|
Фалсафа 2021 №2. p65
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 20214458-Текст статьи-8933-1-10-2022042481
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
Bedil Hindistonda on bir podshoh hukmronlik qilgan davrlardagi ijtimoiy-
siyosiy voqealarga guvoh bolib, 1721 yilda 77 yoshida Dehli shahrida vafot etdi.
Mirzo Abdulqodir Bedil umrining oxirigacha muttasil ijod qilib, koplab lirik
sherlar, qasidalar, ijtimoiy-falsafiy, manaviy axloqiy va talimiy ruhdagi
asarlar yaratdi. Faylasuf-shoirning ijodiy faoliyati 1665-1670 yillardan boshlanib
60 yil davom etdi.
Mirzo Bedil hind, eron, arab kabi koplab Osiyo halqlarining ilmiy merosini
chuqur ozlashtirgan etuk olimdir. Bulardan tashqari, Mirzo Bedil Sadiy, Attor,
Rumiy, Jomiy, Xofiz, Navoiylarning asarlarini ham chuqur organgan hamda
ular idealiga hamnafas ekanligini har qadamda namoyon eta olgan shaxsdir.
Bedil 120 ming misradan ortiq chuqur falsafiy mazmundagi sherlar va 20
bosma tabaqqa yaqin nasriy asarlar yozib qoldirgan. Uning Kulliyoti Irfon,
Chor unsur, Ishorat va hikoyat kabi 16 ta mustaqil asarni oz ichiga oladi.
Bundan tashqari, u Muhiti azam, Turi marifat, Tilsimi hayrat,
Devon, Ruboiyyot, Nukot, Ruqaot kabi nasriy asarlar yaratgan.
Bedilning oziga xos uslubi bor. Uning asarlarida ota nozik tashbehot va ayniqsa
kinoya va istioralar uchraydi. Bedil oz fikrlarini ochiq-oydin aytmaydi. U oz
asarlarida kitobxon fahmu-farosatiga koproq tayanadi va uning aqlu zakovatiga
komil ishonch bilan qarar ekan, kop hollarda etiborli ijtimoiy masalalarni
ifoda etmoq uchun hayotdagi malum voqealarni kozdan yashirish bilan
qanoatlanadi. Buni kitobxonning oziga havola qiladi:
Har bir ramz sen bilan menda, ey inson,
Nozik faxmlarga bu sirlar ayon.
Yoqub dimogidek nigoh paydo qil,
Koylagi isida Yusuf namoyon. [Mirzo Abdulqodir Bedil, 1974: b. 96].
Demak, YUsuf va Zulayho afsonasidagi Yoqub Yusufning koylagi hidida oz
oglini kora olgani kabi, nozikfahm kitobxon ham kichik bir ishoradan ulkan
bir falsafiy fikrni anglab ola bilishi kerak.
Darhaqiqat, Bedil goyalarini ifodalagan asarlar mazmunini tushunish oson
kechmaydi. Ana shu sohalarning barini ozlashtirgan odamgina Bedil aytganlaridan
xabardor bolishi mumkin.
Bu esa Bedil asarlari yuziga parda tortadi, uning haqiqiy manosini barcha
ham darhol korib, payqab ololmaydi. Shuning uchun ham Bedil asarlarini
oqib, uni kitobxonlarga tushuntirib beruvchi Bedilxonlar maydonga keldilar
[Muminov I., 1957: c. 39].
1880 yilda Toshkentning Beshyogoch dahasidagi Chorsu mahallasida bogbon
oilasida tugilgan shoir, tarjimon va noshir Sayyid Haybatulloh xoja Xislat
tomonidan 1914-1915 yillarda yozilgan Tuhfai Xislat bayozida
1
bedilxonlik
1 Bayoz-shoirlarning duch kelgan asarlari jamlanmay, balki chuqur mulohaza bilan tartib berilib, turli
dunyoqarashdagi, turli badiiy tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilarning talablari hisobga olingan she'rlar to'plami.
|
|
|