F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə17/64
tarix24.02.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#84098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2)

Nizomiy Ganjaviy

Hunar va san’at shunday narsaki, u keraksiz qolmaydi, ishlat- masang ham yo‘qolib ketmaydi, kerak paytda esa senga ko‘makchi bo‘ladi. Erkak kishiga qirq hunar ham oz. Erkak bo‘la turib «men buni bilmayman» deyish uyatdir.

Favokih -al -julaso

Haqiqatdan ham,hunar mehribon do‘st, shafqatli yor va fayz yet- kazuvchi bir chopog‘on otdekki, u o‘z chavandozini tezgina rohat va e’tibor manziliga yetkazadi va shunday himoyachidirki, o‘z sohibini ta’ma olovidan qutqarib, omonda saqlaydi. [28,22- 25.]

Barxurdor ibn Mahmud

Sharqning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlari kasb to‘g‘risida shu kabi ko‘plab fikrlami aytib o‘tganlar. Mehnat bu kishini yaxshilikka olib boruvchi yoi boisa, kasb uning mehnatini yuzaga chiqaruvchi va yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratib beruvchi asosiy sa- man otdir. Kasbni egallagan inson va uni juda cho‘qqisiga chiqqan, mahoratli usta bu yaxshiliklar yoyuvchi shaxsdir. Bu insonga e’tibor berish esa, uning halol mehnatini rag‘batlantiruvchi tomon kasb egasini jamiyatdagi o‘mini ko‘rsatib beradi. Rag‘batlantirilmagan kasb egasi e’tiborsiz qolgan chiroyli gulga o‘xshaydi. Kerakli kasb­lami egallab har doim xalq xizmatida boigan insonlar albatta rag‘batlantirilishi zarur.

Kasb haqida Sharqning buyuk mutafakkirlari o‘z fikrlarini bildirganlar. Bulardan biri Abu Nasr Forobiy edi. Sharqdan chiqqan buyuk faylasuf va ikkinchi ustoz nomini olgan Forobiy o‘z qa- rashlarida kasbga tegishli fikrlami bildirgan edi. Forobiy kasbga xos fazilatlar tug‘ma boimasligini uni inson egallab borishini ko‘rsatadi. Insondan kasb - hunami o‘zlashtirish uchun zo‘r kuch va iroda talab qilinadi deb ko‘rsatadi Forobiy. Kasb - hunarga insonlar taiim va tarbiya orqali erishadilar, ulardagi xislatlar kasbni egal- lash uchun asos boiishini ko‘rsatadi. “Agar ular ish, kasb - hunarga berilgan boisalar, kasb - hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ulami bu- tunlay kasb - hunarga jalb etsa, demak, ular kasb - hunaming chi- nakam oshigi boiadilar” [12,185.] deb yozadi Forobiy.

Forobiy kasblami o‘zlashtirish haqida gapirib uni ikki yoi bi-

Ian amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Biri yaxshi gaplar bilan, agarda kasb o‘rganayotgan yaxshi gaplarga ko‘nsa va uni bajarsa. Ikkinchisi kasbni majbur qilish yo‘li bilan o‘rgatish. “Bolalar ustida turgan odamesa muallimbo‘lib, ubolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi”. [31,67.] Forobiy ijtimoiy hayotning, inson faoliyatining muhim omili sifatida kasb - hunarga, hunar san’atiga, ya’ni ijtimoiy foydali mehnatga katta e’tibor berdi. Forobiy kishilami keng ma’nodagi foydali mehnatisiz insonjamoasini, davlatni tasavvur qilib bo‘lmasligini aytadi. Forobiy kasblami klassifikatsiya qilishga ham urinadi. Forobiy fozil shaharlardagi turli kasb - hunarlar ustida to‘xtab, ulami, chunonchi: dehqonchilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, kosiblik, qumvchilik, tabib- lik, kalligrafiya, huquqshunoslik, raqs, notiqlik kabi san’atlami birma

  • bir sanab o‘tadi. [32,225.]

Kasb bu insonga tegishli bo‘lgan zaruriy jarayonligini, inson o‘z kasbi orqali hayotini qurishligini, kasbsiz inson bu jamiyat uchun juda katta ziyon keltirishini, yomon ishlardan qutilish uchun inson albatta biror bir kasbni egallashi zamrligini ko‘plab sharqning buyuk allomalari o‘z fikrlarida aytib o‘tganlar. Biz buni Alisher Navoiyda, Bobir Mirzoda, Abdulla Avloniyda va boshqa ko‘plab mutafakkir- laming asarlarida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Kasb psixologiyasini hozirda 0‘zbekistondagi rivoji



Kasb psixologiyasi fan sifatida 0‘zbekistonda mustaqillikni qo‘lga olgandan so‘ng taraqqiy etib bordi. Albatta bu fan endigina rivoj topib bormoqda. Kasb psixologiyasini fan sifatida rivojlanishi ko‘pgina masa­lalar bilan bog‘liqdir. Hozirda kasb psixologiyasi fan sifatida oliygohlar- ga o‘qitish uchun kiritilgan. Bu sohada yetarli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ham yo‘q. Lekin shunga qaramay o‘zbekistonlik psixolo- glar kasb psixologiyasi fanini rivojlantirish uchun intilmoqdalar.

Kasb psixologiyasi fanini o‘qitish uchun kitoblar yaratib kel- moqdalar. Bu psixologlar E.G‘.G‘oziyev va K.Q.Mamedovlar to­monidan yozilgan “Kasb psixologiyasi”, Karimova V.M. tomoni­dan yozilgan “Kasb psixologiyasi” va psixolog olim Anvar Jalolov tomonidan yozilgan “Kasb qanday tanlanadi” kabi kitoblardir. Bu­lar albatta institutlar mashtabida yozilgan. Lekin kasb psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar hali yetarli emas. 0‘zbekistonda bu sohalami mutaxassislarini tayyorlash uchun sharoitlar mavjud. Albatta kasb psixologini boiishi ishlab chiqarishga va kasb tanlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kasb psixologi tomonidan olib boriladigan ilmiy izlanish ishlari hozirgi vaqtda tadbirkorlikni, kasb tanlashni va yoshlarni o‘z kasblarini to‘g‘ri aniqlab olishlari uchun qulayliklar yaratadi.

Kasb psixologiyasini taraqqiyoti uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu taiim tizimini isloh qilish bilan bogiiq masalalarda, “Taiim to‘g‘risi” dagi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘z ak- sini topgandir. Hozirda bizga yaxshi kasbni egallagan kadrlar juda kerakdir. Bu yoida ko‘plab amaliy ishlar hayotga tadbiq etib boril- moqda. Bu ishlami tashkil etishning o‘ziga xos tomonlari borki, bular haqida yuqorida gapirib o‘tdik.To‘qimachilik va yengil sanoat uchun tayyorlanayotgan kadrlami sifatini koiarish va yaxshi mutaxassis boiishlari uchun kasbiy tanlovlardan o‘tishlari va o‘zlarida bunga layoqat borliklarini sinab ko‘rishlari zamr boiadi. Maiumki layoqati bor boigan kasb egasidan jamiyat va o‘zi uchun foydali amallar ba- jariladi. Insonning maium bir kasblar uchun kerak boigan layoqati uni o‘z o‘mini topishga imkoniyatlar ham yaratadi. Shuning uchun ham yurtboshimiz taiim tizimini isloh qilish orqali yangi bir o‘zanga ko‘tarilishni, jamiyatimizda taraqqiyotni vujudga keltirishda yosh- laming o‘mi boshqacha ekanligiga o‘z diqqatlarini qaratgan edilar. Kasb psixologiyasi o‘zi sevgan va undan o‘z hayotini qura oladigan mutaxassislami tarbiyalab boradi. Uni rivojlantirish va yoshlarga

kasb tanlashlarida yordam berish hozirdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

0‘zbekistonda kasb psixologiyasini rivojlantirish bu yoshlami o‘z kasblarini to‘g‘ri tanlashlarini yengillashtirish demakdir. Har bir sohani o‘rganuvchi va shu sohaga kerakli bo‘lgan iqtidorli kasb egalarini tanlab olish va shu yo‘lda amaliy ishlami hayotga tadbiq qilib borish hozirda juda zamr boigan sohadir. Bu yo‘lda 0‘zbekiston uchun kasb sohasiga ixtisoslashtirilgan psixologlar zamr bo‘ladi.

Takrorlash uchun savollar



  1. Kasb psixologiyasi fanining paydo bo‘lish sabablari va asos- lari.

  2. Kasb psixologiyasini taraqqiyot tarixi.Teyloming ishlab chiqarishda ilmiy boshqaruv konsepsiyasi va bu konsepsiyaning kasb psixologiyasidagi o‘mi.

  3. Kasbiy psixologiyada psixotexnikani asoschisi bo‘lgan ne- mis psixologi G.Myunsterberg dasturi.

  4. Rus psixologlari tomonidan kasb psixologiyasiga tegishli il­miy - tadqiqot ishlari.

  5. Sharq mutafakkirlari asarlarida kasb va kasbga yo‘naltirish masalalari. Buyuk ajdodlarimiz kasb - hunar ottirish va uning foy- dalari to‘g‘risida.

  6. Muqaddas “Avesto”, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy asarlarida kasb va uni egallash to‘g‘risidagi fikrlar.

  7. Kasb psixologiyasini hozirda 0‘zbekistondagi rivoji. Kasb psixologiyasini M.G.Davletshin, E.G‘ G‘oziyev, A. Jalolov va boshqa psixologlar tomonidan rivojlantirilishi.

II Bob. Kasb psixologiyasi, ta’lim va o‘qituvchi - tarbiyalanuvchi munosabatlari 2.1. Kasb psixologiyasida o‘qituvchi shaxsi va ta’lim psixologiyasi Kasb psixologiyasi va o‘qituvchi shaxsi

Jamiyat taraqqiyotida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ulami o‘zlari qiziqqan kasbga boigan intilishlarini shakllantirish muhim va dol­zarb vazifalardan hisoblanadi. Bu yoida jamiyat, davlat bor kuchini berib yoshlarni foydali inson qilib shakllantirishga o‘z e’tiborini beradi. Chunki yoshlarni kasb egallashlari va jamiyat taraqqiyoti o‘zaro bogiiq jarayondir. Kasb va uni egallash o‘ziga xos boigan murakkab jarayondir. Yoshlar bu jarayonni boshlaridan oikazar ekanlar o‘zlari uchun qaysi kasb qiziqarli va kerakli deb belgilab olishlari oson kechmaydi. Endigina bolalik davridan kattalar davri- ga o‘sib oiayotgan farzandlar berilgan tarbiyalariga qarab har xil boiadilar. Ulardagi mavjud boigan ruhiy jarayonlar, berilgan tarbiya va bilimlar kasb tanlashda muhim hisoblanishi zarur. Ammo unday ham emas. Chunki ulami o‘rab turgan ko‘plab katta yoshli insonlar o‘z ta’sirlari bilan xilma xil maslahatlari bilan kasb tanlashlarida ikkilan- ishlami vujudga keltiradilar.

Kasb psixologiyasi o‘z oldida turgan muhim kasb bilan bogiiq masalalarni o‘rganishda va uni hal etishda o‘qituvchi shaxsiga suy- anadi. Shuning uchun ham kasb psixologiyasida o‘qituvchini yoshlar­ni kasb tanlashlaridagi o‘mi har doim uning diqqat markazida turadi. Kasb psixologiyasi o‘z masalalarini o‘rganishda o‘qituvchi psixologi­yasi, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida boiadigan o‘zaro munosabat masalasi, o‘qitish va kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahatlar berish, ulami sinchiklab o‘rganish orqali kasbni tanlashdagi psixologik ja­rayonlar kabi ko‘plab masalalami keng va chuqur o‘rganib boradi. Bunday masalalarda kasb psixologiyasiga o‘zini beg‘araz yordamini berayotgan o‘qituvchini o‘zi kim va uni qanday baholash mumkin? Degan ko‘plab savollar tug‘iladi.O‘qituvchini kimligi va uni jami­yatda o‘taydigan vazifasi haqida ko‘plab tushunchalar mavjud. Shu- lardan biri bu V.Dalning “Толковый cлoвap”idagi o‘qituvchiga berilgan ta’rifi hisoblanadi. Unda o‘qituvchi - bu tarbiyalovchi, o‘qituvchi (dars bemvchi), ya’ni uning amaldagi ikki asosiy vazifasi ko‘rsatib beriladi. Bunda o‘qituvchi o'quvchilarga ijtimoiy malakani o‘zlashtirishlariga va uni tadbiq etishlariga rahbarlik qilishi, shu- ningdek insoniyat yig‘ib borgan bilimlami yetkazib berishi ko‘rsatib berilgan. Bu vazifalar insoniyat tarixining butun davrlarda asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

0‘qituvchilik kasbi bu qadimiy kasblardan biridir. Uning ij­timoiy ahamiyati insoniyat jamiyatida hech ham kamaymaydi. 0‘qituvchilik kasbi bu o‘tkinchi kasb emas. Insoniyat jamiyati o‘zi asrlar davomida ottirgan bilimlarini, malakalarini avloddan - av- lodga yetkazib bermaganda, u hech qachon rivojlanmas edi. Demak, o‘qituvchilik kasbi - bu obyektiv reallik bo‘lib, jamiyat uchun zaru- riy hodisa hisoblanadi va uning qadri hech ham so‘nmaydi. Shu bi­lan aytish kerakki hozirda kompyuterlashtirish, distantsion o‘qitish, elektron ma’mzalar, baholashning boshqa ko‘rinishlari o‘qituvchi faoliyatini o‘ziga xos tarzda yanada kengroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xohlaymizmi yo‘qmi har qanday ta’lim va tarbiya o‘qituvchisiz, uning jonli, emotsional nutqisiz zerikarli bo‘lar edi. Albatta talaba o‘zi ustida ishlashi, berilgan bilimlami o‘zlashtirib borishi zarur. Lekin o‘qituvchisiz u mustaqil ishni bajarishi ham ox- iriga yetmaydi. 0‘quvchi o‘z o‘qituvchisiz, uning emotsional, jonli tushuntrishisiz real voqealami tushuna olmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchini faoliyatini boshqa hodisalar bilan almashtirib bo'lmaydi.

0‘qituvchi, pedagog - insoniyat tomonidan asrlar davomida ot- tirilgan bilimlami, madaniy - tarixiy malakalami avloddan - avlodga yetkazib beradi va bu amaliy malakalami rivojlantirib ham bora­di. 0‘qituvchi - bu о‘sib borayotgan avlod va jamiyat o‘rtasidagi vositachidir.U jamiyatni ishongan insoni, shaxsidir. Hozirgi vaqtda yuksak kasbga ega boigan, ya’ni o‘z fanini yaxshi bilgan, shuning­dek chuqur metodologik va pedagogik - psixologik tayyorgarlikka ega boigan, zukko, ijodkor, asli ziyoli va tashabbuskor o‘qituvchilar zamonamizga zarurdir.

0‘zvaqtida Yan Amos Komenskiy (1592 - 16'70y) o‘qituvchiga yuksak baho berib, uni “Quyosh ostidagi eng yuksak, unga teng kela oladigan narsa yo‘q’iigini ko‘rsatib oigan edi. Yan Amos Komenskiy aholini o‘qituvchiga hurmat bilan qarash kerakligini bir tomonlama talab qilgan boisa, ikkinchi tomonlama o'qituvchini ham jamiyat oldi- dagi vazifalami anglash, o‘z holatini hissiy tarzda bilib turishi kerak­ligini uqtirdi. Asrlar osha Yan Amos Komenskiy insoniyat jamiyatiga o‘qituvchini qadrlash va ezozlash kerakligini ta’kidlab ketdi.

0‘qituvchi shaxsi haqida gapirganda uning kasbiy yoiialganligi muhim omillardan hisoblanib o‘quvchilami kasbga yo‘naltirishda pedagogning pedagogik faoliyati, shu faoliyat bilan band boiish qobiliyati, shuningdek bu faoliyatga emotsional munosabatida (bo- lalami va kasbni sevishida, undan qoniqishida va boshq.) ko‘rinadi. Bolalarga o‘z diqqatini qaratgan o‘qituvchi har doim o‘quvchilami o‘zicha qaytarilmasligini va ulardagi individual qobiliyatlami ri­vojlantirish harakatida boiadi.

0‘qituvchini kasbga yo‘naltirishda shaxs sifatida ko‘zga tashla- nadigan tomonlardan biri bu uning o‘z “Men” ligini anglaganlikda ham ko‘rinadi. 0‘qituvchini kasbiy o‘z - o‘zini anglaganligi (Men

  • konsepsiyasi) uning o‘qituvchilik faoliyatida belgilanadi. Shuni

ta’kidlash kerakki Men - konsepsiyasini shakllanishi ko‘p hollarda o‘z - o‘zidan (stixiyali) tarzda shakllanib boradi. Yetarli bo‘lmagan metodik ta’minlanmaganligiga qaramay va pedagogik - psixologik yo‘nalishlarsiz o‘qituvchi o‘zining ichki subyektiv tomonlaridan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatidan qoniqishi yoki qoniqmasligi mumkin bo‘ladi, o‘zining kuchiga ishonish yoki ishonmaslik asosida o‘z xatti - harakatlari tufayli o‘qituvchida bir butun Men konsep- siyasi shakllanib boradi. Bu unda o‘ziga ishonish yoki ishonmaslik, o‘zidagi qobiliyatlilik yoki qobiliyatsizlik kabilami har xil muammo- viy sharoitlarda sinash, shu sharoitlardan chiqib keta olishliklar asosida “Men konsepsiyasi” shakllanib boradi.

0‘qituvchi kasbga yo‘naltirar ekan o‘z pedagogik faoliyatining subyekti sifatida va o‘quvchilar bilan ishlovchi shaxs sifatida quyidagi psixologik talablarga javob berishi zarur:

  • Bolalarga nisbatan mehrli bo‘lish;

  • Pedagogik faoliyatni sevish;

  • Yetarli bilimlarga ega bo‘lish;

  • Keng emditsiyaga ega bo‘lish;

  • Pedagogik intuitsiyaga ega bo‘lish;

  • Yuksak tafakkurga ega bo‘lish;

  • Yuksak darajadagi ahloqqa va madaniyatga ega bo‘lish;

  • Bolalami tarbiyalashda va o‘qitishda har xil ta’sirchan metod- larga ega bo‘lish;

Qo‘shimcha talab sifatida quyidagilami ham ko‘rsatish mum­kin: muloqotga kirishuvchanlik, artistlik mahorati, xushchaqchaqlik, yaxshi did va boshqa shu tomonlarga ega bo‘lish muhim hisoblanadi.

Jamiyatda yuz berayotgan yangi hodisalar va jarayonlar o‘qituvchi shaxsiga yangi talablar qo‘yib boradi. Bular quyidagi- larda ko‘rinadi:

  • Jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy talablarini to‘g‘ri baholash;

  • Jamiyatni uzluksiz taraqqiyoti uchun inson qanday sifatlarga ega boiishi zarurligini belgilab olishi;

  • Jamiyat uchun zarur boigan insonni qanday shakllanishi va rivojlanishi uchun zamonaviy pedagog qanday boiishini bilishi zarur.

Pedagog faoliyatini uchta tizimini ( komponentini) ajratiladi:

  • Konstruktiv;

  • Tashkiliy;

  • Kommunikativ;

0‘qituvchi faoliyatida darslami konstruktivlash katta o‘rin egal- laydi. Chunki o‘qituvchi darsni konstruktivlab, darsdan tashqari ish- lami olib borib, maktab dasturiga to‘g‘ri keladigan materiallami, darsliklami, har xil metodik qoilanmalami tanlab oladi. 0‘qitish jarayonini faollashtirish, mustahkamlash ham konstruktiv faoliyatga kiradi.

Tashkiliy komponent, konstruktiv komponent bilan uzviy bogiiq holda bir butun pedagoglik faoliyati tizimini tashkil etadi. Dars davomida yuz beradigan jarayonlar o‘qituvchini tashkilotchiligi, uddaburonligi kabilar bilan bogiiqdir.

Kommunikativ komponent - bu o‘zicha o‘quvchilar bilan, ulami ota - onalari bilan, adminstratsiya bilan va boshqa o‘qituvchilar bilan munosabatlami tashkil etishni va uni qoilab turishai o‘zida aks etdiradi.

Bundan tashqari o‘qituvchilik shaxsi uning amaldagi vazifalari bilan ham bogiiq boiib uni ko‘plab olimlar sharhlab oiganlar. Deylik A.I. Sherbakov o'qituvchilik faoliyatini psixologik vazifala- rini quyidagilarda ko‘rsatib o‘tadi. Bular axborat berish vazifasi - bu materiallami yaxshi egallaganlik va uni yetkazib bera olishlikda ko‘rinadi. Keyingi vazifasi bu rivojlantiruvchanlik vazifasi boiib - bu maktab o‘quvchisini bir butun holda shaxs sifatida taraqqiyotini boshqarish. Yana biri bu yo‘naltirilganlik vazifasi - bu shaxsning yo‘nalishlari, motivlari va g‘oyalari bilan bog‘liq. Uning yana bir vazifasi bu jalb qilishlilik vazifasi bo‘lib - bu o‘quvchilami aqliy faoliyatini faollashtirish, ulami mustaqilligini taraqqiy ettirish. Oxirgi vazifasi sifatida ijodkorlik vazifasini qo‘yadi va ijodkor- lik - bu pedagogik jarayonlardagi ijodiy izlanish, eksperimentlami o‘tkazishni bilish, malakalami umumlashtirish va o‘zini har doim o‘stirib borish.

0‘qituvchini haykaltoroshga o‘xshatishadi. 0‘qituvchi xuddi sim- fonik orkestmi dirijoridek hamma diqqatni o‘quvchini ta’lim va tarbiyasiga yo‘naltiradi va hamma jarayonlarni birlashtirib boradi. Bu albatta bir g‘oya, lekin hayotda bu juda murakkab va qiyin ma- saladir. Agarda o‘quvchi ta’lim va tarbiyasiga diqqatni qaratsak uni quyidagi holatini ko‘ramiz. 3-chizma:[18, 78. ]


0‘ q i t u v ch i





Kino, teatr, biblioteka, transport



Kasb psixologiyasi о‘qituvchi shaxsiga eng zaruriy va keraklija- rayon sifatida qaraydi. Birgina o‘qituvchi bolani tarbiyalab, uni hayotga yo‘naltirish bilan cheklanmasdan uni kasb tanlashiga ham yordam berib boradi. Bu faoliyatda o‘qituvchi juda ko‘p rollami va vazifalami bajarib boradi. Buni biz quyidagi sxemadan ham ko‘rishimiz mumkin.


Pedagogik kengashlami faol qatnashchisi

Shahami, maktabni faol jamoatchisi

Ta’lim va tarbiya jarayonida darsning muallifi va ijodkori




Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə