Falsafa 1- jn mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 1- reja


XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiyfikrlar



Yüklə 49,22 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü49,22 Kb.
#162868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
faisafa 1 seminar refarat

4.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiyfikrlar
XX–XXI asr o‘zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni
qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda
intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina
o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar, degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri.
Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati «jamiyatni ma’rifat orqali
lash» g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni
chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini
qo‘shganlar. Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta
Sovet Ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada,
O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas

3-MAVZU SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKIRLARINING IJODIDA ODAM VA OLAM
MUAMMOLARI.
REJA:
1. Qadimgi Yunon falsafasining jahon falsafasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi (Milet maktabi, Suqrot, Aflotun, Arastu).

Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida vujudga kelgan. Jonya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — Anaksimandr,Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar. Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bolgan. U hamma davrlarda yashab otgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi. Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan song Arastu oz ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadi. Lekin Suqrotning ozi, chinakam donishmandlik ozining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir, deb uqtirgandi. U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda tugilgan. Uning bolaligi va ota-onasi togrisida ma'lumot juda kam. U ozidan keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va goyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar bilan uygunlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan. Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, oz sozlarini tinglashga rozi bolgan har qanday odam bilan gaplashib otkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada ozining qat'iy fikriga ega bolganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yol-yolakay savollar berib, ularni gaplashishga majbur qilar, song esa ular bu qadar ishonch bilan fikr yuritayotgan masalada johil ekanliklarini korsatib berardi. Shu bois savollar berish orqali bahs olib borish uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy hayotiy qoidasi «Oz-ozingni anglab yet» qoidasi bolgan.





Yüklə 49,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə