Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


qarama qarshi harakatlanuvchi marketing



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

qarama qarshi harakatlanuvchi marketing
noratsional ehtiyojlarni 
qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q 
qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketingni asosiy tamoyillarini qisqacha tushuntirib bering? 
2. Marketingni asosiy vazifalari nimlardan iborat? 
3. Marketingni asosiy funksiyalarini tushuntirib bering? 
4. Talabning holatiga ko‘ra va bozorni rivojlanishiga ko‘ra marketingni qanday 
turlarini bilasiz? 
5. Sinxromarketing mazmunini tushuntirib bering? 
6. Rag‘batlantiruvchi va rivojlanuvchi marketingni farqini tushuntirib bering? 
7. Bozorni o‘rganish va bozorga ta’sir etish deganda nimani tushunasiz? 
8. Konversion marketing va demarketing o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib 
bering? 
9. Korxonaning (firma) asosiy maqsadi nimadan iborat? 
10. Bozorni bilish deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 


62 
4-BOB. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT TA’MINOTI 
 
4.1. Marketingda axborotni o‘rni. Axborot tizimi 
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki 
davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va 
amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora 
namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmoqda. 
Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar 
uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish 
va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida 
namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. Quyidagi 4.1-rasmda marketingda axborotni 
roli berilgan. 
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish 
uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil 
qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam 
ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan 
elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə