Falsafa 1- jn mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 1- reja


O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari (apologetika va patristika, sxolastika. Nominalizm va realizm. Foma Akvinskiy ta’limoti)



Yüklə 49,22 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü49,22 Kb.
#162868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
faisafa 1 seminar refarat

2. O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari (apologetika va patristika, sxolastika. Nominalizm va realizm. Foma Akvinskiy ta’limoti).
G‘arbiy Yevropa falsafasida ikki oqim – nominalizm, realizm orasida kurash davom etdi. Realizm – sxolastika, diniy qarashdir. Nominalizm – o‘z davrining progressiv qarashi edi. Ular orasidagi kurash umumiy tushuncha – universallar masalasi uchun kurash edi. Realizm vakili Duns Sko fikricha, tushuncha real mavjud mohiyatga ega, u birlamchi, narsalar ikkilamchi, tushuncha mangu, narsalar vaqtincha. O‘rta asr realizmi idealizmning ifodasi katolitsizm, sxo-lastikaning falsafiy asosi edi. Foma Akvinskiy Aristotel falsafasi orqali xristianaqidalar tizimini nazariy asoslashga urindi. Aristo-telning materialistik, progressiv qarashlarini olib tashladi. F.Akvinskiy shakl bordir, shakl birlamchi, jon o‘lmas, tana esa halok bo‘ladi. 1. Tabiatdan tashqari aql bor. 2. Tabiiy kishini aqli bor. Bu xristianlik falsafasining asosidir, deb fikr yuritdi. Feodalizm davrida falsafa o‘zining yangicha bosqichiga ko‘tarildi. Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik dini ideologiyasini ishlab chiqdi. Ya’ni uning ideologiyasida falsafa va dinning maqsadi xudoning mavjudligini isbotlashdir. Undan tashqari jamiyatdagi tengsizlikni ham xudodan, deb biladi. O‘rta asrda diniy ideologiya asosiy hukmron bo‘ldi. Lekin materialistik va ateistik qarasharni tamomila tugata olmadi. O‘rta asrda materializm bilan idealizm o‘rtasidagi qarama-qarshilik realizm bilan nominalizm o‘rtasidagi qarashda ifodalanadi. Nominalistlar fikricha, yakka yakka narsalar, ularning xususiyatlari obyektiv mavjud. Ular birinchi, tushuncha ikkilamchi. Tabiat bo‘lmaganda ularda tushuncha ham bo‘lmasdi. Nominalistlar va realistlar tushunchalarni umumlashtirishning haqiqiy mohiyatini, ya’ni narsa va hodisalardagi mavjud hodisalar bizning ongimizda aks etganligini tushuntirdilar, ammo ayrim va umumiy hodisalar orasidagi bog‘lanishni birga emas, qarama-qarshi qilib qo‘ydilar.
3. G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari.

XV asr охiri va XVI asr bоshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feоdalizm emirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munоsabatlari shakllana bоshladi. Yangi geоgrafik yo‘llarning оchilishi ishlab chiqarishni yanada rivоjlantirdi. Bu esa mashina teхnikasini rivоjlantirishga оlib keldi. Ma’naviy hayotda bu davr tabiatni o‘rganishning kuchayishi, cherkоv, din ta’siriga qarshi kurashning avj оlishi, falsafa va bоshqa gumanitar fanlarining ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni оdatda Renessans - Uyg‘оnish davri deb ataydilar. Uyg‘оnish davridan bоshlab fan g‘оyat tez sur’atlar bilan rivоjlana bоshladi Tabiatni ilоhiyatdan хоli qilish ana shu vaqtdan bоshlandi. Yer va osmon jiim mexanikasi, shu bilan birga unga хizmat matematik usullarni kashf etish va takоmillashtirish sоhasida buyuk ishlar qilindi. Bu davrda N, Kоpernik, J. Brunо, I. Kepler, G. Galiley singari mutafakkirlar maydоnga keladi.Pоlyak astrоnоmi Kоpernik (1473-1543 yy.) оlamning geliоtsentrik sistemasini yaratdi. Bu nazariya matematik dunyoqarashi umumiy rivоjining tabiiy ilmiy zamini bo‘ladi.

Yüklə 49,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə