F. R. Abduraxmonov


Kasb isixologiyasining o‘rganish usullari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə15/64
tarix24.02.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#84098
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2)

Kasb

isixologiyasining o‘rganish usullari

Izlanishning

vazifasi

Izlanishga xos usullar guruhi

Izlanishning aniq usullari

Shaxsni kasb egallashini ko‘rsatish

Genetik usullar

Longityud usullar,

biografik usul,

kauzametriya, psixobiografiya, anamenez usul

Kasb

xarakteristikasi

Praksimetrik usullar

Vazifalami tahlil qilish, hujjatlami o‘rganish, mehnat usullari, kuzatuv so‘rov




Kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan belgilami o‘lchash

Psixometrik usullar

Maxsus qobiliyatlar testi, yutuqlar testi, qiziqishlami o‘rganish so‘rovnomasi, ta’lim diagnostikasi

Shaxsni kasbni egallashini tushuntirib berish

Eksperimental

usullar

Tabiiy, laboratoriya, modellashtiruvchi, shakllantirish eksperimenti

Izlanish usullarini ishlab chiqish

Matematik ishlab chiqarish usullari

Dipressiv, korreksion, omilli tahlil

Uchinchi - kasbiy ahamiyatga ega boigan ko‘rsatkichlami, shaxsning va faoliyatning belgilarini oichash. Bu izlanish vazifalari- ni yechishda maxsus qobiliyatlar testi, taiim, o‘rgatish va yutuqlarga asoslangan testlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari kasbiy qiziq- ishga, qadriyatlarga asoslanish va kasbiy ustanovkalarga tegishli soiovnomalardan foydalaniladi. Bu uslubni psixometrik deb ataladi.

To‘rtinchi- bu kasbni egallashdagi mexanizmlar, Qonuniyatlar va xususiyatlami tushuntirib beradi. Bu vazifalami eksperimentlar aso­sida yechiladi, ya’ni laboratoriya, modellashtirish va tabiiy eksperi­mentlar asosida.

Beshinchi - bu usul izlanishni sonlarda o‘tkazilishiga asoslanadi.

Ularga matematik ishlovlar tegishli boiib, ular dispersion, kor- relyatsion, omilliy tahlil va boshqalar hisoblanadi.

Psixologiyada inson bilan bogiiq psixik hayot jarayonlari bu juda xilma - xil va murakkab hodisalardan iborat jarayonlardir. Insonni o‘z hayotini ta’minlash bilan bogiiq jarayonlardan biri bu uni kasb tanlash va o‘z kasbini ustasi boiib borishi hisoblanadi. Bunda insonni kasbga yo‘naltirish, kasb bo‘yicha maslahat berish, kasbni egallash- lari uchun kerak bo‘ladigan psixologik jarayonlarni o‘rganuvchi kasb psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumpsixologik metod- lardan keng foydalanib boradi. Buni u o‘z izlanish predmetini o‘rganishdan boshlaydi.

Kasb psixologiyasi fanining predmetini o‘rganish o‘ziga xos hol­da boshqa psixologik fanlardan farqlanib turadi. Kasb psixologiyasi shaxsni kasb tanlayotganidagi holatlarini, qiziqishlarini manfaatla- rini va eng asosan uni ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan jaray- onlardagi psixologik holatlami o‘rganib boradi.

Kasb psixologiyasi umumpsixologik metodlardan biri bo‘lgan kuzatish metodidan keng va unumli foydalanishga intiladi. Insonda psixik hodisalar hayotda qanday bo‘lsa, ya’ni tabiiy sharoitda, odam- laming turli tuman faoliyatida qanday ko‘rinishda sodir bo‘lsa, xuddi shu ko‘rinishda kuzatish metodi yordamida o‘rganiladi. Hozirda kuza­tish metodiga o‘ziga xos holda yondoshishlar paydo bo‘ldiki, ular har bir predmetning izlanishidan kelib chiqib ta’riflanadigan bo‘lib qoldi. Mazkur metod psixologiya fanining barcha yo‘nalishlari uchun umu- miy ko‘rinishiga egadir. Kasb psixologiya fani ham o‘z izlanishlarida bu metoddan foydalanadi. Kasb tanlayotgan yoshni kuzatish orqali qanday kasb uning uchun qiziqarli ekanligini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Kasb psixologiyasi kuzatish metodidan foydalanar ekan uni tashqi va ichki kuzatish ko‘rinishlaridan foydalanadi. Kasb tanlashda eng avvalo insonni kasbga qiziqishini ko‘rsatuvchi omillami tashqaridan kuzatiladi. Bunda inson o‘z qiziqishlariga bo‘lgan munosabatini har xil suhbatlarda, kasb to‘g‘risidagi so‘rovlarda, uni bilish bilan bogiiq nazariy va amaliy bilimlami bilishga intilganida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yoshlar o‘zi sevgan va qiziqqan kasbi haqida ko'plab ga- pirishni uning o‘ziga xos tomonlarini ilg‘ab olishga intilishlarida ham ko‘rish mumkin. Yoshlardagi biror bir kasbga bo‘lgan havas, intilish, bilimlami egallashga boigan iroda, ulaming maqsadlari va manfaatlari bilan bogiiq boiadi. Yoshlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, yaxshi yashash va imkoniyatlarini vujudga keltirishlari uchun o‘zlaridagi havaslarini va qiziqishlarini o‘zlari sevgan kasbga qarata- dilar. Bular esa ulami tashqi kuzatishlari va obyektiv baholari bilan bogiiq boiadi.

Kasb psixologiyasida bundan tashqari ichki kuzatish ham mav­jud. Bunda kuzatuvchi kuzatiladigan obyekt bilan uzviy aloqada boiadi, uning ichki dunyosiga kirib boradi, uning o‘y-hayollariga sherik boiadi, bir so‘z bilan aytganda uning yaqin sirdoshi si­fatida kuzatadi. Kuzatuvchi bu jarayonda bolani havaslari, orzu- lari, maqsadlari nima uchun paydo boiganini, bunga uni qanday hodisalar yoki sharoitlar turtki boiganini bilib turadi. Insonga ta’sir etayotgan sharoitlar uni qanday dir kasbga qiziqishiga olib keladi. Inson o‘z oldiga maqsadlar qo‘yish bilan bu maqsadlarni amalga oshirish uchun intiladi.

Kasb psixologiyasida ichki kuzatuv sifatida kasb tanlovchining o‘z - o‘zini kuzatilishini ham ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha inson o‘zligini anglagan holda kasbga e’tibor beradi. Bu uning o‘zini ustida ishlashi, atrofdagilami unga bergan turtkisi boiishi ham mumkin. Kasb tanlovchi bu yo‘nalishda o‘z - o‘zini kuzatish orqali qanday kasb unga yoqishini va nima uchunligini bilib boradi. Albatta bu usul- dan hamma emas balki o‘zini anglaganlar ko‘proq foydalanadilar. Ko‘rinib turibdiki, kasb psixologiyasi kuzatish metodidan har tomon- lama keng foydalanar ekan.

Umuman olganda kuzatish metodini har xil tomondan tasniflash mumkin. Deylik, prof E.G‘.G‘oziev kuzatish metodini uzoq davrlar davomida murakkablashib, kengayib, obyektivlik darajasi oshib bor- ganini tasdiqlaydi. “Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo boidi, xolisonalik (obyek- tivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, oichovlar yaratildi” - deb ko‘rsatadi .[29,17.] Prof.E.G‘.G‘oziyev kuzatish metodini yoritib berish maqsadida, uning yoritilmay qolgan jihatla- rini, tarkiblarini yanada kengroq yoritib berishga urinadi. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:



  • Voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muay- yan qismlarga, yo‘nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha “kvanti- fikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);

  • Kuzatishning koiami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini an­iqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;

  • Kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qi- yofa, ko‘rinishning o‘ziga xosligini qayd qilish ( ulami yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha - lotincha “fiksatsiyalash”);

  • Kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalami matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.

Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad quyidagi­lardan iborat;

  • Kuzatiluvchi vaziyat, holat va obektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • Kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalashni yaratish, yig‘ilgan natijalami chizma aso­sida aks ettirish.

Kuzatishning obyekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:

  • Kuzatishning obyekti - inson, guruh, jamoa shaxslararo muno- sabatlar, emotsional - hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shasning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilami o‘rganishdan iboratdir;

  • Kuzatish predmeti - insonning xilma xil holati, jarayoni, ha- rakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksterio- rizatsiyalashdan tashkil topgandir;

  • Amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari; ma’nosi, mazmu- ni, mohiyati, yo‘nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammati- kasi, fonetikasi, lingvistikasi qurilishi va boshqalar;

  • Noverbal nutq ifodasi; mimika, pantomimika va vokal mimi- kasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);

  • Vegitativ reaksiyalaming ko‘rinishi: rangning qizarishi, oqari- shi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

Kuzatishning bosqichma - bosqichligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:

  • Kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalaming tahlili, talqini va g‘oyalami ilgari surish.

Kuzatishni ifodalash usullari: tajribalarda to ‘plangan ma’ lumotlami alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qayd- nomalar yuzaga keltirish.

Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabi- iy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.[29,17.]



Kasb psixologiyasida ishlatiladigan metodlardan yana biri bu so‘rash metodi hisoblanadi. Bu metod ikkiga bo‘linadi, biri anketa va ikkinchisi intervyu yoki suhbat metodi deb ataladi. So‘rash metodida kasb tanlovchi bilan ikki xil tarzda kasb haqida, uning qiziqishlari haqida surishtiruv faoliyati olib boriladi. Suhbat orqali kasb tan- lovchining qiziqishlari, manfaatlari, psixologik xususiyatlari, kasbga xos bo‘lgan layoqatlari kabilar o‘rganilib boriladi. Yoshlar bilan suh- batlashish uchun ulaming o‘ziga xos dunyosini bilish zamr bo‘ladi. Suhbat o‘tkazishning o‘ziga xos boigan talablari mavjuddir. Deylik, suhbat tergovga o‘xshab ketmasligi zarur. Suhbat do‘stona va ochiq ko‘ngildan boiishi muhimdir. Suhbat metodida kasb tanlovchining du- nyoqarashi, e’tiqodi, odamlarga va jarayonlarga boigan munosabati, kasblarga va ular o‘rtasida uning o‘zini qiziqtirayotgan kasbga boigan munosabatlari o‘rganiladi. Kasb tanlovchining bir butun munosabati o‘rganilib keyingina uning kasbi haqida so‘zlashiladi.Chunki kasb tan- lashda odamda maium bir o‘zgarmas g‘oyalar boigandagina biror bir kasbni to‘g‘ri va barqaror ravishda tanlashi mumkin

Bundan tashqari kasb tanlashda so‘rov metodining anketa ko‘rinishi ham mavjuddir. Bunda kasb tanlovchini oldindan tu- zilgan savollar orqali ketma - ketlikda so‘rovga tortiladi. Anketa metodi kasb tanlovchini kasb tanlashi bilan bogiiq savollar oldiga o‘zini yakka qoldirib bu savollarga boshqalami aralashishini chek- laydi. Bu esa kasb tanlovchini o‘zi qiziqqan kasbiga boigan intilish sababini to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Anketa savollariga qo‘yiladigan talablami ko‘plab kitoblardan ko‘rish mumkin. [14,208 -211.] An­keta oikazishni turli xil ko‘rinishlari mavjud. Anketa metodi boshqa sohalarda ham ko‘p qoilaniladi. Insonni kasb tanlashi bilan bogiiq masalalarda anketa metodi ko‘proq insonni o‘ziga bu savol- ga yakka o‘zi javob berishini talab qiladi. Yoshlaming ko‘pchiligi qaysi kasbni egallashi kerakligini aniq bila olmaydi. Bunday hollar- da anketa metodida qo‘yilgan savollar uni qiziqishini ko‘rsatib bera oladi. Kasb tanlayotgan inson anketa savollariga javob berar ekan u qo‘yilgan savollarga mustaqil, o‘z malakalaridan kelib chiqib javob beradi. Bu esa uni qaysi kasbga qizishini aniq bilib olishga imkon beradi, bu anketa usulining yutug‘i boisa uning kamchiligi kasb tanlovchini noaniq boigan savollarga javob ini berishdagi qi- yinchiliklarda ko‘zga tashlanadi.

Kasb tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim metodlardan biri bu test usuli hisoblanadi. Kasb psixologiyasida bu metodni tadbiq etilishi kasb tanlovchilami testlar orqali sinash imkoniyatini yaratdi. Kasbga xos masalalar bilan shug‘ullanishga bo‘lgan imkoniyatlar yanada kengayib, uning imkoniyatlari boyib bormoqda.

Testlami kasb tanlashda ommaviy ishlatilishi G‘arb mamlakat- larida keng yoyildi, ayniqsa AQShda, Rossiyada bu testlardan foy- dalanish chegaralangan edi. Psixotexnik ishlami yoyilishi, sanoatga ishchilami yetishmasligi, bu sohaga e’tibor berishni talab qildi. Shu­ning uchun undan ayrim masalalami izlash uchun va tor yo‘nalishdagi mutaxassislami tanlash maqsadida ishlatildi.

Testinglizchaso‘zdanolinganbo‘lib - o‘zbekchaga o‘girilganda “sinov”, “tekshirish” kabilami anglatadi. Test terminini fanga F.Galton tomonidan kiritildi. Test - deb, standartlashtirilgan va ma’lum vaqtda chegaralangan, qisqa muddatda o‘tkaziladigan psixofiziologik tek- shimvlami nomlangan. Bunda shaxsdagi individual - psixologik farqlami tekshirish va taqqoslash uchun foydalanganlar. Testdan in­songa xos barcha faoliyatlarda foydalanilgan. Shuningdek testlardan insonlami kasb tanlashlarida ham foydalanish mumkin.

Test, ya’ni sinash bilan bog‘liq tarixda ko‘plab misollami ko‘rsatish mumkin. Qadimgi davrlarda odamlami individual farqla- nishini bilgan holda testlar o‘tkazilgan. Qadimgi Xitoyda eramizdan 2200-yil avval mansabdor shaxslami tanlab olishga e’tibor berilgan. Tanlanayotgan qobiliyatini sinash maqsadida ularga sinashdan tortib to o‘zini tutishgacha bo‘lgan sinovlar o'tkazganlar.

Test metodini intellektual “aqliy testlar” sifatida Dj. Kettell to­monidan birinchi marta izlanish metodi sifatida ishlatilgan. Bu metodni fransuz vrachi va psixologi A.Bine yangi bosqichga olib chiqib intellektual test savollarini tuzib chiqdi. Kasb tanlashda in­songa xos jarayonlarni testlar orqali bilib olish mumkin boTadi.

Kasblar talab qiladigan jarayonlar mavjudki insondagi psixologik xususiyatlar ularga javob berishi kerak boiadi. Deylik, yengil sano- at uchun tayyorlanayotgan kadrlar qanday psixologik xususiyat- larga ega boiishlari kerak. Yengil sanoatda paxtani qayta ishlash bilan bogiiq kasblar va tayyor xom-ashiyodan aholi uchun kerak boigan kiyim - kechaklarni tayyorlab beruvchi kasblar mavjud. Bu- larga e’tibor bersak har biri uchun psixologik xususiyatlami yetarli darajada rivojlangan boiishini talab qilishini ko‘rishimiz mumkin boiadi. Shuning uchun insondagi sezgirlik, diqqatni barcha xususi­yatlari, irodalilik, tafakkur va barcha boshqa psixologik jarayonlar juda zarur boiadi. Testlar orqali esa bulami sinab olish va kasb tanlovchini shu kasbga loyiqligini ko‘rsatish mumkin boiadi. Har xil test savollari bilan sinalish orqali yoshlarda qaysi kasbga ularda layoqat borligini ko‘rish mumkin va ulami shu kasb bo‘yicha tay­yorlash maqsadga muvofiq boiadi.

Kasb psixologiyasida foydalaniladigan metodlardan yana biri bu biografiya (tarjimai hoi) metodi hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ulami biografiyasi bilan tanishish ham o‘ziga yarasha maiumotlar beradi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ularning hayot- larida sodir boiuvchi psixik jarayonlami o‘zida aks ettirgan hayot faoliyatlari, ijodlari to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma maiumotlar, tarjimaiy holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega boiadi.

Kasb tanlashda tarjimai hoi metodi insondagi psixikani suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganilib boimaydigan holatlarini ochib berishga yordam beradi. Mazkur metod orqali kasb tanlovchi- dagi ijodiy hayol bilan bogiiq jarayonlarni: she’riyatga, musiqaga, nafosatga, tasviriy san’atga, texnik ijodiyotning nozik turlariga, shuningdek ulaming ma’naviy boylik darajasiga, ahloqiy bilimlari va shu kabilarga e’tibor beriladi.

Yoshlarda kasb tanlashga ta’sir etuvchi qator tomonlar bordir. Bu­lar ulaming sulolasi, ota-onasi, aka-ukalari, qavmu-qarindoshlari, atrofidagi namuna bo‘ladigan insonlar, avlodlar bilan bog‘liq jara­yonlar, atoqli shaxslar bilan bog‘liq voqealar, allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va shu kabilami ko‘rsatish mumkin. Kasb tanlashda bu kabi omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Kasb tan- lovchilardagi havas, orzu va bularga erishish kabi tomonlar ulami shu kasbni tanlashlariga har doim intilib turishga majburlaydi. Ma- salan, avlodarida kimdir yaxshi vrach bo‘Isa kasb tanlovchi xuddi shu insonga o‘xshab vrach bo‘lishga va aynan shu inson kabi yax­shi nom chiqarishga harakat qiladi. Bu undagi havas bo‘lib doimo shu kasbni tanlashga undab turadi. Xuddi shunday jumalist, olim, modeler, yaxshi tikuvchi va sh.k.

Kasb tanlashda faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish metodi ham yaxshi natijalar beradi. Kasb tanlovchi ilg‘or ishchilami, yax­shi kasb egalarini yaratgan mahsulotlaridan ruhlangan holda ham o‘zlari uchun kasb tanlay oladilar. Insonning kuch va qobiliyati u yaratgan narsalarda gavdalanadi.Inson faoliyatining samaradorli- gini tekshirganimizda shu barpo etilgan faoliyat natijalarini yara- tishda insonlar qanday qilib fikrlaganligini, his qilganlarini, nimaga intilganlarini, ulaming irodasini qanchalik kuchli bo‘lganini, tafak- kur qilish, yaratishga xos bo‘lgan fikr o‘ylarini ko‘ramiz. Masalan, kiyimlami yaratayotgan tikuvchilami amaliy ishlarini o‘rganadigan bo‘lsak, ulardagi nozik estetik didni, go‘zallikka intilish bilan bog'liq harakatlami, ulami yaratishga qaratilgan tafakkumi, hayoliy fikrlami va shu kabilami ko‘rishimiz mumkin. Kasb tanlashda bu metodning о‘mi va roli katta ekanligini biz his qilishimiz mumkin. Bunda bolalar yaratayotgan rasmlarga, plastilin orqali ifodalagan obrazlarga, har xil yasash mumkin bo‘lgan konstruktorlik o‘yinlarga e’tibor bersak ulami o‘y va fikrlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Kasb psixologiyasi ilmiy tadqiqotlarida metodlar masalasiga yangicha yondoshish muammolari. Kasb psixologiyasida model- lashtirish, kompyuterlashtirish va ulardan foydalanish



Kasb psixologiyasi yoshlarni o‘zlari sevgan kasblarini tanlab olishlari uchun ko‘plab izlanishlar olib boradi. Kasb psixologiyasi psixologik fanlar ichidagi amaliy fanlar qatoriga kiradi. Yoshlar bi­lan ishlash va kasb tanlovchi insonlar bilan ishlash davomida kasb psixologiyasi ko‘plab muammolarga duch keladi. Shunday masa- lalardan biri bu kasb psixologiyasining ilmiy izlanish bilan bogiiq boigan masalasi hisoblanadi. Kasb psixologiyasi o‘z izlanishlarini umumpsixologik metodlar asosida olib borsada, lekin o‘ziga xos boigan tomonlar bilan ajralib turadi. Bular haqida yuqorida o‘z fik- rimizni aytib o‘tgan edik.

Hozirgi davrda fan va texnikani о‘sib borishi, insonlar hayotiga ko‘plab yangiliklami kirib kelishi, ishlab chiqarishni oldinga qarab ketishi, jamiyatda ko‘plab yangi sohalami ochilishi va shu kabilar kasb psixologiya fanini ham o‘zgarib borishiga va yangi qirralarini ochilishiga olib keldi. Kasb sohasidagi yangi ish o‘rinlarini paydo boiishi, bular bo‘yicha yangi kadrlami tayyorlash masalasi o‘ziga xos holda ish joylarini kompyuterlashtirish bilan, bu ish joylarini modellashtirish va shu modellar asosida kadrlami tarbiyalash kabi ko‘plab masalalarni o‘rtaga qo‘ymoqda. Hozirda kasb psixologiya­si uchun zarur boigan kompyuterlashtirish va undan kelib chiqqan holda modellashtirish kabi metodlar hayotga kirib kelmoqda. Inson hayotida kompyuteming o‘mi va ahamiyati oshib bormoqda. Yoshlar kompyuter orqali dunyoning hamma yerlari bilan aloqaga chiqmoq- dalar. Lekin uning salbiy tomonlari ham yo‘q emas.

Yoshlaming kompyuterga qiziqishlari ulami yangi va yangi kas­blar bilan tanishtirib bormoqda. Shu bilan birga kompyuter orqali kasb psixologiyasi yoshlarga xos bo‘lgan psixologik holatlami mold- ellashtirish va ulami ma’lum bir kasbni bajara olishlari kabi savol- larga ham javob berishga intilmoqdalar. Hozirda hayotga ko‘plab yangiliklami kirib kelishi yoshlardagi mehnatga bo‘lgan munosabat- lami o‘zgartirib yubormoqda. Bular asosida yoshlami kasbga bo‘lgan munosabatlari ham o‘zgacha tus olmoqda. Bunga hayotdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Kompyuterda testlar orqali o‘zini sinash- larga, kasblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatlar yaratil- moqda. Modellashtirish bu degani eng avvalo ish joylarida bajari- ladigan ish harakatlarini trenajerlarda oldin sinab ko‘rishni oldinga surmoqda. Bular esa kasb psixologiyasiga yangi metodlami kirib kelishiga olib keladi.

Takrorlash uchun savollar



  1. Kasb psixologiyasi faniga metodologik asos - bu shaxsning kasbiy layoqat.

  2. Kasb psixologiyasi uchun metodologik asos bu 0‘zbekiston Respublikasining “T’alim to‘g‘risidagi” va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek davlat hujjatlari.

  3. Kasb psixologiyasi fani uchun psixologik fanlar metodlaridan foydalanish.

  4. Kasb psixologiyasida kuzatish, anketa, test,biografiya, faoliyat mahsulotlarini tahlil metodi.

  5. Kasb psixologiyasida kuzatish, anketa, test,biografiya, faoliyat mahsulotlarini tahlil metodi.

  6. Kasb psixologiyasi ilmiy tadqiqotlarida metodlar masalasiga yangicha yondoshish muammolari.

  7. Kasb psixologiyasida modellashtirish, kompyuterlashtirish va ulardan foydalanish.

  1. Kasb psixologiyasi va uning psixologik fanlar bilan aloqasi

Kasb psixologiyasi fanining taraqqiyoti

Kasb psixologiyasi fani ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan shakl- lanib borgan. XX asming boshlarida ilmiy - texnik jarayonlar tezla- shishi yangi kasblami paydo boiishiga olib kelgan. Bu kasblami ken- gayib borishi, uning o‘ziga xos tomonlarini paydo boiishi insonlar va mashinalar o‘rtasidagi munosabatlami o‘rgnishga e’tibomi oshirda. Buning natijasida inson va uning kasbi o‘rtasida sodir boiadigan ruhiy munosabatlar odamlami e’tiborini tortdi. Dunyoda yangi bir kasb paydo boidi, bu kasblami o‘rganuvchi kasb psixologiyasi edi. Bu awalo AQShda keyinchalik Yevropada va oigan asming 90 - yillarida Rossiyada shakllandi. Bular haqida Rossiyalik psixolog Zeer E.F. “Психология профессий” kitobida ko‘rsatib o‘tadi. U kasb psixologiyasini paydo boiishini uchta asosini ko‘rsatib o‘tadi. Bular siyosiy, iqtisodiy va ilmiy tadqiqotga asoslangan tomonlar ekanligini asoslab beradi.

Kasb psixologiyasi fan sifatida 0‘zbekistonda ham rivojlanib bormoqda. Uning rivojlanishiga e’tibor bersak sobiq ittifoqdagi sha­roitlar bu fanni taraqqiyotiga e’tibor bermaganligini ko‘rish mumkin boiadi. Buni biz quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.

  1. Sobiq ittifoq totalitar tuzimida insonni individual xususiyatlari inkor etilgan. Asosan ijtimoiy zakazni bajarish uchun kerak boigan kadrlar tayyorlangan. Bu davrda jamiyatimiz manfaatlari nazarga olinmagan. Mahalliy kadrlar masalasi asosan markaz manfaatlari bi­lan bogiiq boigan. Kasb psixologiyasiga e’tibor ham berilmagan.

  2. Iqtisod ham asosan markaz manfaatlari bilan bogiiq holda olib borilgan. Shuning uchun bu kasb psixologiyasiga e’tibor berilmagan.

  3. Ilmiy - tadqiqot ishlari ham nomiga olib borilgan.

Kasb psixologiyasi fanini taraqqiyoti va shakllanishi musta­qil 0‘zbekiston bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fanni rivojlanishi uchun 0‘zbekistonda mustaqillikni birinchi kunlaridanoq e’tibor berildi. Bu awalom bor kadrlar masalasi bilan bog‘liq holda yuz berdi. 0‘zbekistonda yaratilayotgan kadrlami raqobatbardosh qilib tayyor­lash masalasi siyosiy darajada e’tibor berildi. Bu sohada olib borila- yotgan amaliy ishlar juda ko‘p bo‘lib, shulardan biri bu ta’lim tizimi­ni isloh qilish bilan bog‘liqdir. Bu sohadagi amaliy ishlar davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy ishlarda o‘z aksini topgan. Kasb psixologiyasini taraqqiyoti quyidagilar bilan bog‘liq.

  1. Kasb psixologiyasini rivojlantirish bu jamiyatdagi olib bo­rilayotgan dolzarb masalalar bilan bog‘liq. Bu o‘z aksini “ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda va kadrlar tayyorlashning milliy dasturida o‘z aksini topgan. Ta’lim tizimini isloh qilish, jahon standartlariga to‘g‘ri keladigan kadrlar tayyorlash, ulaming bilim darajalari ham kuchli va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash zamrligidan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasiga e’tibor berilmoqda.

  2. Bozor munosabatlariga o‘tish va jamiyatimiz uchun zarur boigan ko‘pgina kasblami tayyorlash, ulami sifatini, o‘z kasbiga bo‘lgan munosabatlarini mustahkamlash, bilimli va zukko bo‘lishlari uchun ko‘pgina malakalami egallashlariga yordamlashish kabi masa­lalar bilan bog‘liq. Bu sohada jamiyat o‘z iqtisodini ko‘tarish maqsa­dida ko‘plab yaxshi kadrlami tayyorlab kelmoqda. Bular ham kasb psixologiyasini shakllanib borishiga yordamlashadi.

  3. Yoshlami o‘zlari tanlagan kasblarini yaxshi egallashlari uchun ulami orasida ilmiy - tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Bu ta- labalar bilimlarini sinashda, ularni olayotgan bilimlarini egallay olishlarida, yaratilayotgan sharoitlardan sifatli foydalana olish- larida ko‘zga tashlanadi.


Kasb psixologiyasini fan sifatida shakllanishi falsafa, pedagogi- ka, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlar bilan uzviy tarzda olib bo- rilmoqda. Hozirda kasb psixologiyasi barcha oliygohlarda kiritilib tayyorlanayotgan kadrlami bu soha bilan tanishtirilmoqda. Kasb psixologiyasi o‘z oldiga qo‘ygan masalalarni psixologiya fanlari- ning boshqa tarmoqlari bilan uzviy tarzda amalga oshirib kelmoqda. Kasb psixologiyasi jamiyat uchun zarur bo‘Igan kadrlami tarbi- yalashda, ulami jamiyatga zarur bo‘Igan kadrlar sifatida yaratishda, yoshlarni o‘zlari tanlagan kasblarga layoqatliliklarini tarbiyalash- da, kasbga xos bo‘Igan psixologik xususiyatlami shakllantirish kabi ko‘plab masalalarni amalga oshirib bormoqda. Bunda kasb psixologiyasi kasbiy maslahatlar, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasb egallashdagi imkoniyatlami o‘rganib borib, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami amalga oshirmoqda.

Kasb psixologiyasi fani psixologiya fanlari tizimida




Yosh davrlar psixologiyasi

mehnat

psixologiyasi

psixologiya

injenerlik

psixologiyasi



ijtimoiy psixologiya

Yuqorida berilgan chizmada psixologiya fanini boshqa psixologik fanlar bilan aloqasi ko‘rsatib berilgandir. Psixologik fanlar tizimida kasb psixologiyasi barcha fanlar yutuqlaridan foydalanadi va o‘z ol­diga qo‘ygan masalalami bal qilib boradi. Psixologiya fanining o‘ziga xos tomonlariga taalluqli mutaxassislar o‘z predmeti masalalarini hal etib borib kasb psixologiyasiga tegishli bo‘lgan jarayonlarga ham tegib o‘tadi. Kasb psixologiya fani inson - kasb o‘rtasidagi munosabatlami o‘rganuvchi fan ekan u barcha psixologik fanlar bilan aloqada va ulami yutuqlaridan foydalanib boradi.
Kasb psixologiya fani bu o‘zining predmetini va o‘rganish obyek­tini tahlil qilish uchun maium bir usullardan foydalanadi. Kasb psix­ologiyasi bu masalalarni boshqa psixologik fanlar bilan bogiangan holda amalga oshiriladi. Har qanday kasb bu jamiyatni ehtiyojini qondirishga qaratilgan jarayon hisoblanganligi uchun unda inson va uning psixologik tomonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Kasb psixologi­yasi psixologiya sohalarining deyarli barchasi bilan uzviy bogiiqdir. Kasb psixologiyasi о‘z о‘rganish sohasiga ko‘ra insonni kasbga kirishi- dan tortib uni ishdan ketguncha boigan jarayonlami o‘rganib boradi. Kasbga yo‘naltirish, kasb tanlashiga yordam berish, kasbni egallashi bilan bogiiq jarayonlarda ishtirok etish, o‘z ishini ustasi boiib ye- tishishiga va ijodiy yondoshishiga sharoitlar yaratishda ishtirok etish, qarilik bilan bogiiq jarayonlarda, ya’ni ishdan ketishiga tayyorlash

kabi ko‘plab masalalami amalga oshirish davomida kasb psixologi­yasi psixologiya fanlarining boshqa sohalariga suyanadi. Kasb psi­xologiyasi nafaqat insonni kasbga nisbatan munosabatini balki, kasb­ni ham insonga nisbatan qo‘yadigan talablarini o‘rganib boradi. In­son mehnat faoliyati davomida o‘zi tanlagan kasbining ma’lum bir talablariga ham javob berib borishi lozim. Kasbni insonga talabi bu obyektiv talablar hisoblanadi. Lekin bu talablar insonni ta’siri ostida shakllanadi. Quyida kasb psixologiyasini psixologik fanlar bilan bog‘liqligi chizmasi ko‘rsatilgan. 2-chizma. [18, 56. ]


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə