Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi


Dizayn - estetik faoliyatnig o‘ziga xos turi sifatida



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə16/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Dizayn - estetik faoliyatnig o‘ziga xos turi sifatida
Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidati qo‘yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkindir. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan to‘la ravishda foydalanilayotgani yo‘q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo‘lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liqligidir, uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir. Shu boisdan, dizaynning nazariy muammolari ko‘p qirrali bo‘lib, u turli nazariy bosqichlarda o‘zining o‘rganib chiqilishini talab etadi. Madomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va islohatlar tizimida ro‘y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o‘rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda, texnika va san’at o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi.
Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy) ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog‘liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruksiyalashning asosiy tamoyillari va metodlari bilan bog‘liq holda ko‘p muammolar nuqtaiy nazaridan turib o‘rganadi.
Siz bilan biz yashayotgan hozirgi kunlarda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko‘tsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to‘la nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga da’vo qilayotgan bir qator taniqli konsepsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog‘liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o‘zga narsa emas.
Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definilsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san’ati»: «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da’vo qiladilar.
Dizaynning maqsadi - inson bilan uni qurshab turgan mehnatga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi uyg‘unlikni vujudga keltirishdan iborat. Xo‘sh, dizayn bu maqsadni qanday qilib amalga oshiradi? Ko‘p hollarda biz dizaynning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik-texnik va badiiy faoliyat sifatida behoslanishiga o‘rganib qolganmiz. Haqiqatan ham, dizaynning mazkur sohalar bo‘yicha faoliyati nisbatini o‘rganar ekanmiz, ular o‘rtasida juda ko‘p umumiy jihatlar ko‘zga tashlanadi. Biroq uni jamiyatning u yoki bu sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar olami bilan qorishtirib yuborish yoki ikki qo‘shiluvchi umumiy so‘mi sifatida namoyish etish yaramaydi. Afsuski, bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi.
Dizaynerdan professional sifatida iste’dodning turli qirralarga ega bo‘lishi talab qilinadiki, bu iste’dod birgina rassomning iste’dodi bilan yoxud mutaxassis sifatida faqatgina loyihalash tafakkuri bilan chegaralanishni tan olmaydi, uning uchun yuksak darajada rivojlangan keng tafakkur, jismoniy o‘ziga xos xususiyatlar, materialning tabiiy go‘zalliglari nozik fahmlovchi, yuqori darajada rivojlangan didni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biluvchi sifatlar ham xos bo‘lmog‘i lozim. Dizaynerlik kasbi maqomi yuqori ixtisos, o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyati uchun mas’uliyatni his etish, sanoat mahsulotlari assortimentini optimallashtirish orqali xalq turmush darajasini oshirish natijasida shakllanadi. Dizayner kasbiga bo‘lgan tajab maxsus o‘quv adabiyotida ana shu tartibda qo‘yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, ergonomik, muhandislik ruhiyati bo‘yicha ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishi lozim.
Shunday qitib, dizayn moddiy ishlab chiqarish ustidan keyingi o‘rinda turuvchi ustqurmadir. U sanoatning hamma jabhasida ham loyihalashning alohida turi sifatida ajralib chiqmagan, Ko‘p hollarda dizayner fan-texnika jamoasi bilan birga ishlaydi. Qisqacha ifodalaganimizda, mazkur jamoaning faoliyatini, asosan, quyidagicha ifodalash mumkin:
-Ixtirochilik, ya’ni yangi ish qurollari, asboblar mashinalar va hokazo; hamisha yagona; inventarlarlilikni ixtiro etish;
-obyektlar o‘rtasidagi yoki obyektlar qismi o‘rtasidagi yangi aloqalarn o‘rnatish bilan joylashtirish; bu faoliyat o‘zining mohiyatiga ko‘ra ko‘p variantlidir,
-konstruksiyalash, ya’ni mavjud texnikani takomillashtirish uchun ma’lum dastur bo‘yicha konstruksiyalash. Konstruktorlarni bejiz texnik taraqqiyotning askarlari demaydilar. Axir domna pechlarini, seriyali tayyoralash, nabor mashinalarini va hokazolarni shular loyihalaydilar-da? Xuddi shu yerda o‘tmishda hunarmand sifatida maydonga chiqqan dizayner ichki mehnatning turlari - sanoat yoki muhandislik dizayni bilan yaqindan tanishadi.
Dizaynerning mehnat faoliyatini to‘rtta bo‘lakka bo‘lish mumkin:
1) asos qilib olingan maqsadning mavjud bo‘lishi;
2) asos qilib olingan maqsad yoxud prototipning mavjud bo‘lishi;
3) asos qilib olingan topshiriqlarni kompanovka metodi ostida bajarish;
4) asos qilib olingan obyekt ishida yangi sifatga ega bo‘lish yoxud yangi obyektlarni barpo etish.
Shuni ta’kidlash kerakki, texnika taraqqiyoti dizaynning ayrim namunalari umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming yillar davomida foydalaniladi. Dizayn tomonidan qo‘yilgan maqsad ikki xil tabiatga ega bo‘lib, u ham konkret-utilitar, ham ijtimoiy xarakterga raolikdir. Stixiyali dizaynerlik faoliyati XIX asrning oxiriga kelib o‘z oldiga tanho utilitar maqsadlari qo‘ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga ega bo‘la olgach uning predmeti komplekslariga bo‘lgan munosabati aniqlashdi, bunda u yoxud buyumlar guruhining ijtimoiy oqibatlari ham aniq ajralib chiqdi. Buyumlar o‘rtasida ishlab chiqaruvchilar bilan dizaynerlar o‘rtasida aloqa mustahkamlandi. Keyinchalik dizayn maqsadi ham progressiv, ham konservativ, ham reaksion bo‘lishi mumkinligini dizayneriar birinchi bo‘lib belgilab berdilar. Keyinchalik amaliyot ularning dunyoqarashi to‘g‘ri ekanligini isbotladi.
Hayotda dizaynga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki ishlab chiqarishda, transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an’anaviy loyihalar yaratishda uzilishi borgan sari oshib bormoqda. Shu narsa haqiqat bo‘lib qoldiki, keyingi yillarga kelib, samolyotlarning, temir yo‘l poyezdlarining va avtomobillarning tezligi oshishi natijasida mazkur transport vositalarida halokatlarning soni ko‘paydi. Nega? Chunki uchuvchi, mashinist yoki haydovchi tezlikni oshirar ekan, texnikani boshqara olmaydi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olmay, boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyani boshqara olmay qoladi. Shuningdek, yana bir haqiqat yuzaga qalqib chiqdiki, stanok yoki murakkab texnik kompleks yonida band bo‘lgan xodimning ko‘p vaqti aksar hollarda boshqaruv organlari - konstruksiyasining, axborot beruvchi priborlarning va hokazolarning yetarli darajada mukammal bo‘lmaganini yengib o‘tish uchun sarflanar ekan.
Bularning natijasi yangi tipdagi dizaynerlik ixtisosining maydonga chiqishiga olib keldi.
Mazkur ixtisosning asosiy vazifasi muhandislik yo‘li bilan ishlab chiqilgan u yoki bu texnik qurilma o‘rtasida va ana shunday qurilmani boshqarishi lozim bo‘lgan operator o‘rtasida kelishuvga erishishdan iborat bo‘ladi. Shunday qilib, dizaynerning oldiga qo‘yilgan inson - operator, inson-haydovchi (qisqasi, iste’molchi) bevosita qaddi-qomati bilan aloqaga kirishadi, uni - obyektni bevosita his etadi). Xullas, dizaynerni loyihalash bo‘yicha muhandislik konstruksiyalari bilan inson-iste’molchi o‘rtasidagi kelishtiruvchi halqa deb atash mumkin ekan.
Mashinalarning xarakteristikasi o‘zgargan chog‘da, inson omili, qat’iy qilib gapirganimizda, antropometriya, ergonomika, psixofiziologiya va hokazo bilan chegaralanadi.

Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə