Emom o'zbek doc



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə19/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104

15-§. O'qitish metodlari


Matematika mashg'ulotlarida o'qitishning ko'rsatma harakat usiillaridan: tarbiyachi harakatlarning namuna va usullarini Ico'rsatishidan, bolalarning elementar matematik faoliyat (ko'plik, sonlar o'rtasidagi mutanosiblikni belgilash, hisoblash va bosh- lar)ini ichiga oluvchi amaliy topshiriqlarni bajarishidan foydalaniladi.
Besh yoshga qadam qo'ygan bolalarda tekshirib ko'rish qobili yatlari (masalan, sezish, harakat tekshiruvlari va boshqalar) tez o'sib boradi. Shu munosabat bilan bolalarni matematik obyektlarning xususiyatlari va munosabatlarini ozmi-ko'pmi mus taqil ravishda aniqlashga o'rgatiladi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalar oldiga izlanishni talab qiladigan savollarni qo'yadi: ,,Nima uchun doira yumalaydi-yu, kvadrat yumalamaydi?" U bu savollarga javob topish uchun nima qilish kerakligini aytib beradi, agar lozim bo'lsa ko'rsatib ham beradi: ,,Kvadrat bo'ylab barmog'ingizni yurgizib chiqing. Qarang, bu figurada nimabor?" — deydi.
Bolalar bevosita kuzatgan narsalarini o'z nutqlarida aks ettirib, tajriba yo'li bilan bilimga ega bo'ladilar. Shu bilan fikrni og'zaki bayon qilish shaklning unda ifodalangan mazmundan ajralib qolishiga, ya'ni bilimlarni yuzaki o'zlashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Bu, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalar ba'zan so'z va iboralarni aniq narsalarga, ularning xususiyatlariga bog'lamasdan osongina eslab qoladilar. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq mazkur guruh bolalari oldiga ularning harakatlarini muayyan maqsadga yo'naltiradigan bo'lish vazifalari qo'yiladi.
O'qitishning ko'rsatmali (namuna, ko'rsatish) va og'zaki (ko'rsatmalar, tushuntirishlar, savollar va boshqalar) usullaridan qayerda va qanday qilib foydalanish kerakligi bolalarning o'rgani layotgan materialni o'zlashtirish darajalari bilan belgilanadi. Bolalar faoliyatning yangi turlari (hisoblash, sanab
ajratish, narsalarni katta-kichikligiga qarab taqqoslash) bilan tanishayotganlarida narakatlarning barcha usullarini, ularning xarakteri va izchilligini 0 'a, keng ko'rsatish hamda tushuntirish, namunani sinchiklab va batafsil ko'rib chiqish zarur. Ko'rsatmalar bolalarni narsaning yoki stol yoniga chaqirilgan bolaning harakatlarini kuzatib borishga ndaydi, ularni mazkur harakatlarning aniq og'zaki ifodasi bilan Tushuntirishlar qisqa va aniqligi bilan ajralib turishi
Yangi material tushuntirilayotganda bolalarni pedagog bilan birga harakat qilishga, ayrim ishlarni birga bajarishga jalb etiladi. Ular, masalan, narsaning uzunligi, qandayligini ko'rsatishlari, hammalari birgalikda (xo'r bo'lib) narsalarni sanashlari mumkin va hokazo.
Yangi bilimlar mazkur yoshdagi bolalar uchun faqat asta-sekin o'zining umumiy ma'nosiga ega bo'ladi. O'rta guruhda ham kichik guruhda bo'lgani kabi, bolalar uchun yangi bo'lgan harakatlarni bir necha marta ko'rsatish zarur, bunda ko'rsatma qurollar almashtiriladi, topshiriqlar, ish usullari birmuncha o'zgartiriladi, harakatlarning yangi usullarini o'zlashtirishda bolalarning aktivlik va mustaqillik ko'rsatishiga ana shunday erishiladi. Bolalarning ko'rsatma qurollar bilan ishlashlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, ular bilimlarni shunchalik ongli o'zlashtiradilar.
Pedagog (tarbiyachi) savollarni shunday berishi kerakki, bunda yangi bilimlar aniq so'zda o'z ifodasini topsirk Bolalarni o'z harakatlarini tushuntirib berishga, ular raqamli ish bajarganliklari, natijada nima hosil bo'lganligi haqida so'zlab berishga doimo o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini sabr bilan tinglaydi, ularga aytib berishga shoshilmaydi, ularning fikrlarini o'zi oxiriga yetkazishga intilmaydi. Zarur bo'lib qolsa, javob namunasini keltirib, qo'shimcha savollar beradi, ayrim hollardajumlaniboshlab beradi, bola esa uni tugatadi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalar nutqidagi xatoni to'g'rilab, ularga so'zlarni, iboralarni takrorlashni taklif qiladi, bolalarni ko'rsatma qurollardan foydalanishga undaydi (,,qarachi, qaysi doska qisqaroq!"). Tegishli lug'atning o'zlashtirilishiga qarab so'zlarning ma'no ahamiyati ochib borilgan sari, bolalar so'zning to'liq, keng yoyib ko'rsatilishiga muhtoj bo'lmay qoladilar.
Ular keyingi mashg'ulotlarda asosan og'zaki yo'1-yo'riqqa harakat qiladilar. Pedagog faqat ayrim usullarnigina ko'rsatib beradi. Savollarga javob berish yo'li bilan bola yo'1-yo'riqni takrorlaydi, masalan, awal qaysi o'lchamdagi doskani qo'yish kerakligini aytadi.
Bolalar bajarilgan topshiriq haqida ravon so'zlab berishga o'rganadilar. Keyinchalik ular faqat og'zaki ko'rsatmalar asosidagina harakat qiladilar. Agar bolalar topshiriqni bajarishga qiynalsalar, pedagog namuna keltirishi, namoyish qilishi hamda qo'shimcha savollar berishi ham mumkin. Barcha xatolar didaktik material bilan ishlash jarayonida tuzatiladi.
Topshiriqlar hajmi asta-sekin kengaytirib boriladi, ular 2-3 qismdan iborat bo'la boshlaydi. Masalan, kartochkada tasvirlangan doirachalarni hisoblash va xuddi shuncha o'yinchoqlarni hisoblab ajratib olish kerak.

      1. Yüklə 305,66 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə