Falsafa asoslari


Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonligi davridagi ijtimoiy ta­


səhifə19/221
tarix30.12.2023
ölçüsü
#165022
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221
Falsafa asoslari

Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonligi davridagi ijtimoiy ta­
fakkur. 
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy 
Osiyoda uch davlat — Qo'qon va Xiva xonligi hamda Buxoro 
amirliklari paydo boldi. Ular davrida ham ilm-fan, adabiyot va 
san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yashadilar.
Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Ogahiy va Munis 
kabi shoirlar ijod qildilar: Ogahiy — Muhammadrizo Erniyozbek 
o‘g‘li 1809-yilda Qiyot qishlog‘ida tug‘ilib, 1874-yilda vafot etgan. 
Shoirning muhim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», 
«Jome’ ul voqeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shoxidi iqbol», 
«Bayozi mutafarriqai forsiy», «Firdavs ulTiqbol» va boshqalardir. 
Bulardan tashqari, Ogahiy, Sa’diy Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, 
Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, falsafiy, axloqiy-didaktik 
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
58


Ogahiy o‘zining «Qasidai nasihat» nomli asari va boshqa- 
larda davlatni boshqarish yollarini ko'rsatadi, Xiva xoni Feruz- 
ga mamlakatni odilona boshqarishning yol-yo‘riqlarmi aytadi. 
Ogahiy o‘zining ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g'oyalarini 
ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bi­
lan shug'ullanishga, ma’rifatparvarlikka da’vat etdi. Uning tarixiy 
risolalari haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Mutafakkir Xiva xon- 
ligining 1813—1873-yillar tarixini yozib qoldirgan. Hozirgi vaqtda, 
tariximizni xolisona yaratishga intilish kuchaygan bir sharoitda
Ogahiy asarlarining ahamiyati oshib bormoqda.
Qo‘qon xonligi hududida yashab ijod etgan o‘sha davr 
ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Nodira 
(1792-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod Barno (1800-1906), 
Muqimiy (1850-1903), Furqat (1859-1909), Zavqiy (1853-1921), 
Anbar Otin (1870-1914) ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrda 
yashadilar. Ular falsafiy fikr rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.
0 ‘sha davr falsafiy tafakkuri nuqtayi nazaridan otasi Uvaysiy- 
ning jiyani bo‘lgan Anbar Otinning «Qarolar falsafasi» («Riso- 
lai falsafai siyohon») risolasi muhim ahamiyatga molik asardir. 
Asar kichik muqaddima va to‘rt fasldan iborat bolib, unda shoi- 
raning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, o‘zi yashagan davr va uning 
muammolari haqidagi flkr-mulohazalari aks etgan. Muallif riso- 
lada zamona adolatsizligi va mehnatchi xalqning o g lr ahvoli- 
dan noliydi, mustamlakachilik zalolatlarini ko‘rsatadi, mavjud 
muammolarni hal qilish yollarini qidiradi, ma’rifatni uluglaydi, 
falsafiy tafakkurni yuksaltirish haqidagi xulosalarini bayon qiladi.
Risoladagi xulosa va mulohazalar o‘sha davr ma’rifatparvarlari 
dunyoqarashini, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz О ‘tar kabi al~ 
lomalar peshqadam bolgan hurflkrli o‘zbek ziyolilarining falsafiy 
tafakkuri, undagi ustuvor g‘oya va qarashlarni ham o'ziga xos 
tarzda ifodalaydi. Ana shunday hassos flkrlar bilan nihoyalangan 
bu asarning har bir faslida shoiraning she’rlari va g'azallari beril­
gan, ular asar mazmuniga mos holda joylashtirilgan. Risola An­
bar Otin qolyozmalari tarkibida 0 ‘zbekistor FA SharqshunosHk 
instituti fondida saqlanadi (inv №1647). U shoiraning 1970-yil- 
da G ‘.G‘ulom nashriyotida «She’rlar. Risola» nomi bilan chop
59


etilgan to‘plamiga kiritilgan. Asarda um lining oxirgi yillaridagi 
«qaro»liklar zahmatini boshidan kechirayotgan shoiraning davr 
va uning zalolatlari haqidagi flkrlari nihoyalangan, bu boradagi 
g‘oya va qarashlariga xulosalar qilingan. Afsuski, asar falsafiy 
nuqtayi nazardan nihoyatda kam o‘rganilgan, holbuki unda shu 
sohadagi tadqiqotlar uchun obyekt boladigan qiziqarli mavzular 
borligi shubhasiz.
0 ‘sha davrda Turkistonda ko‘plab ma’rifatchilar yetishib chiq- 
di. Ma’rifatparvarlik mafkurasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan 
biri Buxora amirligida katta mavqega ega bolgan alloma Ah­
mad Donish (1827—1897) bolib, u falsafa, falakiyot, riyoziyot, 
adabiyot, tarix sohasida asarlar yozgan. U mamlakatni odilona 
boshqarish uchun islohot zarurligini uqtiradi. Davlat, olimning 
nuqtayi nazaricha, xalqning manfaatini himoya qilishi, hukmdor 
esa, bilimdon, aqlli bolib o‘z atrofidagilar bilan kengashib dav- 
latni idora qilishi lozim. Bunday fikrlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar 
olimning «Navodirul-vaqoe» va boshqa risolalarida o‘z ifodasini 
topgan. Olimning asarlari o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.
XIX 
asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qoraqalpoq shoiri 
va mutafakkiri Berdaq (1827—1900) «Omongeldi», «Xalq uchun», 
«Ahmoq podsho», «Yaxshiroq», «Bolgan emas», «Ernazarbiy» 
kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda mutafakkir qoraqal­
poq xalqining turmush tarzini, o‘sha zamondagi hayotini mohi- 
rona tasvirlaydi. Berdaq asarlarida axloq va xulq-odob, nafosat va 
go‘zallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, qahramonlik va 
mardlik, mustaqillik, haqiqat uchun kurash kabi milliy va umum­
insoniy qadriyatlar keng o‘rin olgan. Uning ijtimoiy-falsafiy va 
axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafkurani 
shakllantirishda muhim tarbiyaviy kuchga ega.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə