksidlari bo’lgan ishqorli 
shishalar yaxshi dielektrik hisoblanadi. Shisha harorati oshirilganda, kuchsiz 
bog’langan ionlarning soni ko’payishi hisobiga dielektrikning elektr 
o’tkazuvchanligi ortadi. Ion-relaksatsiya qutblanishi natijasida shishada tg

qiymati yuksala boradi. Yuqori chastota va harorat oraliqlarida shishada tg

qiymati o’zgarishsiz bo’ladi. 
Yuqori kuchlanishlarda shishada elektr va issiqlikdan teshilish hodisasi sodir 
bo’ladi. Bir jinsli maydonda, yupqa (50-100 mkm) shishada elektr teshilishi 


154 
E
T
=100-600 MV/m, qalin shishada esa, issiqlik teshilishi E
T
=15-30 MV/m sodir 
bo’ladi. 
Shishaning solishtirma og’irligi 2000-8100 kg/m
3
, cho’zilishdagi mexanik 
mustahkamligi 100-300 MPa, shishaning yumshash harorati 400-1600

C oralig’ida 
bo’ladi. Texnik shishaning dielektrik xossalari: 

r
=3,8

16,2; tgδ=0,002

0,01; 

=10
6
-10
15
Om∙m; E
T
=500 MV/m ga teng bo’ladi. 
Shisha elektr texnikada keng qo’llaniladi. Undan, asosan, yuqori kuchlanishli 
izolyatorlar, turli izolyatsiya mahsulotlari, shuningdek, egiluvchan, o’ta ingichka 
(4-16 mkm) uzun tolalar tayyorlanadi. Tola olish uchun shisha siniqlari maxsus 
teshik-filerlarda eritiladi, so’ngra uni oqizib, o’rab olinadi yoki kerakli uzunlikda 
kesiladi. Bir nechta shisha tolalarni o’zaro birlashtirib, shisha ipi olinadi. Ulardan 
tasma, turli matolar ishlab chiqariladi. Shisha tolalarining organik tolalardan 
ustunligi ularning yuqori haroratga bardoshliligi, yuqori mexanik mustahkamlik va 
dielektrik xossalarga egaligi va kam miqdorda nam singdiruvchanligidadir. Shisha 
tolasidan yasalgan qalamchalarning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi po’latning 
mustahkamligidan qolishmaydi.
113
Kvarsli shisha kondensatorlarda, induksion g’altaklarda, vakuumli asboblar 
va hokazolarda qo’llaniladi. Kam ishqorli va ishqorsiz shishalardan yuqori 
kuchlanishli va yuqori chastotali asboblarning kondensatorlarida, impulsli 
generatorlarda keng foydalaniladi. 
Ayrim turdagi shishalar lampalar tayyorlashda ishlatiladi. Tola va to’qima 
tayyorlashda ishqorsiz shisha qo’llaniladi. Shisha tola va to’qimalardan mexanik 
mustahkamlikka ega shisha plastlari tayyorlanadi. Ular issiqqa chidamli kabel 
izolyatsiyalarida qo’llaniladi. Shisha to’qimalarining tarkibida havo bo’shliqlari 
bo’lgani sababli, ularning dielektrik xossalari shisha tolasinikiga nisbatan 
yuqoridir. Masalan, shisha tolasida tgδ=4,5∙10
-3


r
=9,2 bo’lsa, shisha to’qimada 
tgδ=1∙10
-3


r
=1,8-2,0 bo’ladi. Shisha to’qimalar issiqlik va 

nurlari radiatsiyasi 
ta’siridan himoya qiluvchi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Plyonka shisha 
113
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 219-bet. 


155 
qalinlikda ishlab chiqariladi. Agar plyonkaning qalinligi kamaytirilsa, uning 
egiluvchanligi va E
T
, qiymati ortadi. Bunday plyonkalarning elektr mustahkamligi 
E
T
=70-600 MV/m ni tashkil etadi. Plyonka shisha elektr mashinasining 
izolyatsiyasida, 
kondensator, 
mustahkam 
shisha qatlamlari 
tayyorlashda 
qo’llaniladi. 
Ko’piksimon shisha yengil, mexanik mustahkam, yaxshi dielektrik xossali, 
issiqqa chidamli material bo’lgani uchun u radio qurilmalari va issiqlik 
izolyatsiyalarida ishlatiladi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə