Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketingning asosiy vazifalari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

3.2. Marketingning asosiy vazifalari 
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish 
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli 
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, 
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga 
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va 
prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. 
Marketingni vazifalari quyidagi 3.1 – rasmda berilgandir. 
3.1-rasm. Marketingni vazifalari 
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: 

xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; 

narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish; 
MARKETING 
Mahsulotlarni sotish 
Mahsulotlarni 
ishlab chiqarish 

Sifat 

Xarajatlar 

Qo’yiladigan 
talablar 
Bozorga ta’sir 
o‘tkazish 
choralari 

Sotuvni 
tashkil etish 

Savdo 

Reklama 
Bozorni 
o‘rganish 

Talab 

Taklif 


53 

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini orttirish; 

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; 

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar 
olish; 

to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot 
yig‘ish; 

tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir. 
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini 
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish 
maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. 
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga 
oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro 
aloqadordir.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə