Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Innovatsion marketing konsepsiyasi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
2.4. Innovatsion marketing konsepsiyasi
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish 
va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir. 
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular 
jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab 
chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli 
ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. 
Bulardan kelib chiqqan holda dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion marketing 
texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi. 
Bozor sharoitida innovatsion faoliyatning tubdan farq qiluvchi tomoni, bu 
ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlariga emas, balki iste’molchilar ehtiyojlariga 
yo‘naltirilganlik hisoblanadi.
Umumiy 
holda 
ijtimoiy-yo‘naltirilgan 
bozorni, maqsadi jamiyatning 
ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchining o‘zaro munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mahsulotni sotish tizimi 
sifatida qarash mumkin. 
Innovatsion siyosat doirasida sanoat korxonalarida samarali institutsional va 
texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, sanoat kompaniyalarining tadqiqotchilik 
yo‘nalishidagi korxona va tashkilotlar bilan integratsiyalashuviga xizmat qilish, 
korporativ fan va ishlanmalarning rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘li bilan 
investitsion risklarni maksimal darajada pasaytirish vazifasi turibdi. 
Innovatsion infratuzilma rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilar 
hisoblanadi: milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga moslik; maksimal 
moslashuvchanlik, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va transparentlik. 


47 
Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli 
innovatsion infratuzilma (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik 
markazlar, texnologiyalar transferi markazlari, venchur fondlari, intellektual mulk 
birjalari, marketing markazlari, ilmiy-texnik rivojlanish markazlari) yaratish zarur. 
Texnik jihozlanishi va kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy-texnik 
mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi 
bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va 
sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi 
zarur. 
Iqtisodiy 
jihatdan 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
yangi 
mahsulotlar 
va 
texnologiyalarni ishlab chiqish bitta (yoki bir necha) firmalar miqyosiga 
jamlangandir. Innovatsiyalarga yo‘naltirilmagan korxonalarni yangi dinamik muhitga 
kirishida, tabiiyki, ma’lum bir mojarolar yuzaga keladi. Ushbu mojarolar yoki doimo 
tezkor tarzda real sharoitlarga moslashishni, yoki kelgusi o‘zgarishlarni 
prognozlashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos boshqarish mexanizmlarini 
shakllantirish va ularga muqobil bo‘lgan harakat usullarini ya’ni, innovatsiyalarni 
boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar 
va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va 
iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan, 
qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing 
konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar – strategik 
bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor 
tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik 
segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi 
hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka 
erishadi. 
Tanlab olingan bozor sektorlari 
bilan 
faol kommunikatsiyalar 
iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning 
aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning 
boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, 


48 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan 
bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi. 
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar 
soni o‘smoqda. 
Innovatsion 
faoliyat 
yo‘nalishlari 
eng 
avvalo, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning 
yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari 
bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu 
mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga 
ko‘proq e’tibor qaratish kerak. 
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular 
jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab 
chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli 
ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. 
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o‘rganish, 
innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib 
innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad 
olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi. 
Innovatsion marketing ob’ekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy 
qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni 
siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi. 
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib 
kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki 
umuman bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar 
ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib 
kelmoqda. 
Innovatsion marketing iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy 
biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga 
o‘tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi: 


49 
funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat 
qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinadi (kerak 
bo‘lib qoldi — ko‘rib qoldi — xarid qildi); 
innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so‘nggi so‘zini 
ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha 
qisqaroq bo‘ladi 
Yangi mahsulot iste’molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday 
yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Biroq yangilik 
darajasi turlicha bo‘lishi va bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona 
uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi. 
Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va 
innovatsiyalar potensial iste’molchisiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, raqobat muhiti 
va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha 
amaliy chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə