Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Axborot turlari va ularni turkumlash



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
4.2.Axborot turlari va ularni turkumlash 
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar ko‘lami juda 
keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab 
etadi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi 
barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish 
ko‘rish samarali hisoblanadi. 
Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va 
ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun 
ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi 
ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli 
manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‘lgan axborotlar 
kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalluqli 
bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. 
4.3-rasm. Marketing axborotlari turlari 
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy 
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlar kiradi. 
MARKETING AXBOROTI 
Ichki 
Tashqi 
Birlamchi axborot 
Ikkilamchi axborot 
Xalqaro ommaviy 
Ichki milliy ommaviy 
xususiy (har xil 
tashkilotlarni bosma 
ma’lumotlari) 


67 
Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar 
ko‘lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar. 
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobotlar va 
ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. 
Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi hajmi, 
narxlarning yil davomida o‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar 
zahiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita 
o‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi 
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga 
oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha 
ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy 
jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu 
manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga bo‘linadi. 
a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, 
sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha statistik sharh», «Shaharlar 
va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari» 
sharhnomasi kabilar shular jumlasidandir. «Marketing axboroti yo‘riqnomasi» oylik 
maxsus nashr bo‘lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni 
bayon etiladi. 
Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik siljishlari, 
daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol 
tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish 
mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, qo‘shni shtatlar bilan kiyosiy tahlil 
ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. 
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat 
o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega 
bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar 
tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‘yicha 


68 
(elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun axborotlarni to‘pladi va 
umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish 
byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing 
xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari. 
Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb 
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar: 
«Marketing research corporation of Amerika», «Simmons market research byuro», 
«A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‘z muammo yo‘nalishlari bo‘yicha 
amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari 
ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa 
tegishli to‘lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi. 
Masalan, « Marketing research corporation of Amerika» firmasi oilalarning 
haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati 
xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market research byuro» firmasi esa har 
yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi 
xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini 
tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi. 
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnallar, ro‘znomalar va kitoblar. Ushbu 
turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli 
tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli bo‘lishi mumkin. 
AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro‘znomalar, «Forchun», 
«Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of marketing riserch» va boshqa shu kabi 
jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop 
qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi 
risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada 
boyitadi. 
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans 
hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo‘riqnomalar va shu 


69 
kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda bo‘lgan firmalar ham ko‘p 
foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat 
ko‘rsatish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi. 
Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‘ta yuqori savdo aylanmasiga 
ega bo‘lgan mas’uliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni 
ommaviy nashr qiladilar. So‘nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, 
sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‘z 
aksini topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, 
xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‘riqnomalari, hisobotlari 
bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi. 
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli 
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro 
iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. 
Masalan, AQSHda nashr etiladigan Fortune, Forbes kabi jurnallarda Evropa 
mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar, siljishlar haqida ham 
ma’lumotlar keltiriladi. Bu esa o‘z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga 
ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Jahon 
iqtisodiyoti 
yanada 
shakllanayotgan 
va 
xalqaro 
munosabatlar 
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo 
tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu kabilar 
o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalqaro 
bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari 
mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, 
sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu 
manbalardan olinishi mumkin. 
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron ma’lumot 
banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida o‘tkaziladigan 
ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida 
uzatilayotgan, to‘planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va 
yuqoridagilardan farq qiladi.


70 
Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida 
ildam rivojlanmoqda. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha 
axborotlarni yig‘ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan 
tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni 
to‘plash bo‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga 
kiritish bo‘yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi 
bilan muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, 
ko‘plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan. 
Bizning mamlakatimizda axborot yig‘ish manbalari bir muncha o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo‘yicha 
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy 
bo‘ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O‘zgacha jihatdan esa, ommaviy 
tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari 
marketing xususida ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha faoliyatlarning hozirgi holati
ularni guruhlarga ajratishda alohida yondashishni talab qiladi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə