Falsafiy meros va milliy g’oya



Yüklə 100,3 Kb.
səhifə9/10
tarix29.11.2023
ölçüsü100,3 Kb.
#142732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafiy meros

Har qanday jamiyat o`ziga xos rivojlanish yo`lini tanlar ekan, o`zining oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo`yib faoliyat olib boradi. Bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ta`lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida, muayyan qonuniyatga asoslangan hoida amalga oshadi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo`lgan turil mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g`oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta`sir etadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o`z qilib, uning taraqqiyotini ta`minlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. G`oya muayyan xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zaminida shakllanib, takomillashib boradi. Milliy g`oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o`zida mujassamlashtiradi. U o`zining hayotbaxsh g`oyalari, buyuk maqsadlari bilan o`z kuch g`ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g`oyalar yo`lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning. millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmish tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Milliy g`oya va mafkura jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shaklantiradi. Milliy g`oya ezgu orzular, maqsad-muddaolarga erishishda ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Milliy g`oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishga vordam beradi hamda turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadi.

  • Har qanday jamiyat o`ziga xos rivojlanish yo`lini tanlar ekan, o`zining oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo`yib faoliyat olib boradi. Bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ta`lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida, muayyan qonuniyatga asoslangan hoida amalga oshadi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo`lgan turil mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g`oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta`sir etadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o`z qilib, uning taraqqiyotini ta`minlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. G`oya muayyan xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zaminida shakllanib, takomillashib boradi. Milliy g`oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o`zida mujassamlashtiradi. U o`zining hayotbaxsh g`oyalari, buyuk maqsadlari bilan o`z kuch g`ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g`oyalar yo`lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning. millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmish tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Milliy g`oya va mafkura jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shaklantiradi. Milliy g`oya ezgu orzular, maqsad-muddaolarga erishishda ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Milliy g`oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishga vordam beradi hamda turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadi.
  • Milliy g`oya fanining g`oya va mafkuralarga oid hodisa, voqea, jarayonlarni o`zida aks ettiruvchi, ularning tub mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi qonuniyatlari va kategoriyalari mavjud bo`lib, milliy g`oyaning qonuniyatlari jamiyat hayotida mavjud bo`lgan g`oyaviy va maflkuraviy hodisalar, jarayonlarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbatan barqaror bo`lgan, rivojlanish xususiyati va yo`nalishlarini belgilaydigan, aniq bir natijalarni keltirib chiqarishga ta`sir ko`rsatadigan munosabatlar majmuini o`zida ifodalaydi. Milliy g`oya va mafkura mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarning g oya va mafkurasi bo`lib, u har bir O`zbekiston fuqarosining jamiyat, el, yurt oldidagi o`z burch va mas`uliyatini qay darajada ado etayotganligini belgilaydigan ma`naviy mezon bo`lib hisoblanad. Fuqaro g`oya va mafkurasining kuchi ularda yashash manfaatining nechog`lik kuchliligidan kelib chiqib, shuning uchun ham u to`g`ridan-to`g`ri ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari bilan chambarchas bog`lanadi va ular bilan uyg`unlik kasb etadi. 

Yüklə 100,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə