28
konsentratsiyasi bir xil bо‘lmasa diffuziya ega bо‘ladi. Masalan: zarrachalar katta
konsentratsiyali aralashmadan kichik konsentratsiyali massaga diffuziyalanadi.
Fikning birinchi qonuniga asosan bunday oqim qо‘yidagicha ifodalanadi.
DM= - D·dt·dS·dφ/dx
a) b) c)
1.26-rasm. Kristall jism atomlari diffuziyasi
Agar massa bir komponentli bо‘lib, ikki qismdan iborat bо‘lsa,
birinchi
qismning zichligi ikkinchi qismga qaraganda kattarok deb qarash kerak (1.26-
rasm). Bu holda modda zichlik katta qismdan zichlik kichik kismga
diffuziyalanadi. Agar shartli ravishda jismni ikki komponentli sistema deb qaralsa,
minus ishora dt vaqt davomida ds fazoviy yuzadan dx yо‘nalishga perpendikulyar
bо‘lgan yо‘nalishda birinchi komponentning yuqori
konsentratsiyali qismdan
kichik konsentratsiyali qismga diffuziyalanishini ifodalaydi.
Bu tenglamada dφ/dx zichlik gradiyenti: D-diffuziya koeffitsenti.
Kub katakchali polikristallarda diffuziya koeffitsenti diffuziya yо‘nalishiga
bog‘lik emas, ya’ni u izootropik hossaga ega.Boshqa xollarda diffuziya koeffitsenti
tajriba о‘tkazish usuli bilan aniqlanadi.
Kristall jismdagi diffuziya jarayoni mexanizmi har xil bо‘lishi mumkin.О‘z-
о‘zidan diffuziyalanishda ham, kо‘shimcha zarrachalar
diffuziyasida ham
vakansiya mexanizmi muhimdir. Bu holda diffuziyaning eng oddiy kо‘rinishi
atomning qо‘shni vakansiyaga kuchishidir, natijada
yangi vakansiya hosil
bо‘ladi.Diffuzion almashish mexanizmi kristall qatakcha yoqlari,о‘rtasida
kichik
о‘lchamli atomlar joylashgan xollarda rо‘y beradi. Masalan: kristall panjarasida
29
uglerod, azot, bor atomlari joylashgan temirda
diffuziyaning shu mexanizmi
kо‘zatiladi.
Ma’lumki, diffuziya tezligi kristall panjaradagi vakansiya yoki dislakatsion
atomlarning zichligiga bog‘lik. Haroratning oshishi bilan bu nuqsonlarning zichligi
ham ortib boradi.Shuning uchun ham diffuziya tezligi haroratga bog‘likdir.
Real kristall jismlar nuqsonlarning notekis joylashishi bilan harakterlanadi.
Real kristallarning tuzilishi diffuziya mexanizmiga katta ta’sir qiladi.Eng
muximi diffuzion jarayonlar kristall jismlarda rо‘y beradigan faza о‘zgarishining
sababilaridir.
Dostları ilə paylaş: