Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Axborotni to‘plash uslublari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

4.3. Axborotni to‘plash uslublari 
Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan 
davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini 
o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va 
undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha 
cheklangan bo‘ladi.
Chunki, bozorda ro’y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va 
ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida 
auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini 
ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi 
hisoblanadi. 
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan 
axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash 


71 
belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalarida etarli ma’lumotlar berilgan. 
3.4-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari 
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni 
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan 
majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday 
kuzatish odatda ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo 
ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli 
hududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k. 
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan uslub 
hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi va 
etarlicha ustunliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, tanlama kuzatishda echiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga 
oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror qabul qilish jarayoni 
uchun o‘ta muhimdir. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə