Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-jadval  Korxonaning asosiy maqsadi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

3.1-jadval 
Korxonaning asosiy maqsadi 
Maqsadlar 
 
Ko‘rsatkichlar 
 
Bozorni egallash 
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi 
bozorlarni qamrab olish 
Rentabellik 
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini 
rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi 
Moliyaviy barqarorlik 
Kreditga 
layoqatligi, 
likvidligi, 
o‘z-o‘zini 
moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi 
Ijtimoiy maqsadlar 
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya, 
ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish 
Bozordagi pozitsiya va 
prestij 
Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, 
jamiyatni tan olishi 
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: 

bozorni egallash; 


54 

rentabellik; 

moliyaviy barqarorlik; 

ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash; 

bozordagi mavjud va prestijni tashkil tatbiq mustahkamlash. 
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni 
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni 
kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi 
vazifalar. 
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. 
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos 
keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. 
 
3.3. Marketingning asosiy tamoyillari 
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari 
bo‘lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan 
tamoyillar yotadi. 
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki 
xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish; 
-barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, 
ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash; 
-korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli 
natijadorligini ta’minlash; 
-iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida
korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‘zida, 
ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish. 


55 
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta marketingni muqobil maqsadlarga 
ajratiladi.
1.
Iste’mol darajasini oshirish; 
2.
Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; 
3.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish; 
4.
Turmush tarzini (sifatini) oshirish. 
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‘sishga olib keladi, 
ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni 
kamayishiga olib keladi. 
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar 
(xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni ko‘zlaydi. 
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar 
(xizmat)larni turli xillarini ko‘rsatib, ularning xodimlariga to‘liq mos keluvchi 
bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‘lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va 
tovar (xizmat) narx bo‘yicha maqbul bo‘lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan 
sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari: 
1.
Iste’molchiga yo‘naltirilganlik. 
2.
Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa 
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni olgan bo‘lishi 
kerak. 
3.
Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik. 
Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi bilan 
belgilanadi. 
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi 
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga 
mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib 
chiqadi: 


56 

iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak; 

bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn 
muammolarini echish vositalari bilan ishlash; 

tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish 
kerak; 

firmani 
ishlab 
chiqarish-eksport 
faoliyatining 
oxirgi 
natijalariga 
konsentrlashganini kuchaytirish; 

marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini 
shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks 
yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; 

tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab 
olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga 
mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash; 

korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini 
prognoz qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali 
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish; 

tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; 

tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash; 

talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo 
korrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish; 

tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli ustunlikni qidirish va 
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, 
umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish 
va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha 
asosiy tamoyillari kelib chiqadi: 

iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir; 


57 

istiqbolga 
yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur; 

pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor ulushini, 
foydani oshishi va hokazolar. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə