Fakultet: Tarix fakulteti Magistratura talabasi: Nasrilloyev Karimjon



Yüklə 19,92 Kb.
səhifə1/4
tarix15.04.2023
ölçüsü19,92 Kb.
#105754
  1   2   3   4
Arslon


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fakultet: Tarix fakulteti Magistratura talabasi: Nasrilloyev Karimjon
Kafedra: Jahon tarixi Ilmiy rahbar: t.f.f.d.(PhD), dots. A.T. Zamonov

O’quv yili: 2021-2023 Mutaxassisligi: 5А120302 – Tarix (yoʻnalishlar va mamlakatlar) ixtisosligi boʻyicha




MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Bobur singari buyuk ajdodimiz tarixini mukammal oʻrganish, shuningdek, yurtimizda harbiy bilim yurtlarida oʻtkaziladigan jangovor tayyorgarlik mashgʻulotlariga Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk yurt oʻgʻlonlari jasoratlari bilan birgalikda, buyuk shoh va sarkarda Boburning ham harbiy mahorati va jang qilish taktikalari haqida mavzular kiritish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Bobur va uning harbiy mahoratini yanada chuqurroq oʻrganish, yoshlar onggida vatanparvarlik gʻoyalarini yanada kuchli shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Zero, tarix buyuk oʻqituvchi, tarbiyachi va oʻzlikni anglashda yordam beruvchi ma’naviy qudrat ekanligini unutmaslik lozim. Yurtimiz tarixida Boburning siyosiy tarixi bilan birgalikda, harbiy jang san’ati, qurol-yarogʻlari va harbiy sohada yaratilgan va amalga oshirilgan har qanday ishlarni oʻrganish bugungi yosh tadqiqotchilar oldida turgan asaosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ajdodlarimizning harbiy qurollar yasash texnologiyalarini bilishga intilishlari, mamlakat harbiy qudratini oshirish uchun amalga oshirgan islohotlari, mamlakat mudofaa qobiliyatini oʻstirish borasidagi harakatlarining samarasidir. Biz tadqiq etayotgan mavzuning dolzarbligi va ahamiyati ham aynan shundadir.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu tadqiqotning maqsadi buyuk shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy mahorati va jang san’atini tadqiq etish va ochib berishdir. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar dolzarb hisoblanadi:

  • “Boburnoma” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini tahlil qilish va ochib berish;

  • Asardagi harbiy sohaga oid boʻlgan terminlar va ularning izohlarini yoritish;

  • Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan qoʻllanilgan harbiy taktika va strategiyalarni oʻrganish;

  • Bobur qoʻshinidagi harbiy ta’minot, qurol-aslaha va qoʻshin tuzilishini yoritib berish;

  • Bobur va Shayboniylar oʻrtasidagi ziddiyatlar va boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarning sabab va oqibatlarini tahlil etish;

  • Boburning Hindiston ustiga yurishi, Panipat va Sikri singari mashhur janglardagi Boburning sarkardalik mahoratini ochib berishdan iborat.


Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə