Falsafa “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qaerda paydo bo`lgan? Yunonistonda



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə1/10
tarix22.03.2024
ölçüsü34,74 Kb.
#181823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar


Falsafa “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qaerda paydo bo`lgan? Yunonistonda
  1. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti haqidagi muammolarni o`rganuvchi ilm – bu... Falsafa


  2. “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qaerda paydo bo`lgan? Yunonistonda


  3. “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qachon yuzaga kelgan? Miloddan avvalgi VI-V asrlarda


  4. “Filosofiya” atamasini fan taraqqiyotida ilk qo`llagan allomani ko`rsating. Pifagor


  5. “Filosofiya” atamasi kimning asarlari orqali Evropa ilm-faniga kirib keldi? Aflotun (Platon)


  6. “Filosofiya” so`zini Abu Nasr Farobiy qanday talqin etgan? - Hikmatni qadrlash


  7. Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan mazmun qanday ma’noda ishlatilgan? Olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarashlar va hikmatlar ma'nosida


  8. Dunyoqarashning qanday tarixiy turlari bor? 3 ta: mifologik, diniy, falsafiy


  9. Mifologik dunyoqarash nima? Mif (yun. mifhos – afsona, rivoyat) – turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi dunyoqarash.


  10. Diniy dunyoqarash nima? Diniy dunyoqarash –gʻayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga sigʻinishdan iborat bo'lgan dunyoqarash.


  11. Falsafiy dunyoqarash nima? Falsafiy dunyoqarash dunyoni e’tiqod va tuygʻularga tayanib emas, balki aql va bilimga tayanib tushuntiradi. Insonning olamga, voqea va hodisalarga, oʻzgalarga va ularning faoliyatiga, umr mazmuniga munosabati, anglashi, tushunishidir.


  12. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy tuzilishi. Muayyan bilimlar, kelajakka qaratiligan g'oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e'tiqod, fikr, hissiyot, aql


  13. Aloqadorlik va munosabatlarni nazariy ong darajasida ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Ilmiylik


  14. Uzluksiz rivojlanishni ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Tarixiylik


  15. Izchillik, tizimlilik va tartiblilikni ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Mantiqiylik


  16. Inson manfaatlarini ifodalovchi falsafiy dunyoqarash tamoyili bu... Maqsadlilik


  17. Falsafiy dunyoqarashning funksiyalarini belgilang 7 ta: dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, tarbiyaviy, integrativ, madaniy va aksiologik {nazorat qilish, birlashtirish, tarbiyaviy, baholash, boshqarish}


  18. Insonning qarama–qarshi mezonlarga tayanib borliqqa munosabati falsafiy dunyoqarashning qaysi vazifasi orqali bajariladi? Baholash


  19. Inson faoliyatini me’yor, qadriyat, xuquqiy xujjat, siyosiy mexanizmlar orqali idora qilish falsafiy dunyoqarashning qaysi vazifasi orqali bajariladi?


  20. Dunyoqarashning jamoatchilik fikri sifatida namoyon qiluvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Nazorat qilish


  21. Milliy va umuminsoniy g`oyalar atrofida uyg`unlashtiruvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Birlashtirish


  22. Murosa va qobiliyatni shakllantiruvchi falsafiy dunyoqarashning vazifasi bu... Tarbiyaviy


  23. Falsafiy dunyoqarashning tamoyillarini belgilang? 7 ta: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g'oyaviylik, nazariya va amaliyotning birligi


  24. Falsafa faninining antropologik xususiyati bu... Umuminsoniy va universallik




  1. Falsafa faninining gnoseologik xususiyati bu... Tanqidiy yondashuv va vorislik


  2. Falsafiy fikrlar rivojlanishining davriy tizimini ketma-ketlikda belgilang.antik davr, o’rta asrlar davri, uyg’onish davri, yangi davr, xozirgi zamon davri, istiqlol davri { 1.Qadimgi falsafa Milloddan avvalgi VI asrdan milodiy VI asrgacha 2. Oʻrta asrlar falsafasi Miloddan avvalgi II asrdan – milodiy XIV asrgacha 3. Uygʻonish davri falsafasi XV–XVI asrlar 4.Yangi davr falsafasi XVII–XIX asrlar 5. Eng yangi davr falsafasi XX–XXI asrlar}


  3. Budda so`zining ma’nosi nima? Sanskritcha xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan


  4. Dao so`zining ma’nosi nima? Ikki ma'nosi bor: 1. Inson va tabiat o'z rivojlanishida o'tishi kerak bo'lgan yo'l. 2. Butun olam yaralgan birinchi borliq.


  5. Islom dunyosida shakllangan ikkita falsafiy oqim nomini aniqlang? Mutaziliylar va mutakkallimlar


  6. Muso al-Xorazmiyning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi nimalardan iborat? O'nlik sanoq sistemasi, arifmetik ilmlar, amallar, algoritmlar nazariyasi va algebra


  7. Al-Farg`oniyning mashhur asari nomini aniqlang? "Kitob al-harakat as-Samoviya va javomi ilm an-nujum" ("Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum") va "Uyun al masoyil"


  8. Abu Rayhon Beruniy yozgan asarini aniqlang? "Hindiston" , "Osor al-boqiya", "Geodeziya", "Mineralogiya", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Saydana"


  9. Ibn Sino bilishda qanday omilning ustuvorligini tan oladi? Bilishda aqlning rolini hal qiluvchi deb tushunadi


  10. Abu Nasr Farobiy tasnifi bo`yicha ilmlar 5 ta guruhga bo`linadi, shu guruhga kiruvchi ilmlar ketma-ketligini aniqlang? Til, mantiq, matematika, tabiiy va ilohiy, siyosat


  11. Tasavvuf ta’limotining Markaziy Osiyodagi tariqatlari qaysi javobda to`g`ri berilgan? Yassaviylik, Kubroviylik, Naqshbandiylik


  12. Maxmud Qashg`ariyning mashhur asari nomini aniqlang? "Devoni lug'ot ut-turk"


  13. Alisher Navoiy ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch deb nimani tushungan? Ma'rifatli shoh yoki buyuk kishilar


  14. “Muqimiy, Furqat, Avaz O`tar – ma’rifatparvar shoirlar” degan fikr ostida qanday ijtimoiy qarashlar mavjud?


  15. хИх asr oxiri хх asr birinchi choragida keng quloch yoygan jadidlar harakatining tub maqsadi nima bo`lgan?





Yüklə 34,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə