Falsafiy meros va milliy g’oya


Jamiyat taraqqiyotining g’oya mafkuralar bilan bog’liqligi



Yüklə 100,3 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü100,3 Kb.
#142732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafiy meros

Jamiyat taraqqiyotining g’oya mafkuralar bilan bog’liqligi


Inson va jamiyatning o’z maqsad taraqqiyot yo’lining mavjudligi
Milliy istiqlol g’oyasini o’rganish asoslarining asosiy qonunlari
Globallashuv jarayonida milliy g’oyaning aks etishi
Jamiyatda bo’shliqning g’oyaviy bo’lmasligi

Falsafiy merosning hayotimizda tutgan o’rni

Bugun ma'naviyatimizni yangilashdek muhim tarixiy jarayon kechayotgan hozirgi pallada yangi g‘oya milliy g‘oyaning tag zamini, tom ma'noda, uning manbalari ming yilliklar qa'risidagi uzoq o‘tmishimiz, ajdodlarimizning milliy, ma'naviy-madaniy hayot tarziga borib taqalishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildik. Har bir xalq hayotida uning manfaatli, maqsadi va qadriyatlarini ifodalovchi g‘oyalar aynan shu xalqning hayot yo‘li, turmush tarzi tarixi bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi.

Qadimdan xalqimizning asrlar mobaynida shakllangan boy madaniy va ma'naviy merosi, ijtimoiy-siyosiy tafakkur tajribasi, ozodlik va erk yo‘lidagi kurash ruhi, tarixiy jasorati va bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq g‘oyalar hozirgi davrda shakllanayotgan milliy mafkuraning tarixiy ildizlaridir.

Xalqimiz madaniyati va ma'naviyatining, xususan milliy mafkurasining ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy poydevori mustahkam va baquvvat ekani Prezident Islom Karimovning «O‘zbekiston o‘z istiqlol va tarakqiyot yo‘li», «Istiqlol va ma'naviyat», «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» degan va boshqa ko‘plab asarlari, Oliy Majlis sessiyalarida qilgan ma'ruzalari, suhbatlarida takror va takror qayd etilgan.

Poydevori baland va baquvvat bo‘lgan bino girdob bo‘lganda ham, bo‘ron turganda ham, dahshatli zilzila chog‘ida ham qulamasdan mustahkam vas obit turgandek, ma'naviy, ahloqiy, falsafiy, siyosiy-xuqukiy zaminlari mustahkam bo‘lgan, fan yutuqlari, uning ilmiy xulosalariga asoslangan, tayangan milliy mafkuranigina umri boqiy bo‘ladi. Islom Karimov ta'birlari bilan aytganda, «imoratning mustahkamligi uyning poydevoriga bog‘liq. Poydevor qanchalik baquvvat bo‘lsa, imorat ham shunchalik uzok va mahkam turadi». Zaif poydevor ustiga qo‘yilgan har qanday mustaxkam bino ham bir marta bo‘ron bo‘lsa bas, o‘sha zahoti qulab tushadi.

  • Poydevori baland va baquvvat bo‘lgan bino girdob bo‘lganda ham, bo‘ron turganda ham, dahshatli zilzila chog‘ida ham qulamasdan mustahkam vas obit turgandek, ma'naviy, ahloqiy, falsafiy, siyosiy-xuqukiy zaminlari mustahkam bo‘lgan, fan yutuqlari, uning ilmiy xulosalariga asoslangan, tayangan milliy mafkuranigina umri boqiy bo‘ladi. Islom Karimov ta'birlari bilan aytganda, «imoratning mustahkamligi uyning poydevoriga bog‘liq. Poydevor qanchalik baquvvat bo‘lsa, imorat ham shunchalik uzok va mahkam turadi». Zaif poydevor ustiga qo‘yilgan har qanday mustaxkam bino ham bir marta bo‘ron bo‘lsa bas, o‘sha zahoti qulab tushadi.
  • Mintaqamizda bir necha asrlar osha yuzaga kelgan «To‘maris», «Shiroq», «Zariard va Odatida», «Zarina va Striangiya», «Mannas», «Alpomish», «Qirqqiz», «Go‘ro‘g‘li», «Avazxon», «Chambil qamali», «Oysuluv» singari dostonlarda o‘z vatanining ozodligi va mustaqilligi uchun qahramonlik na'munalari ko‘rsatgan xalqimiz fidoiy farzandlari haqida hikoya qilingan. Anna shu asarlardagi vatanparvarlik haqidagi nafaqat milliy, balki umumbashariy axamiyatga ham ega bo‘lgan falsafiy g‘oyalar milliy istiqlol mafkurasi uchun tag zamin, asos bo‘lib xizma't qilishi shubxasizdir.
  • Vatanni himoya qilish, erksevarlik, kindik qoni to‘kilgan, ajdodlar tomonidan ko‘z qorachig‘idek e'zozlab-extiromlab kelgan diyorni, qiblagoh va sajdagoh tap-tortmay, o‘limdan qo‘rqmay, hech bir ikkilanmay mardona himoya qilish zarurligi xaqidagi ta'limot, o‘g‘it, bebaho g‘oya ota-bobolarimizning qon-qoniga butunlay singib ketganligi va hayoti mazmuniga aylanganligi xalq og‘zaki va yozma ijodiyotining barcha nodir boyliklarida bemalol ko‘rish mumkin.

  • Yüklə 100,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə