Фалсафа 2021 №2. p65


Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021



Yüklə 319,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix11.05.2023
ölçüsü319,92 Kb.
#109643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4458-Текст статьи-8933-1-10-20220424

82
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Unda ta’kidlanishicha, bedilxonlik suhbatlarida
qatnashgan Hofizxon o‘g‘li Azizxon shunday hikoya qiladi: “Ziyolilar orasida
bedilxonlik eng oliy suhbatlardan hisoblanardi. Agar boshqa bir shahar yoki
o‘zga yurtlardan biror mashhur bedilxon kelganligini eshitib qolinsa, bilimdonlar
o‘sha odam qatnashgan suhbatda bo‘lishga intilar edilar. Esimda, 20-yillari
Qozondan Muso Jorulloh ismlik olim kelib, bedilxonlik majlislarida g‘olib chiqa
boshladi. Chorsuda Muxtorxon ismli mashhur bedilxon yashar edi. Uni Muso
Jorulloh qatnashgan bir suhbatga taklif qilgan ekanlar. Suhbatda Bedilning bir
baytidan Muxtorxon o‘n ikki ma’no topibdi. Shunda qozonlik mehmon unga
tan berib, bu aytilgan ma’nolarning yarmi unga yangi ekanligini, ammo bulardan
tashqari yana etti ma’no ham bor ekanligini bayon qilgan. Demak, ular ikkalasi
bir baytdan o‘n to‘qqiz ma’no topishgan ekan” [Sayyid Haybatulloh xo‘ja,
1992: b. 4].
Bundan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda Bedil ijodiga, falsafasiga qiziqish
nihoyatda kuchli bo‘lgan. Jadidchilikning ayrim G‘arbdagi tadqiqotchilari,
jumladan, Elen Karrere D’Enkous, A.Beningson, Xisao Ko‘matsularning
qaydlariga ko‘ra, Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishida dastlab Bedil
falsafasining, so‘ngra Ahmad Donish asarlarining muayyan o‘rni bor
[D’Encausse Helene Carrere, 1988: Rp. 88, 207]. Buni isboti o‘laroq shuni
ta’kidlashimiz mumkinki, ma’rifatparvar shoir va olim Fitrat yoshligidanoq
Bedil ruboiylarini o‘qib, undan ta’sirlangan va o‘z ijodida Bedilni ustoz, deb
bilgan. Fitratning ijtimoiy-siyosiy va badiiy qarashlarining shakllanishida Mirzo
Abdulqodir Bedilning hayoti va ilmiy merosi, falsafiy qarashlari o‘ziga xos bir
maktab bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasining muhim xususiyati undagi axloqiy
tushunchalarning o‘ziga xos talqinidir. Bedil o‘z ijodi davomida asosiy e’tiborni
axloq masalalariga qaratadi. Buning sababi esa, XVIII asrda Hindistondagi ijtimoiy-
siyosiy holat, adolatsizlik, insoniy qadriyatlarning oyoq-osti qilinishi, milliy va
diniy nizolar, uning oqibatida bu o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy
inqirozidir. Bularning barchasi faylasuf-shoirni befarq qoldirmagan.
Jamiyat taraqqiyoti, mamlakatning barqarorligi, inson hayotining qadr-
qimmati bevosita shu jamiyat kishilarining axloqiy qadriyatlarni qanchalik darajada
e’zozlashi, axloqiy tushunchalarga rioya qilinishi va qolaversa, axloqiy tamoyillar
bilan uyg‘unlashgan ilm-ma’rifatning ravnaqi bilan uzviy bog‘liqligini Mirzo
Bedil juda yaxshi anglagan. Shuning uchun ham mamlakatni ozod, insonlarni
baxtiyor, podshohlarni adolatli ko‘rish faylasufning orzuiga aylangan. Mirzo
Bedil axloqiy qarashlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, unda axloqiy
tushuncha va tamoyillarning mohiyati bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan holda
yoritib berilgan. Masalan, yaxshilik-yomonlik bilan, muloyimlik – qattiqlik bilan,
sabr-qanoat – nafs, hirs kabi illatlarga qarshi qo‘yilgan holda ularning afzalliklari,



Yüklə 319,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə